So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  5 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Bugun futbol. "Olmaliq" - "SHo'rtan" Yangiliklar

Bugun futbol. "Olmaliq" - "SHo'rtan"

Bugun oliy liganing 27-turidan o'rin olgan yana to'rtta uchrashuv o'tkaziladi. "Olmaliq" o'z maydonida "SHo'rtan"ni qabul qiladi.

Oliy liga, 27-tur. 4 noyabr
15:30 - “Olmaliq” (Olmaliq) – “SHo'rtan” (G'uzor)
Hakamlar: Z. Qodirov (Navoiy), R. Fozilov (Namangan), M. Majidov (Namangan), D. Klepikov (Toshkent)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent)
O'zPFL vakili: V. Lyotkin

"Olmaliq" navbatdagi turni o'z maydonida o'tkazadi. Jamoa 35 ochko bilan 9-o'rinni egallab turibdi. "SHo'rtan" esa hozircha 23 ochko to'plab, 15-o'rinda bormoqda. 

"Olmaliq"ning ikkinchi davradagi ishlarini ko'p ham zo'r deb bo'lmaydi. Negaki jamoa shu paytgacha faqat uch bor g'alabaga erishdi. Viktor Kumikov shogirdlari bungacha "So'g'diyona", "Obod" va "Mashal" klublaridan ustun kelgan. Uchala g'alaba ham Olmaliqdagi o'yinlarda qo'lga kiritilgan. 

Bilasizmi? G'uzorda kechgan birinchi davra o'yinida "Olmaliq" raqibidan 1:0 hisobida ustun kelgan. Endilikda tomonlar Olmaliq shahrida o'z kuchlarini sinab ko'rishadi. 

Fakt: "Olmaliq" ikkinchi davra boshlanganidan beri o'z maydonida faqat ikki bor mag'lub bo'ldi. Jamoa "Lokomotiv" va "Neftchi"ga imkoniyatni boy bergan. "SHo'rtan" haqida to'xtaladigan bo'lsak, bu jamoa xavfli zonada turibdi va katta ehtimol bilan keyingi yilni birinchi ligada o'tkazsa kerak. Agar oliy ligada 12ta jamoa aniq qoladigan bo'lsa, "SHo'rtan"ga joy etmay qoladi. 

SHunday bo'ldiki, "SHo'rtan" qatorasiga sakkiz o'yinda g'alaba qozona olmadi: ettita mag'lubiyat va bir durang. Jamoa ikkinchi davrada ikkita g'alabaga erishgan, ikkalasi ham uyda - "Dinamo" va "So'g'diyona" klublari ustidan qo'lga kiritilgan. 

Fakt: "SHo'rtan" ketma-ket beshta o'yindan beri raqiblar darvozasiga to'p kiritishni uddalab kelyapti. 

Bilasizmi? "SHo'rtan" safar o'yinlarida hali g'alaba qozonmagan oliy liganing yagona jamoasi bo'lib turibdi. 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика