So’nggi yangiliklar

18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  0 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  7 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  11 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  9

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Paxtakor"

Bugun Coca Cola Superligasining 6-tur bahslariga start beriladi.

Bu yilgi chempionatda hali g'alaba qozonmagan "Qizilqum" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi. Turnir jadvalida "Paxtakor" 12 ochko bilan birinchi o'ringa ko'tarilib oldi. "Qizilqum" esa 1 ochko to'plagan holda 13-o'rinda boryapti. 

Navoiyliklar beshta turning bittasida durang o'ynab, to'rt bor mag'lub bo'lishdi. Yagona ochko safarda "Mashal" bilan bahsda qo'lga kiritilgan. Karantindan so'ng "Qizilqum"ning omadi kelmayapti. Jamoa ikkita o'yinda mag'lub bo'ldi. Tachmurad Agamuradov shogirdlari uyda AGMK va safarda "Qo'qon-1912"ga qarshi imkoniyatni boy berishdi. Har ikkala o'yinda "oltin izlovchilar" gol kirita olishmadi. 

"Paxtakor" hisobida esa to'rt g'alaba va bir mag'lubiyat bor. "SHerlar" karantingacha qatorasiga uchta bellashuvni yutuq bilan yakunlashdi. Etiborlisi, uchala g'alaba ham uydagi bahslarda qo'lga kiritildi. So'ngra jamoa Jizzaxga safar qilib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uydagi oxirgi o'yinda esa "Bunyodkor" 5:0 hisobida tor-mor keltirildi. 

Bugungi bellashuv "Paxtakor" uchun safardagi ikkinchisi bo'ladi. Jamoa o'tgan turdagi ishonchli g'alabadan so'ng ancha o'ziga kelib olgan va bugungi o'yinda ham favorit sifatida qaralyapti. Lekin o'z navbatida maydon egalariga ham ochko kerak. Zero Agamurodov qatorasiga uchinchi mag'lubiyatga rozi bo'lmasa kerak. 

P.S. Soat 20:15da boshlanadigan uchrashuvni "Mahalla" telekanalida to'g'ridan to'g'ri kuzatib boring.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика