Bugun Eron FIFA reytingida 159-o'rinda borayotgan jamoa bilan o'ynaydi
10 noy 2016 11:09
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/226439_original.jpg)
![](/upload/storage/226439_220.jpg)
Bugun Eron FIFA reytingida 159-o'rinda borayotgan jamoa bilan o'ynaydi
JCH-2018 saralashidagi O'zbekiston bilan bir guruhdan o'rin olgan Eron terma jamoasi bugun, 10 noyabr kuni o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Karlush Keyrush boshchiligidagi forslar 15 noyabr kuni Malayziyada Suriya bilan JCH-2018 saralashi doirasida maydonga tushishadi. Mazkur bahsdan oldin Eron aynan Malayziyada Papua Yangi Gvineya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib oladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Okeaniya mintaqasi vakili bo'lgan bu terma jamoa FIFA reytingida ayni paytda 159-pog'onada bormoqda. Eron esa 27-o'rindan joy olgan.
Eron JCH-2018 saralashi 3-bosqichida "A" guruhida 10 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar