

Karlush Keyrush boshchiligidagi forslar 15 noyabr kuni Malayziyada Suriya bilan JCH-2018 saralashi doirasida maydonga tushishadi. Mazkur bahsdan oldin Eron aynan Malayziyada Papua Yangi Gvineya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib oladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Okeaniya mintaqasi vakili bo'lgan bu terma jamoa FIFA reytingida ayni paytda 159-pog'onada bormoqda. Eron esa 27-o'rindan joy olgan.
Eron JCH-2018 saralashi 3-bosqichida "A" guruhida 10 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi.



