So’nggi yangiliklar

00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  2 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  0 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  0 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  1 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  64 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Surxon" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Surxon"

Bugun Coca Cola Superligasining 17-tur bahslariga start beriladi. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Surxon"ni qabul qiladi.

Turnir jadvalidagi holat 

- "Qo'qon-1912" 11 ochko bilan 13-o'rinda boryapti. Jamoa shu paytgacha faqat ikkita o'yinda g'alabaga erishgan. Beshta uchrashuv durang bilan yakunlangan bo'lsa, 9ta bellashuvda imkoniyatni boy bergan. To'plar nisbati 17-33 (-16) 

- Superliga debyutanti "Surxon" birmuncha yaxshi holatda. CHunki bu jamoa turnir jadvalida 22 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi. Termizliklar 6 bor zafar quchib, yana shuncha o'yinda mag'lub bo'lishgan. Qolgan to'rtta bahs durang bilan yakun topgan. To'plar nisbati 16-22 (-6).


"Qo'qon-1912"

- "Qo'qon-1912" o'z maydonida ochko yig'ish bo'yicha eng oxirgi o'rinda turibdi. CHunki qo'qonliklar uyda hali g'alaba qozonishgani yo'q. - Jamoa uydagi beshta o'yindan uchtasida mag'lub bo'lib, ikki bor durang qayd etgan. To'plar nisbati ham unchalik zo'r emas 5-9. 

- "Qo'qon-1912" ikkita g'alabasini safarda qo'lga kiritgan. Jamoa 5-turda "Qizilqum"ni mag'lub etib qaytgan va o'tgan turda Samarqandda ham g'alabaga erishdi. 

- "Qo'qon-1912" birinchi va ikkinchi g'alabasi orasida 10ta o'yin o'tkazib, shundan uchtasida durang o'ynadi va 7 bor mag'lub bo'ldi. 


"Surxon"

- "Surxon" safarda ochko yig'ish bo'yicha 12-o'rinda boryapti. Bu jamoa safar o'yinlarida hozircha 6 ochko to'plagan. 

- "Surxon" mehmonda 7ta o'yin o'tkazib, ikki bor g'alabaga erishdi va besh marta mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 7-16. 

- "Surxon" oxirgi to'rt turdan beri g'alaba qozona olmayapti. Jamoa so'nggi bor o'z uyida "Bunyodkor"ni 2:0 hisobida mag'lub etgan.

- Fakt: "Surxon"ning oxirgi uchta safar o'yini faqat mag'lubiyat bilan tugadi: "Lokomotiv" (1:5), "Nasaf" (0:2) va "Bunyodkor" (0:3).

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика