So’nggi yangiliklar

08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  2 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2

Bugun futbol. "Paxtakor" - "Nasaf" Yangiliklar

Bugun futbol. "Paxtakor" - "Nasaf"

Teglar :  Paxtakor Nasaf
Bugun Superliganing 3-tur bahslari davom ettiriladi.

Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tadi. O'yin 18:00da boshlanadi. Jamoalar o'zaro 44 marta duch kelgani hamda "Paxtakor" 25ta uchrashuvda g'alaba qozongani, "Nasaf" 9 marta g'olib chiqqani, 10ta uchrashuvda esa durang qayd etilgani haqida saytimiz orqali xabar berib o'tdik.

SHu bois bugun jamoalarning oxirgi besh yillikdagi ko'rsatkichiga to'xtalamiz. 2014-2018 yilgi mavsum davomida jamoalar o'zaro o'nta o'yin o'tkazgan bo'lib, shundan 6tasida "Paxtakor" g'alaba qozongan. "Nasaf"ning g'alabasi 2ta tashkil etyapti va yana 2ta bellashuv durang bilan yakun topgan.



"Nasaf"ning har ikki g'alabasi uydagi o'yinlarda qo'lga kiritilgan. Bundan ko'rinib turibdiki, qarshiliklar o'tgan besh yil ichida "Paxtakor"ni safarda mag'lub eta olishmagan. "Paxtakor" safarda ikki bor "Nasaf"dan ustun kelgan. 2015 yil jamoa 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgan bo'lsa, o'tgan yil 3:2 hisobida zafar quchdi.

Oxirgi besh yild "Paxtakor" "Nasaf" darvozasiga jami 18ta to'p kiritgan. "Nasaf" esa raqib darvozasiga 12ta gol urgan. Bu borada ham ustunlik "Paxtakor" tomonida.

2014
"Nasaf" - "Paxtakor" 1:1
"Paxtakor" - "Nasaf" 2:0

2015
"Paxtakor" - "Nasaf" 3:1
"Nasaf" - "Paxtakor" 0:1

2016
"Paxtakor" - "Nasaf" 1:1
"Nasaf" - "Paxtakor" 2:1

2017
"Paxtakor" - "Nasaf" 2:1
"Nasaf" - "Paxtakor" 4:0

2018
"Nasaf" - "Paxtakor" 2:3
"Paxtakor" - "Nasaf" 4:0

Ushbu mavsumni "Paxtakor" g'alaba bilan boshladi va Superliganing 1-turida "Lokomotiv"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi. Keyin turda "Bunyodkor" 2:1 hisobida dog'da qoldirildi.

"Nasaf" esa hozircha bir durang va bir g'alaba qayd etdi. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari ilk turda "Dinamo" bilan 1:1 o'ynab, so'ngra o'z uylarida "So'g'diyona"dan 3:1 hisobida ustun kelishdi. "So'g'diyona" bilan o'yinda Islom Kenjaboev juda chiroyli gol urganidan muxlislarning xabari bor. "Paxtakor"da o'ynayotgan Dragan CHeran esa "Loko" darvozasiga chiroyli to'p kiritganini eslab o'tish joiz.



Bugun o'yinda ustunlik "Paxtakor" tomonida deb aytish mumkin. Birinchidan, jamoa o'z maydonida o'ynaydi. Ikkinchidan tarkibi "Nasaf"ga qaraganda birmuncha shakllangan. O'yin sifati "Nasaf"da ham yaxshi, biroq futbolchilar darajasi bo'yicha "Paxtakor" ustunroq. Qolaversa "Paxtakor" OCHLda o'ynab ham o'zini ancha pishitib oldi.

Agar bugun "Nasaf" g'alaba qozongudek bo'lsa, bu katta sensaciya bo'ladi. Jamoa faqat himoyalanib "Paxtakor"ga qarshilik ko'rsata olmaydi, bu aniq. Qarshiliklar asosan to'pni o'zlarida saqlash va raqibni to'psiz qoldirish orqaligina ijobiy natijaga umid qilishlari mumkin. Faqat to'pni nazorat qilib turish qancha uzoq davom etadi, bu ham bir savol.



Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика