So’nggi yangiliklar

13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  1 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  2 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  1 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  27 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  29 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6 08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  1 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  25 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1

Bugun futbol. “Nasaf” – “Qizilqum” Yangiliklar

Bugun futbol. “Nasaf” – “Qizilqum”

Teglar :  QizilqumNasaf
Bugun Qarshi shahridagi “Markaziy” stadionda katta futbol. “Nasaf” oliy liga 23-tur uchrashuvini o'z maydonida Navoiy shahrining “Qizilqum” jamoasiga qarshi o'tkazadi.

Uchrashuv bugun 30 sentyabr shanba kuni “Markaziy” stadionda soat 18:00da boshlanadi.

O'zPFL 23-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Qizilqum” (Navoiy)
30.09.2017. “Markaziy” stadioni. 18:00da
Bosh hakam
: SHerzod Qosimov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Alisher Usmonov (Toshkent), Timur Gaynulin (Toshkent),
Zaxira hakami: Dmitriy Klepikov (Toshkent)
Nazoratchi: Xushvaqt Muxtorov (Samarqand).
O'zPFL vakili: Roman CHernikov.

UCHRASHUV PREVYUSI

“Nasaf” – “Qizilqum” shu paytgacha 35 marta kuch sinashgan. Ushbu bahslarning 20 tasida jamoamizning qo'li baland kelgan bo'lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g'alaba qozonishgan. 9 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 66-38.   

Jamoalar Qarshida jami 16 marta o'zaro bahslashgan. Ularning 13tasida jamoamiz g'alaba qozongan, bir uchrashuvda “Qizilqum” jamoasi kichik 1:0 hisobida g'alabaga erishgan. Bu uchrashuv 2008 yili bo'lib o'tgan. Qolgan 2 uchrashuvda murosa ko'chasi tanlangan. Qarshidagi uchrashuvlarda jami darvozalarga 57 marta gol kiritilgan. Gollar nisbati bo'yicha ham ustunlik “Nasaf” tomonida: 43-14.

Bo'lajak uchrashuv jamoalarning Qarshidagi 17-uchrashuvi sifatida tarixga kiradi.

Ushbu jamoalarning birinchi davradagi Navoiyda bo'lib o'tgan uchrashuvi jangovor 1:1 durang natija bilan nihoyasiga etgan. Uchrashuvdagi har ikkala gol penaltidan kiritilgan edi.

Barcha futbol ishqibozlarini “Markaziy” stadionga taklif etib qolamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика