So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  33 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

Bugun final. "Marsel" - "Atletiko" uchrashuvi haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan malumotlar Yangiliklar

Bugun final. "Marsel" - "Atletiko" uchrashuvi haqida siz bilishingiz kerak bo'lgan malumotlar

Teglar :  MarselAtletiko
Bugun Evropa ligasining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Marsel" - "Atletiko"
CHorshanba, 23:45.
Lion, Stad-de-Lion.
Bosh hakam - Born Kuypers.

"Marsel"ning Evropa ligasi finaligacha bo'lgan uzoq yo'li saralashning uchinchi bosqichida boshlangandi. O'shanda franciyaliklar "Domjale" jamoasini ikki o'yin hisobiga ko'ra 4:1 hisobida mag'lub etgandi.

SHundan keyin jamoa milliy chempionatda ketma ket 1:6 va 1:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Ammo "Marsel" Evropa ligasida yaxshi o'yin ko'rsata oldi.

Jamoani yangi xo'jayinlar o'z qo'liga olganidan keyin, transferlar uchun katta mablag' bera olishini, bir futbolchi uchun 60 mln evro ham u uchun kam ekanligini va yozda o'yinchi sotib olish uchun 200 mln evro berishini malum qildi. Biroq jamoa yozda faqatgina 60 mln evro ishlatdi va Kostas Mitroglu, Luis Gustavo, Stiv Mandanda, Valer Jermen, Florian Toven, Klinton N’Jie, Jordan Amavi, Aymen Abdennur va Odil Rami kabilar tarkibga qo'shib olindi.

"Atletiko" so'nggi yillarda ECHLdagi eng yomon mavsumini o'tkazdi. "Matraschilar" guruh bosqichida "Roma" va "CHelsi"ning "soyasi"da qolib ketdi va Evropa ligasiga tushib ketdi. SHu orqali jamoa turnirning asosiy grandiga aylanib oldi. Ayni damda Madrid superklubining asosiy tarkibida Saul Niges, Koke, Antuan Grizmann, Xose Ximenes, Lukas Ernandes, Yan Oblak va boshqa top-futbolchilar harakat qilmoqda.

TAXMINIY TARKIBLAR


Maydonga tushmasligi mumkin: Rolandu, Sarr, Mitroglu, Paye - ...

O'ZARO O'YINLAR

Bungacha jamoalar o'zaro faqatgina ikki uchrashuvda to'qnash kelishgan. 2008/09 yilgi mavsumda bugungi raqiblar ECHL guruh bosqichi doirasida Madridda kechgan bahsda 2:1, "Velodrom"dagi o'yinda esa 0:0 hisobi qayd etilgandi.

QIZIQARLI FAKTLAR

- "Marsel" bu mavsumda Evropa ligasi doirasida faqatgina bir uchrashuvda safarda g'alabaga erishgan: "Atletik" bilan bahsda 1:2 hisobi qayd etilgan.

- "Marsel" ikki marta UEFA Kubogi finaliga etib kelgan. 1999 yilda "Parma"ga 0:3, 2004 yilda esa "Valensiya"ga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan.

- "Atletiko" bu mavsum safarda faqatgina bir bahsda yutqazdi: "Sporting"ga 0:1 hisobida.

- "Atletiko" ikki marta Evropa ligasi finaliga qadar etib kelgan. 2010 yilda "Fulxem" (2:1), 2014 yilda "Atletik" (3:0) mag'lub etilgan.

- Ushbu final Evropa ligasi doirasida Ispaniya jamoalari uchun ettinchi, Franciya klublari uchun esa birinchi finaldir.

FINALNI KIM BOSHQARADI?

Bahsni 45 yoshli hakam Born Kuypers boshqarib boradi. Gollandiyalik hakam uchun bu final ikkinchisidir. U 2013 yilda "CHelsi" va "Benfika" jamoalari o'rtasidagi finalni ham boshqargan. SHuningdek, 2014 yilgi ECHL finalida "Real" - "Atletiko" uchrashuvida hakamlar brigadasida bo'lgan.

Bosh hakam: Born Keypers (Gollandiya)
Bosh hakam yordamchilari: Sander van Rukel (Gollandiya), Ervin Zeynstra (Gollandiya)
To'rtinchi hakam: SHimon Marchinyak (Polsha)
Darvozalar ortidagi hakamlar: Danni Makkeli (Gollandiya), Pol van Bukel (Gollandiya)
Hakamning zaxiradagi yordamchisi: Mario Diks (Gollandiya).

FINALNING ELCHISI KIM?

Final elchisi sifatida Franciya termasining sobiq himoyachisi Erik Abidal tanlangan. U Lionda tug'ilgan va "Lion" bilan uch marta chempionlik sovrinini qo'lga kiritgan. Keyinchalik "Barselona"ga o'tgan va Kataloniyada 6 mavsum yaxshi saviyada harakat qilgan. "Barsa"dan so'ng "Monako" va "Olimpiakos"da faoliyatini olib bordi.

G'OLIB QANDAY SOVRINNI QABUL QILIB OLADI?

UEFA Evropa ligasi finali g'olibi 15 kilogrammli, "qulog'i" yo'q, qitaning eng og'ir sovrinini qo'lga kiritadi. Futbolchi va murabbiylar shtabi uchun umumiy 40 medal topshiriladi va g'olib ECHLning 2018/19 yilgi mavsumi uchun to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика