Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv"
20 sen 2019 10:45
Yangiliklar
Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv"
O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" safarda "Qo'qon-1912" mehmoni bo'ladi. Uchrashuv 16:15da start oladi.
"QO'QON-1912"
Oxirgi turlarni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazayotgan "Qo'qon-1912" bugun yana o'z maydonida o'ynaydi. Bu qo'qonliklarning qatorasiga to'rtinchi uy uchrashuvi bo'ladi. SHuni aytish lozim, "Qo'qon-1912" oxirgi paytlarda juda faol o'yin ko'rsatyapti va Superligada ketma-ket to'rtta g'alabaga erishdi.
"Qo'qon-1912" navbati bilan "Dinamo" (1:0), "Surxon" (2:1), "Nasaf" (1:0) va "Bunyodkor" (3:0) klublarini mag'lub etdi. Oxirgi to'rtta o'yindagi to'plar nisbati 7:1. Albatta, birinchi davrada faqat bir marta yutgan "Qo'qon-1912" uchun qatorasiga to'rtta g'alaba katta natija hisoblanadi.
"LOKOMOTIV"
"Lokomotiv" esa oxirgi to'rtta uchrashuvdan bittasini g'alaba bilan yakunlab, uch marta durang o'ynadi. "Temiryo'lchilar" uyda "Nasaf"ni 1:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, "Surxon", "Bunyodkor" va "Metallurg" bilan 1:1 natijasini qayd etishdi. Oxirgi to'rtta o'yindagi to'plar nisbati 4-3.
"Lokomotiv" safarda to'rtta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti: ikki durang va ikki mag'lubiyat. "Loko" oxirgi marta safarda Temurxo'ja Abduxoliqov tomonidan kiritilgan gol evaziga "Nasaf"ni engib qaytgan. SHunday ekan, bugun "temiryo'lchilar" uch ochko uchun bor kuch bilan harakat qilishadi.
QO'QONDAGI O'YINLAR
Har ikki jamoa O'zbekiston milliy chempionati doirasida o'zaro 9 bor kuch sinashib, shundan beshtasida "Loko" g'alaba qozongan va to'rt marta durang qayd etilgan. "Qo'qon-1912" hali "Lokomotiv"ni mag'lub etmagan. Toshkentda kechgan birinchi davra uchrashuvi 2:2 hisobida yakun topgandi.
2018 y. "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" 1:2
2017 y. "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" 1:1
2016 y. "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" 1:3
2015 y. "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" 2:2
Jamoalar shu paytgacha Qo'qonda to'rt marta bahs olib borib, shundan ikkitasida "Lokomotiv"ning qo'li baland kelgan va ikki bor durang qayd etilgan. To'plar nisbati 5-8, "Loko" foydasiga. O'tgan yil "Lokomotiv" Qo'qondan 2:1 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan.
Fikrlar