So’nggi yangiliklar

15:35"Олимпик"нинг қарзи 3 миллиардга етди, 4 ойдан буён маош йўқ  1 15:20"Тоттенхэм" яна оғзидаги ошни "Арсенал"га олдирмоқда   2 14:55"Реал" собиқ футболчиси "Байер"га ўтади  2 14:23"Эвертон" "Саутгемптон" вингерини 50 млн евро эвазига сотиб олди  0 13:55"Фенербахче", "Ризеспор" академиялари қатнашган халқаро турнирда "Бунёдкор-2011" бош совринга эга чиқди, иккинчи ўрин "Пахтакор-2011"га насиб қилди  1 13:35Факт. "Сўғдиёна" ўз тарихида учинчи маротаба Ўзбекистон Кубоги ярим финалига чиқди   1 13:1516 ёшли Рио "Ливерпуль" тарихига кирди   3 12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  4 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  7 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  7 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  4 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Qizilqum" Yangiliklar

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Qizilqum"

Bugun bo'lib o'tadigan ikkita o'yin bilan Superliganing 12-tur bahslariga yakun yasaladi.

TTZdagi "Lokomotiv" stadionida "Lokomotiv" Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi. Turnir jadvalida "Lokomotiv" 4-o'rinni egallab turibdi va jamoa 18 ochko jamg'argan. "Qizilqum" esa 9 ochko bilan 10-o'rinda bormoqda.

Bugun "Lokomotiv" o'z maydonida joriy mavsum hisobidan Superligadagi 6-uchrashuvini o'tkazadi. Bo'lib o'tgan beshta o'yindan ikkitasini "temiryo'lchilar" g'alaba bilan yakunlashgan ("So'g'diyona" 2:0, "Buxoro" 3:1), shuningdek uch marta durang o'ynashgan ("Metallurg" 1:1, "Qo'qon-1912" 1:1, "Paxtakor" 0:0). Qayd etish lozim, "Lokomotiv" "Paxtakor"ga qarshi bahsni "Bunyodkor" stadionida o'tkazgan.

Bilasizmi? "Lokomotiv" o'z maydonida hali mag'lub bo'lmagan. O'z uyida yutqazmagan jamoalar Superligada to'rttani tashkil etyapti: "Paxtakor", "Lokomotiv", "Navbahor" va "Qo'qon-1912".

Fakt: "Lokomotiv" oxirgi beshta o'yinning to'rttasini g'alaba bilan yakunladi va o'z holatini ancha yaxshilab oldi. "Lokomotiv"ning oxirgi beshta o'yindagi to'plar nisbati 11-3. "Loko" oxirgi ikkita bahsda ettita gol urdi.

"Qizilqum" haqida gapiradigan bo'lsak, bu jamoa mavsumni aynan bugungi raqibiga qarshi boshlab, o'z maydonida 0:3 hisobida mag'lub bo'lgandi. Bugun "oltin izlovchilar" o'sha mag'lubiyat alamini olishga harakat qilishadi. Albatta, imkoniyatlar borasida "Qizilqum" maqtana olmaydi, shunga qaramay ochko olishga urinib ko'rishi turgan gap.

"Qizilqum" shu paytgacha o'tkazilgan bahslarning faqat uchtasida g'alaba qozondi ("So'g'diyona" 3:1, "Neftchi" 1:0, AGMK 3:0). Sakkizta bellashuvda esa imkoniyatni boy berdi. Bu jamoa hozircha durang o'ynamagan. SHuningdek, "Buxoro" ham Superligada durang qayd etgani yo'q.

Bilasizmi? "Qizilqum" hozircha safarda to'rtta o'yin o'tkazib, shundan faqat bittasida g'alaba qozongan. Jamoa 4-turda "So'g'diyona"ni mag'lub etib qaytgan. "Qizilqum"ning safardagi to'plar nisbati 4-7.

Fakt: "Qizilqum" oxirgi ikkita bahsda mag'lub bo'ldi. Jamoa o'z maydonida "Metallurg"ga 1:2 va safarda "Navbahor" 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика