So’nggi yangiliklar

03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  22 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0

Bugun futbol. Bunyodkor - Lokomotiv Yangiliklar

Bugun futbol. Bunyodkor - Lokomotiv

Teglar :  LokomotivBunyodkor
Bugun oliy liganing ushbu mavsumiga yakun yasaladi. O'z tarixida ilk bor chempionlikni qo'lga kiritgan Lokomotiv safarda Bunyodkor mehmoni bo'ladi.

Soat 14:00da start oladigan bahs bir qarashda katta ahamiyatga ega bo'lmasligi mumkin, chunki ikkala jamoa ham o'z maqsadiga erishdi. Lokomotiv chempion bo'ldi, Bunyodkor esa ikkinchi o'rinni egalladi. Lekin shunga qaramay, bugungi bellashuv bir qator savollarga javob berishi kutilmoqda.

Birinchidan, ikkala jamoa ham o'z uyidagi o'yinlarda shu paytgacha mag'lub bo'lmadi. Agar Lokomotiv bugun g'alaba qozonsa, bu yil oliy ligada o'z maydonida umuman yutqazmagan yagona jamoa bo'lib qoladi.

Lokomotiv uydagi uchrashuvlarni yakunladi va hozircha shunday maqomga ega bo'lib turibdi. O'z navbatida Bunyodkor ham uy bellashuvlarida hali mag'lub bo'lmagan. Bugun esa nimadir ro'y berishi mumkin.

Ikkinchidan, Lokomotiv ketma-ket beshta o'yindan beri Bunyodkordan gol o'tkazmayapti. Temiryo'lchilar o'tgan yil oliy ligada bu raqibni ikkala o'yinda ham mag'lub etishgandi: uyda 3:0 va safarda 1:0. SHuningdek, bu mavsum birinchi davrada 0:0 hisobi qayd etildi.

2014 yil o'tkazilgan O'zbekiston Kubogi finalida esa Lokomotiv 1:0 hisobida zafar quchgan. SHu yilning 25 oktyabr sanasida o'tkazilgan O'zbekiston Kubogi 1/2 final dastlabki bahsida ham Loko 1:0 hisobida g'alabaga erishdi. SHundan beri temiryo'lchilar xoh oliy liga, xoh Kubok bahslari bo'lsin Bunyodkordan gol o'tkazishmayapti. Ushbu anana bugun ham davom etadimi? Demak, bu ham o'yinga bo'lgan qiziqishni oshiradi.

Uchinchidan, mavsum to'purari bo'lgan Temurxo'ja Abduxoliqov chempionatni nechta gol bilan yakunlaydi? Uning hisobida hozircha 21ta gol bor. Temurxo'ja bugun ham to'p kiritib, o'z gollari sonini oshira oladimi? Buni ham o'yin davomida bilib olamiz.

To'rtinchidan esa bugun Loko zafar quchgudek bo'lsa, safardagi g'alabalari soni 10ta bo'ladi. Hozircha temiryo'lchilar hisobida safar o'yinlarida 9ta g'alaba bor. To'plar nisbati 32-16. SHunday ekan, Bunyodkor stadionida bo'lib o'tadigan bahsni diqqat bilan kuzatamiz.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика