So’nggi yangiliklar

10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  1 09:50"Челси" "Барселона" футболчиси учун 150 миллион бермоқчи  2 09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  3 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  1 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  4 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  4 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  10 02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  1 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  1 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  1 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  2 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  2 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2

Bugun futbol. "Nasaf" - "Paxtakor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Nasaf" - "Paxtakor"

Bugun Superliganing 11-tur bahslari davom ettiriladi. "Nasaf" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qiladi.

SHubhasiz, turning markaziy bahsi bugun Qarshida bo'lib o'tadi. O'tgan yil "Nasaf" o'z maydonida "Paxtakor"ni 4:0 hisobida mag'lub etgandi. O'ziyam juda chiroyli o'yin bo'lgandi. Muxlislar bu o'yinni haligacha unutgani yo'q. Bugun "Paxtakor" o'sha mag'lubiyat alamini olishga harakat qilib ko'radi.

Turnir jadvalida "Paxtakor" 20 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Nasaf" hisobida esa 14 ochko bor va "ajdarlar" kutilmaganda jadvalning 8-pog'onasidan joy egallab turishibdi. Ammo bugungi bahs mohiyatining jamoalar egallab turgan o'rniga tasiri bo'lmasa kerak.

"Nasaf" mavsumni yaxshi boshladi, shunday bo'ldiki jamoa qatorasiga 8ta o'yinda mag'lub bo'lmadi. Mana shu sakkizta bahsda uch g'alaba va besh durang qayd etildi. Ammo oxirgi ikki o'yinda "Nasaf" ketma-ket yutqazib qo'ydi. Avvaliga o'z maydonida "So'g'diyona"ga, undan keyin Toshkentda "Bunyodkor"ga.

"Nasaf"ning ayniqsa "So'g'diyona"ga yutqazib qo'yishi juda g'alati bo'ldi. To'g'ri, Jizzaxda murabbiy almashdi, yigitlarda boshqacha kayfiyat paydo bo'ldi, ammo "Nasaf" o'z maydonida "Al Sadd"dek klubni mag'lub eta olgandi, qanday qilib "So'g'diyona"dan mag'lubiyatga uchradi hayronmiz.

"Paxtakor" oxirgi turlarga kelib o'z o'yinini topib olgandek edi, biroq oxirgi ikki bellashuvda durang qayd etdi. "SHerlar" safarda "Lokomotiv" va uyda "Qo'qon-1912" bilan durangga erishishdi. SHunga qaramay, "Paxtakor" Suprerliga jamoalari orasida eng kam mag'lub bo'lgan uchta jamoadan biri bo'lib turibdi. Hozirgacha "Paxtakor"dan tashqari "Nasaf" va "Qo'qon-1912" ikki martadan imkoniyatni boy bergan.

Bilasizmi? "Nasaf" oxirgi to'rt o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti: ikki durang va ikki mag'lubiyat.

Fakt: "Paxtakor" hozircha safarda to'rtta o'yin o'tkazib, shundan faqat bittasida g'alaba qozongan. Jamoa 7-turda "Metallurg"ni 5:0 hisobida mag'lub etib qaytgan.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика