So’nggi yangiliklar

00:16Куртуа фаолиятини якунлагандан сўнг пойгаларда қатнашиш истагини билдирди  0 00:07Ўзбекистонда трансфер ойнаси расман ёпилди  2 23:46"Ал Насср" ўртоқлик ўйинида "Тулуза"ни мағлубиятга учратди. Феликсдан дебют, Роналдудан гол  0 23:27"Ман Юнайтед" "Ман Сити"га керак бўлмай қолган дарвозабонга қизиқмоқда  2 22:59Гёкереш: "АПЛ – дунёдаги энг яхши лига. Бу ерда ўйнашни доим орзу қилганман"  0 22:35Месси МЛСда ой ўйинчиси деб топилди  9 22:07Расман: "Қўқон-1912" Клейди Даци ва Аброр Каримовни ўз сафига қўшиб олди  1 21:23"Ливерпуль" яна бир супер трансферни ҳал қилишга яқин  2 20:51Расман: "Қўқон-1912" яна икки нафар футболчини ўз сафига қўшиб олди  0 20:38Расман: Маҳмуд Маҳамаджонов мавсумнинг иккинчи қисмини "Динамо"да ўтказади  1 20:25Расман: Аббосбек Файзуллаев - "Истанбул Башакшехир" футболчиси!  15 20:06Ўртоқлик ўйни. "Ливерпуль" японларни мағлуб этди  4 19:55Футзал. ОКМК икки нафар бразилиялик футзалчилар билан шартнома имзолади  2 19:25Илк ўйинида уйига йиғлаб кетган, 15 ёшида терма жамоада дебют қилган ҳамда самолётда шуғулланган "Нефтчи" ҳужумчиси Сильванус Нимели билан яқиндан танишамиз  9 19:01"Неом" "Монако" футболчисини харид қилмоқчи  0

Bugun futbol. "Nasaf" - "Mashal" Yangiliklar

Bugun futbol. "Nasaf" - "Mashal"

Teglar :  MashalNasaf
Bugun oliy liganing 11-tur doirasida "Nasaf" - "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tadi. Qashqadaryo derbisi maqomiga ega bahs 18:30da boshlanadi.

“Nasaf” (Qarshi) – “Mashal” (Muborak)
Hakamlar
:
V. Kovalenko (Toshkent), N. Ro'zimov (toshkent), S. Ulfatov (Toshkent vil.), S. Abdurahmonov (Toshkent)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro)
O'zPFL vakili: A. Inoyatov

Jadvaldagi o'rni: "Nasaf" 3-o'rinda - 17 ochko. "Mashal" 7-o'rinda - 15 ochko. Agar bugun muborakliklar zafar quchsa, "Nasaf"dan o'zib ketishadi.

O'yindan nima kutyapmiz? Avvallari "Nasaf" o'z maydonida "Mashal" bilan o'ynaganida ustunlik ko'proq qarshiliklar tomonida bo'lardi. Bugungi bahs oldidan ham shunday deya olamizmi? Agar "Mashal" astoydil kurash olib boradigan bo'lsa safarda ochko olishi mumkin. Lekin ikkinchi tomondan bu jamoa oxirgi safar o'yinida "So'g'diyona"ga yirik 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi. SHunday ekan, bugun nima bo'ladi, hayronmiz.

Fakt: "Mashal" safarda shu paytgacha faqat bitta o'yinda g'alaba qozongan. Jamoa kichik voha derbisida "SHO'rtan"ni 2:0 hisobida mag'lub etib qaytdi. SHundan so'ng muborakliklar ikki o'yinda durang o'ynab, bir bor mag'lub bo'lgan.


Bilasizmi? "Mashal" ketma-ket ikki o'yindan beri to'p kirita olmayapti. Va albatta gol urmagan o'yinlarda g'alaba qozona olmadi.

Fakt:
"Nasaf" shu paytgacha uydagi to'rtta uchrashuvni ham g'alaba bilan yakunladi. To'plar nisbati 9-1. Uydagi hamma o'yinlarda g'alaba qozongan yana bir jamoa bu - "Lokomotiv".

Bilasizmi? "Nasaf" uydagi bellashuvlarda "Buxoro", "So'g'diyona", "Obod" va "Neftchi" klublaridan ustun kelgan. Qizig'i, bu jamoa mana shu to'rtta o'yindan uchtasida gol o'tkazmasdan g'alaba qozongan.

Bilasizmi? "Nasaf" ketma-ket to'rt turdan beri mag'lub bo'lmayapti. Qarshiliklar oxirgi marta 6-turda "Loko"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика