Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Lokomotiv"
25 iyu 2020 12:40
Yangiliklar
Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Lokomotiv"
Karantindan so'ng dastlabki ikki turda mag'lubiyatga uchragan "Lokomotiv" safarda "Bunyodkor" mehmoni bo'ladi. Turnir jadvalida "Bunyodkor" 9 ochko bilan 6-o'rinni egallab turibdi. "Loko" hisobida esa 6 ochko bor va "temiryo'lchilar" 10-o'rinda borishyapti.
O'tgan ikki turda "Bunyodkor" ikki xil natija qayd etdi. Vadim Abramov shogirdlari dastlab "Qo'qon-1912" ustidan 1:0 hisobida zafar quchib, so'ngra "Paxtakor"ga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
"Lokomotiv" esa kutilmaganda oxirgi ikkala o'yinda yutqazib qo'ydi. Andrey Fyodorov shogirdlari "Metallurg" bilan kechgan bahsda 0:3 va "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
Mavsum boshidan beri "Bunyodkor" uchta o'yinda g'alaba qozondi. "Qaldirg'ochlar" o'z uylarida "Mashal" va "Qo'qon-1912" hamda safar bahsida "Surxon"ni mag'lub etishdi.
"Loko" hisobida hozircha ikkita g'alaba bor. Jamoa karantingacha o'z maydonida "Andijon" va "Navbahor"ni mag'lub etgandi. Bugungi o'yinda jamoalar imkoniyatini teng baholasa bo'ladi. Bugun Vadim Abramov sobiq jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
P.S. Soat 20:15da boshlanadigan uchrashuvni "Sport" telekanalida to'g'ridan to'g'ri kuzatib boring.
|
Bunyodkor Selim Nurmuradov - 19', Shahboz Erkinov - 74' |
Superliga. 6-tur 25/06/2020, 20:15 0
:
2
Tugadi
|
Lokomotiv |
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar