So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Bugun futbol. "Navbahor" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Bugun futbol. "Navbahor" - "Qo'qon-1912"

Teglar :  Qo'qon-1912Navbahor
Bugun oliy liganing 10-turidan o'rin olgan beshta uchrashuv bo'lib o'tadi. Namanganda "Navbahor" Qo'qonning "Qo'qon-1912" klubiga qarshi bahs olib boradi. O'yin 18:00da boshlanadi.


Oliy liga. 10-tur. 12 may
Navbahor (Namangan) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
Hakamlar:
V. Kovalenko (Toshkent), M. Saidqosimov (Toshkent), A. Capenko (Toshkent vil.), D. Muxtorov (Toshkent).
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.

O'yindan nima kutyapmiz? Vodiy derbisida kimning qo'li baland keladi? O'z maydonida hali mag'lub bo'lmagan "Navbahor"mi yoki bo'lmasa safarda yutqazmay kelayotgan "Qo'qon-1912"mi? Bugungi bahs orqali shu kabi savollarga javob olsak ajab emas. Ikkala jamoa ham mavsumni yaxshi o'tkazyapti. Ayniqsa, "Qo'qon-1912"ning bu yilgi natijalari maqtovga loyiq. No'mon Hasanov shogirdlari yaxshi o'yin ko'rsatgan holda ikkinchi o'rinda borishmoqda. O'z navbatida "Navbahor"ning ham ishlari chakki emas. Bugun Ilhom Mo'minjonov boshqaruvidagi jamoa o'z muxlislari ko'z o'ngida g'alaba qozonishga harakat qiladi.

Fakt: O'z maydonida bugun oltinchi o'yinini o'tkazadigan "Navbahor" avvalgi besh uchrashuvning uchtasida g'alaba qozongan. Mo'minjonov shogirdlari uyda "Obod", "Mashal", "SHo'rtan"dan ustun kelib, "Neftchi" va "Lokomotiv" bilan durang o'ynashgan. To'plar nisbati 7-4. Jamoa o'z maydonida 11 ochko to'plagan va bu borada "Lokomotiv" va "Nasaf"dan keyin uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Fakt: Bugun safarda beshinchi o'yinida maydonga tushadigan "Qo'qon-1912" avvalgi to'rtta bahsning ikkitasida g'alaba qozonib, ikki bor durang o'ynagan. Qo'qonliklar safarda "Obod" va "Mashal" bilan durang o'ynagan holda "Neftchi" hamda "SHo'rtan"ni mag'lub etib qaytgan. To'plar nisbati 7-5.

Bilasizmi? "Qo'qon-1912" qatorasiga 8ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchragani yo'q. Jamoa hisobida 5ta g'alaba va uchta durang bor.



Bilasizmi? "Navbahor" oxirgi ikki o'yinda g'alaba qozona olmadi. Namanganliklar safarda "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berib, uyda "Loko" bilan durang qayd etishdi.

Bilasizmi? "Qo'qon-1912" safarda gol urish bo'yicha birinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida ettita gol bor. Qo'qonliklar bu borada "Lokomotiv", "Nasaf" kabi kuchli klublardan oldinda.

Fakt: Namanganda "Qo'qon-1912"ga qarshi kechgan oxirgi uchta uchrashuvning hammasida "Navbahor" g'alaba qozongan. To'plar nisbati 12-3.

14.05.2016
"Navbahor" - "Qo'qon-1912" - 5:1

21.10.2015
"Navbahor" - "Qo'qon-1912" - 2:1

11.06.2003
"Navbahor" - "Qo'qon-1912" - 5:1


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика