So’nggi yangiliklar

02:11ЕЧЛ саралаши. "Қайрат" сўнгги босқичнинг илк баҳсида "Селтик" билан дуранг ўйнади. Барчаси Олмаотада ҳал бўлади  1 01:13Шоҳмалик Комилов: "Бугун қийин бўлишини билардик. "Шўртан" - футбол ўйнайдиган жамоа"  4 00:34Биринчи лига. Охтаевдан пента-трик, пешқадамлардан ғалабалар ва бошқа натижалар  1 00:19U-21 биринчилиги. "Пахтакор"дан 8:0, "Машъал"дан камбэк, пешқадам "Навбаҳор"дан ғалаба ва бошқа натижалар  0 23:55Вадим Абрамов: "Мен ВАРни тушунмаяпман"  10 23:45Иван Бошкович: "Биз охиригача курашадиган жамоамиз"  5 23:40Суперлига. "Шўртан" – "Навбаҳор" 3:3  0 23:21"Динамо" Танташевнинг Жиззахдаги қарорлари бўйича расмий эътироз киритди  21 23:11Дониёр Нарзуллаев: "Бироз омадимиз келмади. Голларимни фарзандларимга бағишлайман"  0 22:36Элдор Мойлиев: "Қийналиб тўп киритамиз, кейин эса оддий гол ўтказамиз"  3 22:11Сергей Лушчан: "Қўлни туширмасдан ишлашда давом этамиз, олдинда Кубок ўйини кутяпти"  9 22:06Суперлига. "Сўғдиёна" "Динамо"га қарши ўйинда 102-дақиқада урилган гол эвазига мағлубиятдан қутулиб қолди   104 21:38Суарес фаолиятини Месси билан бирга якунламоқчи  3 20:55Суперлига. Ғузорда дарвозаларга 6 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  72 20:47"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттиради  5

Bugun Evropa Ligasi. Futbol bayrami davom etadi Yangiliklar

Bugun Evropa Ligasi. Futbol bayrami davom etadi

Futbol ishqibozlari bugungi tunni ham futbol bilan o'tkazishlari mumkin. Evropa CHempionlar ligasi uchrashuvlaridan so'ng, endi navbat Evropa Ligasi o'yinlariga etib keldi.

Ushbu kechada bir qator qiziqarli futbol bahslari bo'lib o'tadi. Bir-biriga mos juftliklar va kuchli qarama-qarshiliklar.


Portugaliyada muxlislarni zeriktirib qo'ymaydigan "Portu" - "Napoli" to'qnashuvi bo'lib o'tadi. Rafael Benitez boshqiligidagi Neapol jamoasi Portugaliya safaridan g'alaba bilan qayta oladimi, yoki "Portu" o'z uyida italiyaliklarni mag'lub etadimi? Bu savollarga hozircha aniq javob olish qiyin. Hammasini maydondagi bahs hal etadi. Ochig'i, Italiya klublari ECHLda ushbu mavsumda muvaffaqiyatsizlikka uchrashgani ham "Napoli" jamoasiga katta turtki bo'lishi mumkin. Sababi, Italiya futboli nufuzini saqlab qolish uchun ham, "Napoli" bugun katta kuch bilan harakat qilishi lozim. "Portu" klubidayam shunga o'xshash holat. Ular "Napoli" singari ECHLdagi omadsizlikdan keyin ELga yo'l olishdi. Bu jamoa ham ushbu bellashuvda o'z muxlislarini xursand qilishga urinib ko'radi. Tabiiyki, bu ikkala klub musoboqada g'oliblik uchun kurashishi aniq. Lekin ushbu qarama-qarshilikdan so'ng, qaysidir jamoa bu musoboqa bilan ham erta hayrlashishiga to'g'ri keladi. 


Yana bir juftlikda SHveycariyaning "Bazel" jamoasi o'z maydonida Avstriya grandi "Red Bull" bilan o'zaro hisob-kitob qilib oladi. Qaysi jamoa ushbu ikki o'yinlik to'qnashuvda o'z kuchini namoyish eta olsa, o'sha klub keyingi bosqichda Evropa ligasidagi yurishini davom ettirishi mumkin. SHuni qo'shimcha qilish mumkinki, "Red Bull" jamoasi ushbu mavsumda ELda barqaror va ishonchli o'yin ko'rsatishmoqda. "Bazel" esa ECHL guruh bosiqichidan keyin ushbu turnirda o'ynashga majbur bo'ldi. Bir so'z bilan aytganda, "Red Bull" azolarini haqiqiy sinov kutib turibdi.

Franciyaning o'tmishdagi grand jamoasi "Lion" o'z yurishini Evropa Ligasida davom ettirib kelmoqda. Bu bosqichda "Lion"ga "Viktoriya Plzen" klubi qarshilik ko'rsatadi. Hozirda har ikkala jamoa vakillari o'zlarining yaxshi sport formadasidalar. Bu to'qnashuv g'olibi so'nggi daqiqalargacha aniqlanmay turishi mumkin.

Yana bir Evropa Ligasi kashfiyotlaridan biri  Bolgariyaning "Ludogorec" jamoasi bu bosqichda "Valensiya" bilan bellashadi. Evropa Ligasida ideal mavsumni o'tkazayotgan ushbu jamoa nisbatan boy tajribaga ega raqibiga qarshi qanday o'yin ko'rsatishi ko'pchilik uchun qiziq bo'ladi. Demak  kuzatamiz.

Angliya klublari ham Italiya singari hozircha Evropa CHempionlar ligasida muvafaqqiyatsiz ishtirok etishmoqda.  Endi ushbu o'lka vakillaridan biri, "Tottenxem" jamoasi, Evropa Ligasi musoboqasida o'z mamlakatini bayrog'ini munosib ravishda himoya qilishga harakat qiladi. Angliya jamoasiga Portugaliyaning "Benfika"si raqib sanaladi. Deyarli teng kuchli jamoalar o'rtasida kechadigan bahs, muxlislarga qiziqarli tomoshani taqdim etishiga shubha yo'q.



Hamyurtimiz Odil Ahmedov to'p tepayotgan Rossiyaning "Anji" klubi safarda Gollandiyaning "AZ Alkmar" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. "Anji" jamoasi yaqindagina Rossiya chempionatidagi o'zining ilk g'alabasiga erishdi. Demak jamoa yaxshi kayfiyatda. Gollandiyada bo'ladigan o'yinda ham "Anji "Az Alkmar"ga etarlicha qarshilik ko'rsatishi mumkin.

Ana endi Evropa Ligasidagi "derbi"larga etibor qaratamiz. Ushbu bosqichda ikkita "derbi" bo'lib o'tadi. Birinchisi "Sevilya" va "Betis" jamoalari o'rtasida kechadi. Ispaniyaning ushbu ikkala jamoasidan biri musoboqani ertaroq tark etishiga to'g'ri keladi. Ayni paytda har ikkala jamoa ham sifatli o'yin ko'rsatib kelishmoqda. Bu to'qnashuvda imkoniyatlar teng.



Bugun Evropa Ligasi 1/8 final bahslarinig markaziy o'yini "Yuventus" va "Fiorentina" o'rtasida bo'lib o'tadi. Bu ikkala jamoa chorak final uchun o'zaro kurash olib borishadi. Ushbu o'yin muxlislarga katta futbol bayramini taqdim etib berishi mumkin. Vinchenco Montella va Antonio Konte boshqaruvidagi bu jamoalar principial raqiblar sanalishadi. SHuningdek, "Yuventus" CHempionlar ligasi va Italiya kubogini erta tark etganligi va Evropa Ligasi finali Turinda bo'lishini inobatga olsak, bu "Yuve" futbolchilariga qo'shimcha stimul bo'lishi tabiiy. Vinchenco Montella shogirdlari esa ushbu mavsumda yorqin futbol namoyish etishmoqda va tabiiyki, xalqaro maydondagi muvaffaqiyat bilan klub imijini chiroyli "reklama" qilib olishlari mumkin bo'ladi. Katta turnirdagi katta uchrashuvni o'tkazib yubormang!

Evropa ligasi, 1/8 final dastlabki uchrashuvlari:

"Portu" (Portugaliya) - "Napoli" (Italiya)  (23:00 "NTV-PLYUS Futbol")
"Bazel" (SHveycariya) - "Red Bull" (Avstriya)  (23:00 "NTV-PLYUS Futbol2")
"Ludogorec" (Bolgariya) - "Valensiya" (Ispaniya)  (23:00)
"AZ Alkmar" (Gollandiya) - "Anji" (Rossiya)  (01:05 "NTV-PLYUS Futbol")
"Tottenxem" (Angliya) - "Benfika" (Portugaliya)  (01:05)
"Lion" (Franciya) - "Viktoriya Plzen" (CHexiya)  (01:05)
"Sevilya" (Ispaniya) - "Betis" (Ispaniya)  (01:05)
"Yuventus" (Italiya) - "Fiorentina" (Italiya) (01:05 "NTV-PLYUS Futbol2")

Javob bahslari 20 mart kuni bo'lib o'tadi.


P.S. "Sport" telekanalining tungi teledasturida, soat 01:05dagi Evropa Ligasi o'yinlaridan biri ko'rsatilishi yozilgan.

SHahboz Beg'amov


 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика