So’nggi yangiliklar

13:52"Тоттенхэм" "Ливерпуль" собиқ ҳужумчисига қизиқмоқда  0 13:25"Астон Вилла" Лукакуни қўлга киритишни режалаштирмоқда  0 12:58"Боруссия Д" форварди фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 12:32Про лига. 15-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  1 11:38Расман: Нани Португалияга қайтди  1 11:17"Фулхэм" МЮ тарбияланувчисини сотиб олишга уринмоқда  0 10:50МЮда жароҳатлар эпидемияси бошланди. Расмус Ҳойлунд қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 10:19Адриен Рабьо учун асосий даъвогар маълум  1 10:14ЎФА Тартиб-интизом қўмитаси 34 нафар мураббий ва футболчини четлаштириш бўйича қарор қабул қилди. Яна 53 та жарима интизом чораси ҳам қўлланилди  26 10:03Ўзбекистон ўсмирлари Франция ва Венгрияга қарши иккитадан ўйин ўтказади  1 09:48Давид де Хеа қайси чемпионатга ўтаётгани маълум  1 09:20Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги дебюти қачон бўлиши маълум  3 08:51«Барселона» Ольмо трансфери бўйича сўнгги таклифини юборди  7 08:23«Атлетико» ва «Челси» Галлаҳер трансфери борасида келишувга эришишди  1

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - AGMK Yangiliklar

Bugun futbol. "Qo'qon-1912" - AGMK

Bugun Superliganing 17-tur bahslariga start beriladi. "Qo'qon-1912" o'z maydonida AGMK bilan kuch sinashadi.

Turnir jadvaliga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Qo'qon-1912" 18 ochko to'plagan holda 8-o'rinni egallab turibdi. AGMK hisobida esa 14 ochko bor va bu jamoa 11-o'ringa tushib qolgan. Oxirgi o'rindagi "Neftchi" bilan AGMKni 7 ochko ajratib turibdi.

Hozirgi paytda ikkala jamoaning ham ishlari besh emas. Xususan qo'qonliklar oxirgi beshta o'yinning faqat bittasida g'alabaga erishib, to'rt marta imkoniyatni boy berishdi. AGMK esa oxirgi beshta o'yindan to'rttasida mag'lub bo'lgan holda bir marta durang o'ynadi.

"Qo'qon-1912" bungacha o'z maydonida 8ta uchrashuvda maydonga tushib, shundan faqat uchtasida g'alabaga erishdi. Jamoa o'z maydonida "Navbahor", "Bunyodkor" va "Metallurg" klublaridan ustun kelgan. Yana bir fakt shuki, qo'qonliklar uyda "Lokomotiv" va "Qizilqum"ga qarshi imkoniyatni boy bergan o'yindan so'ng bosh hakamlar chetlatilgan.

Bir qarashda AGMKda muammo yo'qdek. Lekin natijalar ha deganda ijobiy bo'lavermagach, klub rahbariyati rossiyalik murabbiy Viktor Kumikovni ishdan bo'shatdi. SHundan so'ng jamoani Baxtiyor Ashurmatov qabul qilib oldi va hozircha olmaliqliklar bu murabbiy qo'l ostida g'alaba qozonishgani yo'q.

Ashurmatov boshchiligidagi jamoa Superligada uch bor maydonga tushib, bitta o'yinda durangga erishdi va ikki bor mag'lub bo'ldi. Umuman olganda, AGMK oxirgi marta 11-turda safarda "Metallurg" ustidan zafar quchib qaytgan.

Bilasizmi? AGMK shu paytgacha mavsum boshidan beri faqat uchta o'yinda g'alabaga erishgan. Jamoa safarda "Neftchi" va "Metallurg"ni mag'lub etib qaytgan bo'lsa, o'z maydonida "Lokomotiv"dan kichik hisobda ustun kelgan.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика