So’nggi yangiliklar

19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  8 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  23 18:54Суперлига. ОКМК – "Нефтчи" 1:0 (матнли трансляция)  24 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  4 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  9 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  15 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  7 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  2 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  1

Bugun futbol. "Mashal" - "Bunyodkor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Mashal" - "Bunyodkor"

Bugun oliy ligada 18-tur bahslari yakuniga etadi.

CHempionlik uchun kurashayotgan "Bunyodkor" safarda "Mashal" mehmoni bo'ladi. 

Oliy liga, 18-tur. 14 avgust

MASH'AL - BUNYODKOR

Boshlanish vaqti - 18:30.


Bosh hakam: Zokir Qodirov

Turnir jadvalidagi o'rni: "Mashal" 11-o'rinda (19 ochko), "Bunyodkor" 2-o'rinda (40 ochko). 

Ochkolar orasidagi farq - 21 ochko. 

Tarif: Qiziqarli kechishi kutilayotgan bahslardan biri. Ikkinchi davrani ketma-ket ikki mag'lubiyat bilan boshlagan "Mashal" endi "Bunyodkor"dan ochko olishga harakat qilib ko'radi. O'z navbatida "Bunyodkor" chempionlik uchun kurashmoqda va jamoa Muborakda g'alaba qozonishna urinib ko'radi. 

Fakt: Aytib o'tganimizdek, "Mashal" oxirgi ikkita o'yinda imkoniyatni boy berdi. Jamoa avvaliga "Qizilqum"dan 0:1, keyin "Metallurg"dan 0:6 hisobida mag'lubiyatga uchradi. "Mashal" ikkinchi davrada hali to'p kirita olgani yo'q. Muborakliklar uyda hozircha 8ta o'yinda maydonga tushib, shundan beshtasida g'alaba qozonishgan va uch marta yutqazib qo'yishgan. Jamoa o'z uyida hali durang o'ynamagan. "Mashal"ning uy uchrashuvlarida to'plar nisbati 14-8. 



Fakt: "Bunyodkor" ikkinchi davrani mag'lubiyat bilan boshladi. Jamoa safarda "Neftchi"ga yutqazib qo'ydi. Keyingi turda esa "So'g'diyona" mag'lub etildi. "Bunyodkor" hozircha safarda to'qqizta o'yin o'tkazgan bo'lib, shundan beshtasida zafar quchgan, uch bor durang qayd etib, bir marta mag'lub bo'ldi. "Bunyodkor"ning safar bellashuvlaridagi to'plar nisbati 14-5. 



Fakt: "Bunyodkor" o'z maydonida hali mag'lubiyatga uchramagan, biroq bir marta durang o'ynagan. Va shu durang aynan "Mashal" bilan kechgan bahsda sodir bo'lgandi. O'yinda hisob ochilmagan - 0:0. 

Eslatma: Kecha o'tkazilgan Yoshlar ligasi uchrashuvida "Bunyodkor" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика