So’nggi yangiliklar

20:30"Барса" ва "Юве" қизиққан АПЛ клуби ҳимоячисини "Челси" сотиб олмоқчи  0 19:54"Реал" Винисиус бўйича катта трансфер таклифини олди  0 19:26Артета "Интер"га қарши ўйин ҳақида: "100 фоизли натижа бўшашишга олиб келмайди"  3 18:59"Нефтчи" Болгария жамоасини ишончли ҳисобда мағлуб этди  9 18:39U-23 Осиё Кубоги. Япония Кореяни ютиб, финалга йўл олди  0 18:21Скоулз дербидаги ғалабадан сўнг Мартинесни огоҳлантирди  0 17:48"Ювентус" Матета бўйича таклиф билан чиқди  0 17:20Расман: "Локомотив" сербиялик ярим ҳимоячини таркибга қўшиб олди  2 16:52Энрике Диасни ҳимоя қилди ва уни Зидан билан таққослади  13 16:25Расман: Сидиқов "Қўқон-1912"га қайтди  3 16:07"Манчестер Юнайтед" Бундеслигада ишлаётган мураббийни кузатмоқда. У аввалроқ "Челси" шорт-листида бўлган  2 15:39Ўзбекистон МТЖ Дубайга етиб борди  14 15:07Элдор Шомуродов: "Ҳозир фақат "Истанбул Башакшеҳир" ҳақида ўйлаяпман"  8 14:39"Сурхон" олдига чемпионлик вазифаси қўйилди  21 14:17Браим Диас Африка Кубоги финалидаги мағлубиятдан сўнг узр сўради  3

Bugun futbol. "Nasaf" - "Metallurg" Yangiliklar

Bugun futbol. "Nasaf" - "Metallurg"

Bugun oliy liganing 27-turidan o'rin olgan to'rtta uchrashuv o'tkaziladi. "Nasaf" o'z maydonida "Metallurg" bilan kuch sinashadi.

17:00 - “Nasaf” (Qarshi) – “Metallurg” (Bekobod)

Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), J. Muxtorov (Toshkent)

Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent)

O'zPFL vakili: N. Lutfulin

Oliy ligani ikkinchi o'rinda tugatish uchun "Nasaf" astoydil harakat qilmoqda. Bugun jamoa yana bir muhim bahsda maydonga tushadi. "Nasaf" turnir jadvalida 53 ochko bilan 2-o'rinni band etib turibdi, "Metallurg" hisobida esa 34 ochko bor va bu jamoa 10-o'rinda bormoqda. 

Bilasizmi? "Nasaf" oxirgi sakkizta o'yinni g'alaba bilan yakunladi va shu o'yinlarda atigi bitta gol o'tkazdi. Qarshiliklar o'tgan turda "Mashal"dan gol o'tkazib yuborishdi. 

"Metallurg" ikkinchi davrani bir tekis o'tkaza olmayapti. Jamoa hozircha to'rtta g'alabaga erishgan bo'lsa, shundan ikkitasi safarda va yana ikkitasi uydagi uchrashuvlarda qo'lga kiritilgan. Bekobodliklar safarda "SHo'rtan" va "Dinamo"dan ustun kelgan bo'lishsa, uyda "Qo'qon-1912" hamda "Olmaliq"ni mag'lub etishdi. 

Fakt: "Metallurg" ikkinchi davrada safarda g'alaba qozongan ikkala o'yinida ham o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormagan. 

O'yinni kim boshqaradi? Bu bahsni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brrigadasi boshqarib boradi. FIFA referisi Ravshan Ermatov hozircha "Nasaf"ning beshta o'yinini boshqargan va hamma uchrashuvlarni "Nasaf" safarda o'tkazgan. Mana shu o'yinlarning ikkitasida qarshiliklar zafar quchib, uch bor mag'lubiyatga uchragan. Ermatov "Metallurg"ning uchta o'yinida ishlagan. Uchala uchrashuv ham Bekobodda o'tkazilgan. Maydon egalari ikki bor yutib, bir marta yutqazib qo'yishgan. 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика