So’nggi yangiliklar

10:06“Реал“ етакчиси операциядан сўнг муддат футбол ўйнамаслиги маълум  5 09:40Тео Эрнандес “Ал Ҳилол“да қанча даромад қилиши маълум  1 09:18“Арсенал“ “Тоттенхэм“ қизиқаётган футболчини “илиб кетмоқчи“  0 08:52Янги келишувга кўра Роналдунинг “Ал Насср“даги маоши маълум  14 08:27Шомуродов келажаги борасида бир қарорга келди  12 08:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал" ва "Ал Ҳилол" кейинги босқичга йўл олди  8 07:30Суперлига. Қаршида турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  8 01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  36 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  4 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  2 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  5 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  9 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  3

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Metallurg" Yangiliklar

Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Metallurg"

Bugun Coca Cola Superligasining 8-tur bahslariga start beriladi.

"Lokomotiv" o'z maydonida Bekobodning "Metallurg" klubini qabul qiladi. 7-tur yakunlariga ko'ra, "Lokomotiv" 11 ochko to'plagan holda 7-o'rinni egallab turibdi. "Temiryo'lchilar" uchta o'yinda g'alaba qozonib, ikki martadan durang va mag'lubiyat qayd etishgan. To'plar nisbati 12-9. 

"Metallurg" esa uchta g'alaba va to'rt mag'lubiyat qayd etgan holda 9 ochko bilan 8-o'rinda boryapti. Bekobodliklarda to'plar nisbati 6-7. Mavsum avvalida "Metallurg"da bosh murabbiy o'zgardi. 1-turdan so'ng Andrey SHipilov istefoga chiqib, 2-turda jamoani Fevzi Davletov boshqardi. 3-turdan boshlab esa jamoa Jasur Abduraimov qo'l ostida o'yinlarni o'tkazib kelmoqda.

Bilasizmi, "Lokomotiv" Superligada oxirgi uch turni g'alaba bilan yakunladi. Mikael Sekeyra shogirdlari dastlab safarda "Surxon"ni, so'ngra uyda "Bunyodkor"ni va o'tgan tur Muborakda "Mashal"ni mag'lub etishning uddasidan chiqishdi. "Loko" oxirgi uch o'yinda 7ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

"Metallurg"ning uch g'alabadan ikkitasi uydagi o'yinlarda qo'lga kiritilgan. Bu jamoa o'z maydonida "Bunyodkor" va "Andijon" hamda safarda "Qo'qon-1912" ustidan zafar quchib, "Surxon", "Mashal", "Paxtakor" va "So'g'diyona" klublari bilan kechgan bahslarda imkoniyatni boy berdi.

Coca Cola Superligasi. 8-tur

LOKOMOTIV - METALLURG

Bosh hakam: Vadim Agishev

Qanot hakamlari: Otabek Qosimov, Hasan Nabiev.

Zaxira hakami: Sultonmurod Abdurahmonov 

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

PFL komissari: Sardor Qudratullaev

11 may. "Lokomotiv" stadioni. 18:50

"Sport" telekanalida to'g'ridan to'g'ri.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика