So’nggi yangiliklar

15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  1 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  3 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  5 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  8 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  5 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  18

Bugun FIFA magistraturasini yakunlayotgan o'zbekistonlik mutaxassis tashkilot oldida diplom ishini himoya qiladi Yangiliklar

Bugun FIFA magistraturasini yakunlayotgan o'zbekistonlik mutaxassis tashkilot oldida diplom ishini himoya qiladi

Teglar :  FIFAUEFACAS
"CIES International Centre for sport studies" va FIFA hamkorligida tashkil qilingan magistraturasini muvaffaqiyatli bitirgan Ahmed Tillaev, bugun ko'plab martabali sport rahbarlari qarshisida diplom ishini himoya qiladi.

2 yil davomida O'zbekiston futbol associaciyasida faolit olib borgan, 2021 yil murakkab imtihonlardan o'tgan holda o'qishga qabul qilingan edi.


Mazkur bilim dargohini har yili 32 nafar kishi bitiradi. Unga kirish uchun esa minglab mutaxassislar ariza topshiradi. 1 yil davom etadigan o'qishlarning bari Evropada, turli mamlakatlarda, turli tashkilotlarda bo'ladi. Ular orasida, FIFA va UEFAning shtab kvartirasi, CAS WADA tashkiloti, Angliya Premer Ligasi jamoalaridan "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted", "Lester" hamda Italiyaning "Milan" va "Inter" jamoalari. Maruzalarni esa shahsan Janni Infantino kabi obroli mutaxassislar o'qidi. 


SHu kungacha mazkur FIFA magistraturasini bitirgan talabalarga tayyor ish doim topilgan. Tez kunda hamyurtimiz ham xalqaro tashkilotlarda faoliyati boshlashi kutilyapti. Hozircha bu sir. Uning bugungi diplom mavzusini jami to'rt nafar talaba birgalikda himoya qiladi. O'zbekistonlik mutaxassisdan tashqari, Senegal, SHimoliy Afrika va Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan mutaxassislar, "Qanday qilib G'arbiy Afrikada futbol akademiyalar nafaqat Evropa futboli uchun, balki mahalliy futbolga yordam berishi mumkin?" mazmunida o'z ilmiy izlanishlari asosida diplom ishini himoya qiladilar. Hammamizga malum, Afrika futbolchilariga bo'lgan talab natijasida, eng sara futbolchilar o'z faoliyatlarini Evropada davom ettirishni istaydilar. Mahalliy chempionat natijada kuchsizlanib boraveradi. Diplom ishining qisqacha mazmuni, top futbolchilar ketgan taqdirda ham milliy futbolni qanday qilib sifatli saviyaga olib chiqish. Bunda ichki chempionat tizimidan tortib, marketing sohasidagi ancha qo'llanmalardan foydalangan.



Suratdagi 32 nafar talaba to'rt nafardan, jami 8ta guruhga bo'lingan holda bir-biridan qiziq mavzularni olib chiqadilar. Ular 2021/22 yilgi o'quv kursining talabalari. Mavzular quyidagicha:

1. Qanday qilib mahalliy futbolni brendga aylantirish mumkin? Futbol industriyasida rebrending tahlillari.

2. Premer ligadagi sportchilarning ijtimoiy tijorat sohasidagi faoliyatlarini tahlil qilish.

3. Sport tashkilotlari, ayollar sportidagi, onalik va homiladorlik jarayoniga yondoshuvi.

4. Fanat: Qitalararo tahlil, mafkuraviy motivaciyalar, "ultras" muxlislarning tasiri.

5. Futbol haqidagi hujjatli filmlarning tasiri. Darsliklarni ayollar futbolidagi tasiri va unda qo'llash.

6. Film, musiqa, : Qanday qilib futbol odamlarga bayram ulashadi?

7. Qanday qilib musiqa turli sportlarga muxlislarni jalb qilishi mumkin? Yozgi Olimpiya o'yinlarida muxlislar tashrifining tahlili.

8. Qanday qilib G'arbiy Afrikada futbol akademiyalar nafaqat Evropa futboli uchun, balki mahalliy futbolga yordam berishi mumkin?


Diplom ishlarini himoya qilish boshlandi. Ingliz tilini biladiganlar uni to'g'ridan-to'g'ri tomosha qilishlari mumkin.


Bugungi diplom ishida 1982 yildan 2016 yilgacha FIFA tomonidan tashkil qilingan 9ta jahon chempionatini o'tkazishda bosh-qosh bo'lgan, FIFAning musobaqalar o'tkazish sobiq bo'lim boshlig'i Valter Gagg ham ishtirok etadi.

Muallif : Aslanov Jasurbek
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика