So’nggi yangiliklar

08:28Трансфермаркт Ла лигада энг кўп нархи ошган футболчилар рейтингини тузди  0 08:00Роналду дунёнинг машҳур фильмида рол ўйнайди  1 07:31"Нефтчи"нинг асосий футболчиларидан бирига ОКМК ва "Андижон"дан қизиқиш бор  3 01:50Лэмпард кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди  0 01:24АПЛ топ-клублари "Лейпциг" вингерига қизиқмоқда  0 00:50Давид Сильва Гвардиоланинг ягона камчилигини айтди  2 00:16Оскар футболчилик фаолиятини якунлади  3 23:53Флик: "Рэшфорд захирада қолдими, демак, таркибда энг яхшилар ўйнамоқда"  4 23:32"Алавес"га қарши ўйин олдидан "Реал"да муаммолар кўп  6 23:10Салоҳ қайтди!  9 22:46"Интер Майами" жаҳон чемпионини сотиб олди  2 22:15"Бунёдкор" янги мавсум олдидан икки легионер олиши мумкин  0 21:54Пол Мерсон: "У ҳужумда ўйнар экан, "Арсенал" чемпион бўлмайди"  5 21:35"Бунёдкор" Абдусаломов билан шартномани узайтирди  0 21:21Арне Слот: "Салоҳнинг "Интер" билан ўйинда бўлмаслигини мен истадим"  11

Bugun futbol. "SHo'rtan" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Bugun futbol. "SHo'rtan" - "Bunyodkor"

Teglar :  BunyodkorSHo'rtan
Bugun oliy liganing 10-turidan o'rin olgan beshta uchrashuv bo'lib o'tadi. G'uzorda "SHo'rtan" Toshkentning "Bunyodkor" klubiga qarshi bahs olib boradi. O'yin 18:00da boshlanadi.


SHo'rtan (G'uzor) – Bunyodkor (Toshkent)
Hakamlar
: A. Asimov (Toshkent), R. Serazetdinov (Toshkent), B. Qodirov (Buxoro), E. Tursunov (Buxoro).
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

O'yindan nima kutyapmiz? Bugun G'uzorda oxirgi uch turdan beri ishi yurishmayotgan jamoalar o'zaro bahs olib borishadi. Bunday deyishimizning boisi, "SHo'rtan" o'z maydonida "Lokomotiv" va "Paxtakor"ni yutganidan beri keyingi uchta o'yinda faqat mag'lubiyatga uchradi. "Bunyodkor" esa oxirgi uchta bahsning bittasida engilib, ikki bor durang o'ynadi. Bugungi uchrashuvda jamoalarning imkoniyati teng deya olamiz.

Fakt: "SHo'rtan" shu paytgacha o'z maydonida bo'lib o'tgan beshta o'yindan uchtasini g'alaba bilan yakunlagan. G'uzorliklar "Neftchi", "Lokomotiv", "Paxtakor" singari klublarni mag'lub etdi-yu, lekin "Mashal" bilan "Qo'qon-1912"ga yutqazib qo'ydi. Bundan tashqari, "SHo'rtan" barcha uch g'alabasini uydagi o'yinlarda qo'lga kiritgan.

Fakt: "Bunyodkor" "SHo'rtan"dan atigi bir ochko ko'p to'plagan holda turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda. Maboda bugun g'uzorliklar zafar quchishsa, u holda "Bunyodkor"dan o'zib ketishadi.

Fakt: "Bunyodkor" hozircha safarda to'rtta o'yinda maydonga tushib, shundan bittasida g'alaba qozozngan. Jamoa "Neftchi"ni 2:1 hisobida mag'lub etib qaytgan. Qizig'i shundaki, "Bunyodkor"ning uy-safar bellashuvlarida urgan va o'tkazgan gollar nisbati bir xil ko'rsatkichga ega: 3-3.

Bilasizmi? Mirjalol Qosimov bugun uch yillik tanaffusdan yana "Bunyodkor" bosh murabbiyi sifatida futbolchilarga ko'rsatma beradi. Agar bugun "Bunyodkor" g'alaba qozonsa, bu Qosimovning oliy ligada 80-g'alabasi bo'ladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика