So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  0 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  8 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  9 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  121 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Bugun Eron Suriyaga yutqazib beradimi? Yangiliklar

Bugun Eron Suriyaga yutqazib beradimi?

Teglar :  SuriyaEron
Tan olish kerak uchinchi bosqichga qura tashlangan paytda ko'pchilik guruhimizda Suriya terma jamoasini yaqqol autsayder siaftida ko'rgandi.

Siyosiy notinch bo'lgan mamlakat terma jamoasi muhim o'yinlarga qolgan jamoalar kabi bemalol tayyorlana olmaydi, o'z uy o'yinlarini neytral maydonda (Malayziya) o'tkazadi shu bois raqiblarga faqat ochko ulashadi deguvchilar juda ko'pchilikni tashkil etardi.

Biroq Ayman Hakim boshchiligidagi Suriya terma jamoasi mana so'nggi tur oldidan Rossiyadagi mundialga to'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olish uchun imkoniyatni saqlab turibdi. Jamoa oxirgi turda safarda Eronni mag'lub etsa juda katta ehtimol bilan mundialga yo'llanma olishi mumkin. Suriya g'alaba qozonib ham Jahon chempionatiga chiqa olmasligi uchun O'zbekiston Janubiy Koreyani yirik hisobda mag'lub etmasligi yoki Janubiy Koreya Toshkentda 3 ochko olishi lozim bo'ladi.

Eron va Suriya mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlar yaxshiligi tufayli ko'pchlik muxlis va mutaxassislar forslar oxirgi, o'zlari uchun keraksiz bo'lgan o'yinda Suriyaga yordam berib yutqazib berishadi deb o'ylashni boshlab yuborishdi. Bu ikki davlat o'rtasidagi diplomatik aloqalar o'tgan asrdayoq o'rnatilgandi. Suriya Eronning eng yaqin ittifoqdoshlaridan biri hisoblanadi.  Biroq bunday bo'lmasligiga bir nechta sabablarni ko'rsatib beramiz.




Eron terma jamoasi 12 iyun sanasida Tehronda O'zbekistonni mag'lub etganidayoq Rossiyadagi mundial yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgandi. SHu bois 31 avgust kuni ko'pchilik Janubiy Koreya bilan bahsdayoq Keyrush jamoasi yutqazib berishini taxmin qila boshlagandi.

Ammo Karlush Keyrush mundial masalasini ijobiy hal qilinganiga qaramay oxirgi ikki bellashuvga barcha asosiy futbolchilarni chaqirdi va maqsad Janubiy Koreyani mag'lub etish ekanligini takidladi.  

"Janubiy Koreya - Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Biz uchun ajoyib tajriba va kuchimizni sinab ko'rish uchun imkoniyat. Men hech qachon Janubiy Koreyaga yutqazmaganman. Biz mag'lubiyatli seriyani uzaytirishni istaymiz. Bu o'yinda borimizni beramiz. Eron Janubiy Koreyaga qarshi bahsda himoyadan o'ynamaydi, biz gol urishga intilamiz. Terma jamoamiz Rossiyadagi mundialga yo'llanmani qo'lga kiritib bo'ldi. Ammo g'alaba qozonishni xohlaymiz, sababi eng yaxshi tajriba - g'alaba", - degandi Karlush Keyrush Koreya bilan bahsdan avval.



31 avgust kuni Janubiy Koreya bilan o'yinn ko'rganlar bo'lsa kerak. Ko'rmaganlar uchun qisqacha tarif beramiz: Eron terma jamoasi xuddi shu o'yinda yutqazsa mundialga chiqa olmaydigandek harakat qildi va har bir to'p uchun jon-jahdi bilan kurashdi. Uchrashuvning 52-daqiqasida eronlik Said Izzatullohi bosh hakam tomonidan chetlatildi, shunga qaramay deyarli 40 daqiqa davomida 10 kishi bo'lib o'ynagan forslar 0:0 hisobini saqlab qolishga muvaffaq bo'lishdi. Yuqorida aytganimizdek Eronga bu o'yindagi natija muhim emasdi, Janubiy Koreya uchun esa aksincha juda muhim o'yin edi. Vaziyat shunday ediki O'zbekiston Xitoyga yutqazayotganini bilgan koreyslar hujumga tashlanishdi, sababi bitta gol ularni o'sha kuniyoq mundialga olib chiqib qo'yardi.

"Juda qiyin o'yin bo'ldi. Bu chiroyli bahs bo'ldimi yoki yo'qmi bilmayman, ammo juda kuchli jangni kuzatdim. Ayniqsa ikkinchi bo'limda, ular bir kishi ko'p bo'lishganida va hisobni ushlab qolganimizda o'z shogirdlarim bilan faxrlandim. Biz bir butun jamoa sifatida o'sishga erishdik. Biz mag'lubitsiz seriya haqida o'ylamayapmiz, bu shunchaki mehnatlarimiz samarasi. Biz yaxshi himoyalanishga va sifatli hujum qilishga urinamiz. Futbolchilarimning xarakterini barcha ko'rib qo'ydi", - dedi Keyrush Koreya bilan o'yindan keyin.

Endi Suriya bilan bo'ladigan o'yinga o'tsak. Karlush Keyrush qanday murabbiy ekanligini juda yaxshi bilasiz. Unga siyosiy aloqalar yoki boshqa jihatlar sira ham qiziq emas. Portgaliyalik murabbiy har bir o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga tushadi, tamom vassalom. Aynan shu tufayli forslar JCH-2018 saralashi doirasidagi oxirgi 12ta o'yinning hech birida o'z darvozalaridan to'p olib chiqishmadi! Ularning "quruq seriyasi" 1108 daqiqaga etdi! Bu barcha davralar Jahon chempionati saralashlari uchun mutloq rekord hisoblanadi! Eron oxirgi marta saralash doirasida 2015 yil noyabr oyida Turkmaniston bilan bahsda gol o'tkazgandi. SHunday ekan Eron Rossiya yo'lidagi eng oxirgi bahsda atayin gol o'tkazib Suriyaga yutqazib beradi deb o'ylaysizi? Agar Eronga oxirgi ikki o'yin kerak bo'lmaganida u holda nima uchun safarda Koreyaga yutqazib berilmadi? Nima uchun ko'pchilik aytganidek 2014 yilgi saralashdagi "qarzi"ni qaytarmadi?



Eron va Suriya o'rtasidagi o'yinlar statistikasiga etiboringizni qaratamiz. Ushbu jamoalar Jahon chempionatlari saralashida 11 marta to'qash kelishgan. Besh bor Eron g'olib chiqqan, besh bor durang qayd etilgan. Faqat bir marta Suriya zafar quchgan. Ushbu yagona g'alaba 1973 yilga to'g'ri keladi. Yani 44 yildan buyon Suriya rasmiy o'yinlarda Eronni taslim qila olmay kelmoqda.

Eronlik muxlislar talabchanlik borasida uncha-muncha muxlisga dam berishlaridan xabardorsiz. SHunday esa milliy terma jamoa Tehronda raqibga yutqazsa, xatto keraksiz o'yinda Suriyaga bo'lsa ham, chinakamiga darg'azab bo'lishlari aniq. SHundan kelib chiqib Eron oxirgi turda kamida "quruq seriyasi"ni davom ettirishiga ishonamiz. SHaxsan men Keyrush shogirdlaridan xatto g'alaba ham kutayapman. Agar Suriya haqiqatdan ham safarda Eronni mag'lub etishni uddalasa demak Ayman Hakim shogirdlari Jahon chempionatiga borishga bizdan ham, Janubiy Koreyadan ham ko'ra haqliroq bo'lishadi. Va bu natija kelishilgan emas, Suriyaning haqiqatdan ham mundialga chiqish ishtiyoqi o'ta kuchli bo'lganidan dalolat beradi xolos.

SHunday ekan, O'zbekiston terma jamoasi har qanday hisob bilan bo'lsa ham Janubiy Koreyani mag'lub etsa Jahon chempionatiga chiqamiz, Tehronda Eron biz uchun maqul natijani qayd etishiga deyarli shubha yo'q.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика