So’nggi yangiliklar

22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  1 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан ҳайрлашди  0 21:37АПЛ. "Борнмут" - "Арсенал" баҳси асосий таркиблари маълум!  3 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  7 19:43Шотландия чемпионатида энг катта учрашув ўтказилди  4 19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  2 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  1 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  2

Bugun futbol. "Olmaliq" - "Dinamo" Yangiliklar

Bugun futbol. "Olmaliq" - "Dinamo"

Teglar :  OlmaliqDinamo
Bugun "Olmaliq" shahrida "Olmaliq" - "Dinamo" bahsi bo'lib o'tadi. Uchrashuv 18:30da boshlanadi.


Olmaliq (Olmaliq) – Dinamo (Samarqand)
6 may 2017. Olmaliq. OKMK stadioni. 18:30
Hakamlar
: SH. Qosimov (Toshkent), N. Ro'zimov (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), R. Abduvohidov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.

O'yin oldidan: Bir so'z bilan aytganda, oxirgi ikki turda faqat durang o'ynagan jamoalarning o'zaro bahsi. Bunday deyishimizning boisi, "Olmaliq" oldingi ikki bellashuvda "Qizilqum" va "Neftchi" bilan, "Dinamo" esa "Bunyodkor" va "So'g'diyona" bilan durang qayd etdi.

Turnir jadvalidagi o'rni: "Olmaliq" 9 ochko bilan 12-o'rinni, "Dinamo" esa 14 ochko to'plagan holda 4-o'rinni egallab turibdi.

Fakt: O'z maydonida uchta uchrashuv o'tkazgan "Olmaliq" shundan bittasida g'alaba qozongan. Jamoa "Nasaf"ni 1:0 hisobida mag'lub etib, "Qizilqum" va "Bunyodkor" bilan durang o'ynagan.  Qizig'i shundaki, "Olmaliq" o'z uyida mana shu ikki jamoaga to'p kirita olmagan.

Bilasizmi? "Olmaliq" o'z maydonidagi uchta o'yinda atigi bitta gol urgan va mana shu gol Kamoliddin Murzoevga tegishli.

Fakt: "Dinamo" bugun safarda beshinchi uchrashuvini o'tkazdi. Avvalgi to'rt o'yinda samarqandliklar ikki bor zafar quchib, bir marta durang o'ynagan holda bir bora mag'lub bo'lishgan. "Dinamo" safarda "Metallurg" va "Paxtakor"dan ustun kelgan, "Qo'qon-1912"ga imkoniyat boy berilgan bo'lsa, "Bunyodkor" bilan durang o'ynagan.

Fakt: "Dinamo" bu yilgi mavsumda ketma-ket uchta bellashuvni g'alaba bilan boshladi-yu, ammo oxirgi besh uchrashuvda faqat bir marta uch ochkoli bo'ldi.

Fakt: "Olmaliq" chempionatning dastlabki to'rtta o'yinida g'alaba qozona olmagan bo'lsa, keyingi ikki bellashuvni g'alaba bilan tugatdi va navbatdagi ikki o'yinda durang qayd etdi.

Bilasizmi? O'z maydonida uchta uchrashuvda maydonga tushgan "Olmaliq" birortayam gol o'tkazib yubormadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика