So’nggi yangiliklar

13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  2 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  0 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  0 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  10 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  0 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  4 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  2 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  2 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  11 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  6 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  1 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0

Bugun ftubol. Oxirgi o'rinda borayotgan "Obod" ketma-ket uchta mag'lubiyatga uchragan jamoa mehmoni bo'ladi Yangiliklar

Bugun ftubol. Oxirgi o'rinda borayotgan "Obod" ketma-ket uchta mag'lubiyatga uchragan jamoa mehmoni bo'ladi

Teglar :  ObodSHo'rtan
Bugun oliy liganing 14-turidan o'rin olgan beshta uchrashuv bo'lib o'tadi. "SHo'rtan" o'z maydonida "Obod" bilan kuch sinashadi.

Ketma-ket mag'lubiyatlar "SHo'rtan"ni 14-o'ringa tushirib yubordi. Bu jamoa oxirgi ettita o'yindan faqat bittasida g'olib chiqib, olti bor imkoniyatni boy berdi. "Obod" esa atigi 9 ochko bilan haton oxirgi o'rinda kelmoqda.

"SHo'rtan" o'z maydonida kuchli klublarni engdi va bu haqda ko'p gapirildi. Ammo o'rtamiyonalar bilan hatto durang o'ynay olmayapti. "SHo'rtan" G'uzorda sakkizta o'yinda maydonga tushgan bo'lsa, shundan to'rttasida g'alabaga erishgan va to'rt marta yutqazib qo'ygan. To'plar nisbati 10-8.

"Obod"ga kelsak, bu jamoa "Jar" stadionida "Dinamo"ni mag'lub etganidan beri keyingi ikki uchrashuvni yutqazib qo'ydi. Qolaversa, Rauf Inileev shogirdlari mana shu ikki o'yinda atigi bitta gol urib o'z darvozalaridan esa ettita to'p o'tkazib yuborishdi.

"Obod" hozircha safarda bir marta g'alaba qozongan. Jamoa "Buxoro"ni mag'lub etib qaytgan. Qolgan oltita o'yinda esa yutqazib qo'ygan. To'plar nisbati 2-15.

"SHo'rtan"ning hozirgi holati yaxshi emas, negaki jamoa oxirgi uch uchrashuvni mag'lubiyat bilan yakunladi. Qizig'i, shu mag'lubiyatlardan ikkitasi uydagi o'yinlarda ro'y berdi. Jamoa avvaliga "Olmaliq", keyin "Nasaf" qarshiligini enga olmadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика