Bugun futbol. “SHo'rtan” – “Nasaf”
15 iyu 2017 10:14
Yangiliklar
Bugun futbol. “SHo'rtan” – “Nasaf”
Bugungi uchrashuv G'uzor shahridagi “G'uzor” markaziy stadionida soat 19:00da boshlanadi.
Mazkur jamoalarning G'uzorda o'tkazilgan 11ta uchrashuvidagi natijalari bo'yicha kichik ustunlik “Nasaf” tomonida bo'lib turibdi. “Nasaf” shu paytgacha G'uzorda o'tkazilgan uchrashuvlarda 6 marta g'alaba qozongan. “SHo'rtan” esa 5 marta g'alabaga erishgan. SHunisi qiziqki, hali biron marta G'uzorda durang natija qayd etilmagan. “Oq bo'rilar” so'nggi marta 2011 yilgi mavsumning ikkinchi davrasida jamoamiz ustidan 2:1 hisobida g'alabaga erishgan.
G'uzorda o'tkazilgan 11ta uchrashuvda jami darvozalarga 35ta to'p kiritilgan. To'plar nisbati 15-20, bunda ham ustunlik jamoamiz tomonida. G'uzorda o'tkazilgan ikki uchrashuvda “SHo'rtan” futbolchilari gol ura olishmagan. Jamoamiz futbolchilari ham ikki uchrashuvda G'uzordan golsiz qaytishgan.
G'uzordagi oxirgi o'zaro o'tkazilgan 4 uchrashuvda “Nasaf” g'alaba qozongan.
Quyida bugungi uchrashuv rasmiylarini yana bir marta eslatib o'tamiz.

O'zPFL, 13-tur
“SHo'rtan” (G'uzor) – “Nasaf” (Qarshi)
15.06.2017. “G'uzor” markaziy stadioni. 19:00da
Bosh hakam: SHerzod Qosimov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Andrey Capenko (Toshkent vil.), Nabiyjon Ro'zimov (Toshkent)
Zaxira hakami: Asker Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: Radik Serazetdinov (Toshkent)
O'zPFL vakili: Baxtiyor Mametov.
Barcha futbol ishqibozlrini mana shu qiziqarli uchrashuvga chorlab qolamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar