Bugun futbol. "Lokomotiv" - "Metallurg"
31 okt 2018 13:43
Yangiliklar
Amaldagi chempion "Lokomotiv" o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qiladi. Ikkinchi bosqich turnir jadvalida "Lokomotiv" 33 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda. "Metallurg" esa 5-o'rinni egallab turibdi.
Bugun TTZdagi "Lokomotiv" stadionida qiziqarli bellashuv bo'lib o'tishi kutilmoqda. Negaki chempionlik uchun harakat qilayotgan "Loko" bugun ham faqat g'alaba uchun o'ynaydi. "Metallurg" esa "temairyo'lchilar"ga jiddiy qarshilik ko'rsatishga urinib ko'radi. "Metallurg" ikkinchi bosqich start olganidan beri faqat bitta o'yinda g'alaba qozondi. Jamoa o'z maydonida "Bunyodkor"ni mag'lub etdi.
"Lokomotiv" esa ortda qolgan 5ta o'yinning hammasini g'alaba bilan yakunladi. SHuni aytish joiz, "Lokomotiv" birinchi bosqichda qatorasiga beshta uchrashuvda g'alabaga erishmagandi. Ammo ikkinchi bosqichda jamoa buning uddasidan chiqdi. Agar "Loko" bugun ham uch ochkoni qo'lga kiritgudek bo'lsa, ketma-ket 6ta o'yinda g'alabaga erishgan Superligadagi ilk klub bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar