So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Динамо" – "Пахтакор" 0:0 (матнли трансляция)  7 19:46"Тоттенхэм" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олиши мумкин  0 19:25Про лига. "Олимпик-MobiUz" "ФарДУ" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  0 19:18Португалия клублари Ойбек Бозоровни кузатиб бормоқда  5 19:00Суперлига. "Нефтчи" – "Насаф" 1:0 (матнли трансляция)  50 18:35U-21 биринчилиги. Сардор Мирзаевнинг голи эвазига ОКМК ёшлари "Пахтакор"ни мағлуб қилди, "Қўқон-1912"дан суперкамбэк ва бошқа натижалар  1 17:35"Динамо" 15 йилдан буён Самарқандда "Пахтакор"ни юта олмаяпти  12 17:13Биринчи лигада иккинчи давра старт олди: "Жиззах ФА"дан илк ғалаба, "Цементчи"дан 11:0 ва бошқа натижалар  1 16:52"Бугун Ўзбекистон чемпионатида қизиқарли кун". Боян Миладинович Самарқанд ва Фарғонадаги ўйинлар олдидан нималар деди?  3 16:37"Реал" Камавинганинг жароҳати ҳақида маълумот берди  2 16:11Ўзбекистонлик ҳужумчи Ироқ чемпионатида ўйнайдиган бўлди  5 15:50Расман: Ўзбек телеканаллари Ла Лига, А Серия ва Англия Кубогини намойиш этади  21 15:32Кингсли Коман "Ал Насср"га ўтди — Here We Go!  8 15:03Here we go: "Манчестер Сити" ўз футболчисини "Эвертон"га ижарага бермоқда  2 13:33Иско жиддий жароҳат олди  4

Bugun futbol. Lokomotiv - Qizilqum Yangiliklar

Bugun futbol. Lokomotiv - Qizilqum

1-2 iyul kunlari Coca Cola Superligasida 7-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Bugun «Lokomotiv» o'z maydonida «Qizilqum»ga qarshi bahs olib boradi. Turnir jadvalida «Lokomotiv» 6ta o'yindan so'ng 6 ochko bilan 10-o'rinda boryapti. Jamoa ikki bor g'alaba qozonib, 4 marta mag'lub bo'lgan. To'plar nisbati 6-10.

«Qizilqum» esa atigi 1 ochko to'plagan holda oxirgi o'rinni egallab turibdi. Navoiyliklar hisobida 1 durang, 5 mag'lubiyat bo'lib, to'plar nisbati 3-13. «Qizilqum» bu yil Superligada hali g'alaba qozonmagan uchta jamoadan biri bo'lib turibdi.

Qizig'i shundaki, har ikki jamoa o'z ochkolarini karantingacha dastlabki uch turda yiqqan. «Lokomotiv»ning ikkita g'alabasi uyda «Andijon» va «Buxoro» bilan kechgan bahslarda qo'lga kiritilgan, «Qizilqum» esa safarda «Mashal» bilan durang o'ynagandi.

Karantindan so'ng negadir har ikki jamoaning omadi kelmayapti. «Loko»ning ketma-ket uch mag'lubiyati «Metallurg» (0:3), «So'g'diyona» (1:2), «Bunyodkor» (0:2) bilan o'yinlarda qayd etilgan bo'lsa, «Qizilqum» AGMK (0:1), «Qo'qon-1912» (0:4) va «Paxtakor» (0:2) bilan kechgan bahslarda imkoniyatni boy berdi.

Navbatdagi to'qnashuv oldidan mezbon «Lokomotiv»ning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Jamoa birinchidan o'z maydonida o'ynaydi. Ikkinchidan tarkibda mahoratli futbolchilar ko'proq. Lekin «Qizilqum» ham yuqoriga intilish uchun astoydil kurash olib bormoqda. Bu esa uchrashuv qiziqarli kechishidan darak beradi.

P.S. «Lokomotiv» - «Qizilqum» bahsini bugun soat 19:00dan boshlab «Oilaviy» telekanalida to'g'ridan to'g'ri tomosha qiling.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика