So’nggi yangiliklar

16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  0 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  10 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  6 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  3 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  4 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  3 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  3 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  7 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1

Bugun futbol. "Buxoro" - "Navbahor" Yangiliklar

Bugun futbol. "Buxoro" - "Navbahor"

Teglar :  BuxoroNavbahor
Bugun oliy liganing 11-turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Navbahor" bahsi bo'lib o'tadi. Uchrashuv 18:30da start oladi.

“Buxoro” (Buxoro) – “Navbahor” (Namangan)
Hakamlar
: T. To'xtasinov (Andijon), Z. Abdurahmonov (Andijon), A. Marajabov (Andijon), I. Xudaydatov (Toshkent)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent)
O'zPFL vakili: A. Frolov


Jadvaldagi o'rni: "Buxoro" 4-o'rinda (16 ochko), "Navbahor" 5-o'rinda (16 ochko).

O'yindan nima kutyapmiz? Jadvalda bir xil ochkoga ega jamoalarning o'zaro bahsi. Bugun Buxoroda muxlislar qiziqarli o'yin guvohi bo'lsa ajab emas. Imkoniyatlar borasida maydon egalarini biroz ustun deya olamiz. Qolaversa, "Buxoro"ning o'yini "Navbahor"ga nisbatan birmuncha kuchli.

Fakt
: "Buxoro" shu paytgacha uyda faqat bir marta mag'lub bo'lib, uchta bellashuvda g'alaba qozongan. SHuningdek bir bor durang o'ynagan. To'plar nisbati 8-3. "Buxoro" o'z maydonida "Olmaliq", "Neftchi" va "SHo'rtan"dan ustun kelgan. Qizig'i shundaki, "Buxoro" yutgan o'yinlarda gol o'tkazmagan.  



Bilasizmi? "Buxoro" o'z maydonidagi yagona mag'lubiyatni 3-turda "Obod"dan qabul qilib olgan. Lekin hozir "Obod" qaerda-yu, "Buxoro" qayoqda...

Fakt: "Navbahor"ning safardagi ishlari bir yurishib bir yurishmayapti. Jamoa hozirgacha to'rtta o'yin o'tkazgan bo'lsa, shundan faqat bittasida g'olib chiqqan. Samarqandda "Dinamo" 1:0 hisobida mag'lub etilgan. Safar o'yinlarida to'plar nisbati 2-3.

Bilasizmi? "Navbahor" safardagi oxirgi ikki o'yinida to'p kirita olmadi. Bundan tashqari, bu jamoa ketma-ket uchta uchrashuvdan beri g'alaba qozona olmayapti.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика