So’nggi yangiliklar

00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  0 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  1 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  0 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  2 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  7 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  2 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  4 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0

Bugun futbol. "Obod" - "Dinamo" Yangiliklar

Bugun futbol. "Obod" - "Dinamo"

Teglar :  ObodDinamo
Bugun oliy liganing 11-turidan o'rin olgan oltita o'yin bo'lib o'tadi. Turnir jadvalida oxirgi o'rinda borayotgan "Obod" o'z maydonida "Dinamo"ni qabul qiladi. Uchrashuv 18:00da start oladi.

“Obod” (Toshkent) – “Dinamo” (Samarqand)
Hakamlar:
R. Bobomurodov (Navoiy), R. SHoyaxmitov (Toshkent), A. Burov (Buxoro), A. Najafaliev (Toshkent)
Nazoratchi: I. Nexochin (Namangan)
O'zPFL vakili: F. Magametov


O'yindan nima kutyapmiz? Ikkala jamoaning ham ishlari oxirgi paytda yaxshi ketmayapti. Bu o'yinda yutuq "Obod"ga ham, "Dinamo"ga ham nihoyatda zarur. O'tgan yil "Obod" oliy ligaga chiqqan mahal ko'pchilik "o'zbek "Lesteri" tarifini bergandi, bu yil "Dinamo"ni shunday atashmoqda. Qani ko'ramiz, "Lester" degan nomga kim ko'proq loyiqligini bugungi o'yinda.

Turnir jadvalidagi vaziyat: "Obod" 6 ochko to'plagan holda oxirgi o'rinni egallab turibdi. "Dinamo" esa 15 ochko bilan 6-o'rinda bormoqda.

Fakt: Bugun "Obod" o'z maydonida beshinchi o'yinini o'tkazadi. Avvalgi to'rt uchrashuvda Rauf Inileev shogirdlari uch marta durang o'ynab, bir bor mag'lub bo'lishgan. To'plar nisbati 3-4.



Fakt: "Obod" uydagi o'yinlarda atigi uch ochko to'plagan va bu borada ham oxirgi o'rinda bormoqda. "Dinamo"ga kelsak, samarqandliklar bugun safarda oltinchi marta bahs olib borishadi. Jamoa avvalgi beshta o'yinning ikkitasida zafar quchgan. "Dinamo" safarda "Metallurg" va "Paxtakor"dan ustun kelgan bo'lsa, "Bunyodkor" bilan durang o'ynagan va "Qo'qon-1912" hamda "Olmaliq"qa imkoniyatni boy bergan.

Bilasizmi? "Obod" qatorasiga ettita o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti. Jamoa oxirgi marta 3-turda "Buxoro"ni mag'lub etib qaytgan.

Bilasizmi? O'z maydonida "Buxoro"dan ustun kelgan "Dinamo" shundan so'ng ketma-ket to'rt o'yinni yuta olmadi: uch durang va bir mag'lubiyat.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика