Bugun futbol. "Neftchi" - "Bunyodkor"
17 mar 2018 13:48
Yangiliklar
Superligada o'ynash imkoniyati berilgan "Neftchi" o'z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi. Soat 18:00da boshlanadigan o'yinga qiziqish katta. Har ikkala jamoa ham bugun g'alaba uchun o'ynaydi deb bemalol aytsa bo'ladi.
Xuddi "Nasaf" bilan bo'lgani kabi "Neftchi" bugun ham ochiq va shiddatli o'yin namoyish etsa kerak. O'z navbatida "Bunyodkor"ning ham hujumkor futbol ko'rsatishiga shubha yo'q.
"Neftchi" bungacha ikkita o'yinda maydonga tushib, ikkalasida ham durang qayd etdi. Qizig'i shundaki, "Neftchi"ning "Nasaf" va "So'g'diyona"ga qarshi bahslari 0:0 hisobida tugadi. Jamoa hali gol urgani va o'tkazgani yo'q.
"Bunyodkor"ga kelsak, bugungi o'yin jamoaning Superligada safardagi ilk uchrashuvi bo'ladi. Mirjalol Qosimov shogirdlari avvalgi ikkita o'yinni uyda o'tkazib, bir durang va bir g'alaba qayd etishdi. AGMK bilan 1:1 o'ynagan "Bunyodkor" keyingi turda "Paxtakor"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Imkoniyatlar borasida ustunlik "Bunyodkor" tomonida deya olamiz. CHunki o'yin uslubi tomonlama mehmonlar kuchliroq. Yangilangan "Neftchi"da o'yin hozircha kuchli emas, biroq ularning ustunligi muxlislarida ekanini unutmaylik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar