Bugun futbol. "SHo'rtan" - "Olmaliq"
27 may 2017 13:07
Yangiliklar
Bugun futbol. "SHo'rtan" - "Olmaliq"
G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi o'z maydonida "Olmaliq"ni qabul qiladi. O'yin 18:30da boshlanadi.
O'yindan nima kutyapmiz? Bugun G'uzorda qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda. Bunga sabab ikkala jamoaga ham ochko zarur. Imkoniyatlar borasida jamoalarni teng deya olamiz. Albatta, "SHo'rtan" bugun o'z maydonida o'ynaydi, lekin "Olmaliq"ning ham safardagi ishlari chakki bo'lmayapti.
Fakt: "SHo'rtan" hozirgacha to'rtta o'yinda g'alaba qozongan va barcha g'alabalar uydagi uchrashuvlarda qo'lga kiritilgan. "SHo'rtan" safardagi barcha bahslarda mag'lub bo'lib kelmoqda. Bu jamoa hali durang o'ynamagan.
Fakt: Bugun "Olmaliq" safarda ikkinchi g'alabasini nishonlashga urinib ko'radi. Bu jamoa hozirgacha safarda oltita o'yinda maydonga tushib, shundan faqat bittasida zafar quchgan. Viktor Kumikov shogirdlari 6-turda "Obod"ni 1:0 hisobida mag'lub etishgan.
Bilasizmi? "SHo'rtan" o'z maydonida "Lokomotiv", "Paxtakor" "Neftchi", "Bunyodkor" kabi nomdor klublardan ustun kelgan-u, biroq "Mashal", "Qo'qon-1912" jamoalariga yutqazib qo'ygan.
Qizig'i shundaki, "SHo'rtan" o'z maydonida g'alaba qozongan o'yinlarda darvozasidan gol o'tkazib yubormagan.
Bilasizmi? "Olmaliq" ketma-ket ettita o'yindan beri mag'lub bo'lmayapti. Bu jamoa to'rtta g'alabaga erishib, uch marta durang o'ynadi. "Olmaliq" oxirgi marta safarda "Lokomotiv"ga 0:5 hisobida imkoniyatni boy bergan.
championat.asia
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar