Bugun futbol. Safarda yutmagan "Paxtakor" o'z maydonida yutqazmayotgan "Metallurg" mehmoni bo'ladi

Xayrulla Xoliqov
19 apr 2018, 12:40
Bugun Superliganing 7-tur bahslariga start beriladi. "Metallurg" Bekobodda "Paxtakor"ni qabul qiladi.

Turnir jadvalida "Paxtakor" 12 ochko bilan ikkinchi o'rinda bormoqda. "Metallurg" hisobida 9 ochko bor va bekobodliklar 5-o'rinni egallab turishibdi. 

Hozircha oltita o'yinda maydonga tushgan "Paxtakor" shundan to'rttasida g'alaba qozondi va barcha g'alabalar uydagi bahslarda qo'lga kiritildi. Qizig'i shundaki, "Paxtakor" hali safarda g'alaba nashidasini surgani yo'q. 

Agar bugun Shota Arveladze shogirdlari Bekobodda zafar quchsa bu jamoaning safardagi ilk uch ochkosi bo'ladi. 

Bilasizmi? "Paxtakor" hali safarda gol urgani yo'q, chunki "Bunyodkor" va "Buxoro" bilan kechgan bahslarda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Qolaversa, "Paxtakor" safarda ikki bor penalti tepishga muvaffaq bo'ldi, biroq ikkalasidan ham foydalana olmadi. 

"Metallurg" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa mavsumning ketma-ket beshta o'yinida yutqazmadi: uchta durang va ikki g'alaba. "Metallurg" bu yil o'z maydonida ancha yaxshi harakat qilmoqda. Jamoada to'plar nisbati 3-0, demak "Metallurg" o'z uyida hali gol o'tkazgani yo'q.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia