Bugun futbol. "Mashal" - "Lokomotiv"
18 okt 2016 10:58
Yangiliklar
Bugun futbol. "Mashal" - "Lokomotiv"
"B.Vafoev" nomidagi stadionda kechadigan bahs soat 16:00da boshlanadi.
Oliy liga, 20-turning qoldirilgan o'yini.
MASH'AL - LOKOMOTIV
Bosh hakam: Rustam Bobomurodov
Turnir jadvalidagi o'rni: "Mashal" 11-o'rinda (30 ochko), "Lokomotiv" 1-o'rinda (59 ochko).
Ochkolar orasidagi farq - 29 ochko.
Tarif: CHempionlik uchun harakat qilayotgan "Lokomotiv" safarda "Mashal" mehmoni bo'ladi. Bugun Muborakda qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda. Negaki ikkala jamoa ham hujumkor futbol namoyish etishni xush ko'radi. CHempionat yakuniga etib borayotgan bir paytda "Lokomotiv" uchun har bir o'yin muhim. CHunki "temiryo'lchilar"ning maqsadi bitta: Oliy ligada birinchi o'rinni qo'lga kiritish. "Mashal" esa kuchli sakkizlikka kirish haqida o'ylayapti va bu yo'lda ularga "So'g'diyona", "Neftchi" va "SHo'rtan" raqobat qiladi.
Fakt: "Mashal" ikkinchi davraning dastlabki to'rt turida g'alaba qozona olmadi. "Gazchilar" keyingi beshta uchrashuvdan uchtasida zafar quchishdi. SHu uch g'alabadan ikkitasi Muborakdagi o'yinlarda qayd etildi. Umuman olganda, "Mashal" o'z maydonida doim ham bir tekis o'yin ko'rsata olmayapti. Jamoa uy bellashuvlarida 23 ochko to'plagan: 7 g'alaba, 2 durang va 3 mag'lubiyat. To'plar nisbati 23-11. "Mashal" o'z maydonida "Metallurg", "Neftchi" va "Qizilqum" klublariga yutqazgan.
Fakt: Oxirgi uchta o'yinning bittasida g'alaba qozongan "Lokomotiv" bu safar "Mashal"ni mag'lub etishga urinib ko'radi. Bu o'yin "temiryo'lchilar" uchun safardagi 12-bahs bo'ladi. SHu paytgacha bo'lib o'tgan safar o'yinlarida "Loko" 24 ochkoni qo'lga kiritgan: 7 g'alaba, 3 durang va 1 mag'lubiyat. To'plar nisbati 26-14. "Lokomotiv" hozircha ikkinchi davrada uch marta safarda bahs olib borib, shundan bittasida g'alabaga erishdi. "Olmaliq" mag'lub etilgan bo'lsa, "Neftchi" bilan durang o'ynaldi va "Paxtakor"ga imkoniyat boy berildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar