Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Lokomotiv"
02 okt 2020 10:47
Yangiliklar
Bugun futbol. "So'g'diyona" - "Lokomotiv"
Bunda "Lokomotiv" "So'g'diyona" mehmoni bo'ladi. Jizzaxdagi markaziy stadionda kechadigan uchrashuv soat 17:00da boshlanadi va "Sport" telekanali orqali to'g'ridan to'g'ri efirda namoyish etiladi.
Ikkinchi davra boshlanganidan beri "Lokomotiv" 4ta o'yin o'tkazib, shundan uchtasida g'alaba qozondi va bir bor durang o'ynadi. "Temiryo'lchilar" safarda "Andijon" bilan "Buxoro"ni, uyda esa "Navbahor"ni mag'lub etishdi. SHuningdek, o'tgan tur Bekobodda "Metallurg"ga qarshi bahsda durang qayd etildi.
"So'g'diyona" ikkinchi davra startidan so'ng hozircha 3ta o'yinda maydonga tushdi. Jizzaxliklar dastlab o'z uylarida "Mashal"ga 0:1 hisobida yutqazib qo'yishdi. Keyingi tur jamoa safarda AGMK bilan 1:1 hisobini qayd etdi va 16-turni yana o'z maydonida o'tkazib "Qo'qon-1912"ni 3:0 hisobida mag'lub etdi. Jamoaning "Paxtakor" bilan bo'ladigan o'yini boshqa kunga qoldirilgan.
Toshkentda kechgan birinchi davra uchrashuvida "So'g'diyona" "Lokomotiv"ni mag'lub etib ketgandi. Bugun "temiryo'lchilar" o'sha mag'lubiyat alamini olishga urinib ko'rishadi.
|
So'g'diyona Jamshid Boltaboev - 20', SHahboz Jo'rabekov - 34' |
Superliga. 18-tur 02/10/2020, 17:00 1
:
2
Tugadi
|
Lokomotiv Diyor Turopov - 64' |
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar