So’nggi yangiliklar

13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  0 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  0 11:32"Реал" ва "Барселона" "Челси" форвардига даъвогарлик қилмоқда  2 10:54Хоразмлик мухлисларга хушхабар. "Хоразм" уйига қайтмоқда  8 10:42ПСЖ футболчисини "Галатасарой"га таклиф қилди  0 10:07"Манчестер Юнайтед" "Барселона" футболчисига 70 миллион евро таклиф қилди  0 09:30Русланбек Жиянов: "Иккинчи таймда ўйинимиз очилди"  2 09:02Жиззахдаги стадион "ёнган" учрашувдан ГАЛEРEЯ  0 08:33Ўртоқлик учрашуви. Ҳусанов майдонга тушган баҳсда "Манчестер Сити" ғалаба қозонди  2 08:04Суперлига. Бугун 16-тур якунланади  2 07:35Лионель Месси жароҳат олди  2 07:05Суперлига. "Бунёдкор" ва "Насаф" сафарда ғалаба қозонди, "Навбаҳор" эса "Динамо" билан дуранг ўйнади  0 06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  2 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  3

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "So'g'diyona" Yangiliklar

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "So'g'diyona"

Bugun Coca Cola Superligasining 5-tur o'yinlari davom ettiriladi.

O'tgan turda mag'lubiyatga uchragan "Lokomotiv" o'z maydonida avvalgi tur g'alabaga erishgan "So'g'diyona"ni qabul qiladi. Turnir jadvalida "Loko" 6 ochko bilan 7-o'rinni egallab turibdi. "So'g'diyona" esa 4 ochko to'plagan holda 11-o'rinda boryapti.

Aytib o'tganimizdek, karantindan so'ng dastlabki bahsda "Loko"ning omadi kelmadi. Jamoa o'z maydonida "Metallurg" bilan kuch sinashib, kutilmaganda 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. "So'g'diyona" esa aksincha Jizzaxda "Paxtakor"ni qabul qilib 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. 

Bugungi o'yin "Loko" uchun uydagi to'tinchi bellashuv bo'ladi. Avvalgi uchta bahsda "temiryo'lchilar" ikki bor zafar quchib, bir marta mag'lub bo'lishgan. "Temiryo'lchilar" "Metallurg"ga imkoniyatni boy berishdan oldin uyda "Andijon" (2:1) va "Buxoro" (3:0) ustidan g'alaba qozonishdi. 

SHu paytgacha 4ta o'yinda maydonga tushgan "So'g'diyona" hisobida faqat bitta g'alaba bor. Ulug'bek Baqoev shogirdlari bungacha ikki bor mag'lubiyatga uchrab, bir marta durang o'ynashdi. "So'g'diyona" safardagi ikkita o'yinda ham imkoniyatni boy bergan: 1-tur "Mashal"ga 0:3 hamda 3-tur "Qo'qon-1912"ga 1:2.

Imkoniyatlar haqida nima deyish mumkin? Albatta, "Lokomotiv" o'z maydonida o'ynaydi va o'tgan turdagi mag'lubiyat tasodif ekanligini isbotlashga harakat qiladi. "Paxtakor"ni mag'lub etgan "So'g'diyona" esa bu turda ham ochkoli bo'lishga urinib ko'radi. 

P.S. Soat 19:00da boshlanadigan o'yinni "Sport" telekanalida to'g'ridan to'g'ri kuzatib boring.

Coca Cola Superligasi 5-tur

"Lokomotiv" - "So'g'diyona"

Hakamlar: Aziz Asimov, Xusniddin SHodmonov, Aleksandr Burov, Ilya Ilin

Nazoratchi: Dmitriy Roman

Komissar: SHohrux Said

20 iyun. "Lokomotiv" stadioni. 19:00

Lokomotiv

Shahzod Shaymanov - 52', Kirill Pogrebnyak - 58'

Superliga. 5-tur

20/06/2020, 19:00

2
:
1
Tugadi

So'g'diyona

Jasur Hasanov O - 43'

45'
90'
21'  Ibrohim G'anixonov
46'  Ibrohim G'anixonov (Diyor Turopov)
52'  Shahzod Shaymanov
58'  Kirill Pogrebnyak
58'  Diyor Turopov
66'  Kirill Pogrebnyak (Avazbek O'lmasaliev)
76'  Diyor Turopov
90'  Slavko Damyanovich
10'  Sardor Qulmatov
34'  Jamshid Boltaboev
43'  Jasur Hasanov O
62'  Elivelto Ribeyro
70'  Sanat Shixov (Sanjar Rashidov)
79'  Ayubxon Nomanov (SHahboz Jo'rabekov)
79'  Shohruz Norxonov (Bahodir Nasimov)
86'  Jasur Hasanov O (Ivan Nagayev)
86'  Elivelto Ribeyro (ZHavohir Qahramonov)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика