Bugun Final...
24 may 2014 10:06
Yangiliklar
Bugun Final...
Bugun Lissabondagi "Da Luj" stadionida Evropa chempionlar ligasi final o'yini bo'lib o'tadi.
Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadigan bahsda Madridning ikki klubi to'qnash keladi. Bu yil Ispaniya chempioni nomiga sazovor bo'lgan "Atletiko" Evropa chempionlar kubogining 9 karra sohibi "Real"ga qarshi o'ynaydi.
Musobaqaning 59 yillik tarixida ilk bor finalda bitta shahar klublari o'zaro kurash olib borishadi.
"Real" uchun bu musobaqadagi 13-final bo'ladi. Jamoa so'nggi bor 2002 yil hal qiluvchi o'yinda ishtirok etgan. 12 yil oldin "Qirollik klubi" finalda "Bayer"ni mag'lub etib 9-kubokni qo'lga kiritgandi.
"Real"ning barcha finallari:
1955/56: "Real" - "Reyms" 4:3 ("Park-de-Prens", Parij)
1956/57: "Real" - "Fiorentina" 2:0 ("Santyago Bernabeu", Madrid)
1957/58: "Real" - "Milan" 3:2 ("Eyzel", Bryussel)
1958/59: "Real" - "Reyms" 2:0 ("Gottlib-Daymler", SHtutgart)
1959/60: "Real" - "Ayntraxt" 7:3 ("Xempden Park", Glazgo)
1961/62: "Benfika" - "Real" 5:3 ("Olimpiyskiy", Amsterdam)
1963/64: "Internacionale" - "Real" 3:1 ("Ernst Xappel", Vena)
1965/66: "Real" - "Partizan" 2:1 ("Eyzel", Bryussel)
1997/98: "Yuventus" - "Real" 0:1 ("Amsterdam Arena", Amsterdam)
1999/00: "Real" - "Valensiya" 3:0 ("Stad-de-Frans", Parij)
2001/02: "Real" - "Bayer" 2:1 ("Xempden Park", Glazgo)
"Atletiko" esa bunga qadar faqat bir bor finalga chiqqan. 1973/74 yilgi mavsumda "Eyzel" stadionida "Bavariya" bilan kurashgan. Luis Aragonesning 114-daqiqada urgan goli Madrid klubini oldinga olib chiqqan. Biroq "Bavariya" qolgan vaqt ichida hisobni tenglashtirishga erishgan - 1:1. Ikki kundan so'ng bo'lib o'tgan takroriy o'yinda myunxenliklar raqibga imkon qoldirishmagandi - 4:0.
"Real" va "Atletiko" evrokuboklarda uch bor to'qnash kelishgan. Qizig'i barcha uchrashuvlar 1959 yilda bo'lib o'tgan. Evropa CHempionlar kubogi yarim finalining birinchi o'yinida "Real" g'olib bo'lgan - 2:1. Javob bahsida "Atletiko" yutgan - 1:0. O'sha vaqtlarda bunday holat ro'y bersa neytral maydonda hal qiluvchi bahs tashkil etilar edi. Saragosadagi "La Romareda" stadionida bo'lib o'tgan uchrashuvda "Qirollik klubi" 2:1 hisobida zafar quchib finalga chiqqandi.
Bugungi bahsda kim g'olib bo'lishiga taxmin qilish qiyin. Barchasini o'yin ko'rsatib beradi.
P.S. SPORT telekanali juda katta ehtimol bilan bahsni ko'rsatmaydi. Sababi telekanalda uchrashuvni ko'rsatish huquqi mavjud emas.

Fikrlar