So’nggi yangiliklar

16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  1 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  0 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0 13:48Беннасер ва Адли фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин  0 13:21"Нефтчи" кениялик форвардга қизиқмоқда  8 12:58Буну, Кукурелья, Витинья, Палмер... КЖЧ рамзий терма жамоаси  2 12:30"Хоразм" ярим ҳимоячиси жамоадан кетди  1 12:08Расман: Ҳожимат Эркинов "Пахтакор"га қайтди  6 11:50"Атлетико" Аргентина терма жамоасининг яна бир вакилини харид қилмоқчи  0 11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  8 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  7

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Bugun futbol. "Qizilqum" - "Lokomotiv"

Bugun oliy liganing 25-turidan o'rin olgan to'rtta uchrashuv o'tkaziladi. "Qizilqum" o'z maydonida amaldagi chempion "Lokomotiv"ni qabul qiladi.

"Lokomotiv" turnir peshqadami va katta ehtimol bilan bu yil ham chempionlikni qo'ldan boy bermaydi. Ammo bugungi qarama-qarshilik ikkala jamoa uchun ham muhim. "Qizilqum" jadvalda 30 ochko jamg'argan holda 11-o'rinni egallab turibdi. 

"Qizilqum" o'tgan turda o'ynamadi, lekin o'z hisobiga uch ochko yozib qo'ydi. Bunga sabab, "Obod"ning chetlatilgani va raqibiga texnik g'alaba yozilgani. Bu jamoa oxirgi marta 30 sentyabr kuni o'yin o'tkazgandi. Mana endi oradan 20 kuun o'tib "Qizilqum" yana rasmiy bahsda maydonga tushadi. 

O'tgan 20 kun oralig'ida jamoaning jismoniy holati qanday bo'ldi? O'yin amaliyoti bo'lmagani "Qizilqum"ga tasir ko'rsatgan bo'lishi mumkinmi? O'ylaymizki, bugungi bahs mana shu savollarga ham javob topadi. "Obod" bilan o'ynalmagan o'yindagi texnik g'alabani hisobga olmaganda, navoiyliklar ikkinchi davrada hozircha bitta g'alabaga erishishdi. Jamoa o'z maydonida "Qo'qon-1912"dan ustun kelgan. 

Bilasizmi? Agar "Qizilqum" bugun g'alaba qozonsa, bu navoiyliklarning uydagi beshinchi g'alabasi bo'ladi. CHunki jamoa bungacha to'rt marta zafar quchgan: "Navbahor", "Mashal", "SHo'rtan" va "Qo'qon-1912" ustidan. Ammo bugungi raqib eng jiddiy raqib. SHu bois uchrashuvga bo'lgan qiziqish yuqori. 

"Lokomotiv" ikkinchi davrani yaxshi boshladi. "Temiryo'lchilar" qatorasiga beshta o'yinda mag'lub bo'lishmadi: to'rt g'alaba va bir durang. SHundan keyin ketma-ket ikki mag'lubiyat kuzatildi. "Loko" "Paxtakor" va "Nasaf" klublariga yutqazib qo'ydi. Ammo oxirgi ikki bellashuvda "Loko" yana g'alaba qozonishning uddasidan chiqdi. 

Fakt: "Lokomotiv" oxirgi ikki yildan beri "Qizilqum" maydonidan gol o'tkazmay zafar quchib kelmoqda. Va oxirgi ikkala bahsda ham "temiryo'lchilar" hujumchisi Marat Bikmaev gol urishga erishgan. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика