So’nggi yangiliklar

13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  0 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   2 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2

Bugun ECHL qurasi. Yangi format va qura mexanizmi qanday? Yangiliklar

Bugun ECHL qurasi. Yangi format va qura mexanizmi qanday?

Bugun Monakoda Evropa CHempionlar Ligasining yangi mavsumiga qura tashlanadi.

Yangi mavsumdan UEFA Evrokuboklar formatini o'zgartirishga qaror qildi. Eng katta o'zgarish biz o'rganib qolgan guruh bosqichi o'rniga liga bosqichining tashkil qilingani bo'ldi. Quyida ECHLning yangi formati va bugun bo'ladigan qura haqida so'z boradi.


Liga bosqichi

UEFA Evropa chempionlar ligasining yangi formatini elon qilgandi. Musobaqada ushbu mavsumdan boshlab 36 ta jamoa ishtirok etadi (avvallari 32 ta jamoa edi). Biz o'rganib qolgan guruh bosqichi o'yinlari o'tmishda qoldi. Ushbu mavsumdan boshlab ECHL musobaqasi endi liga bosqichidan boshlanadi. Liga bosqichida barcha jamoalar bitta jadvalda joylashishadi. Yangi tizimga ko'ra har bir jamoa liga bosqichida sakkizta turli xil raqibga qarshi maydonga chiqadi. Jamoalar sakkizta o'yinning to'rttasi mehmonda, qolgan to'rttasi esa o'z uylarida o'tkazishadi. Raqiblar va o'yinlarning qaerda o'tkazilishi maxsus qura orqali aniqlanadi. Bu haqida biroz keyinroq.


Pley-off bosqichiga kimlar yo'llanma oladi?

- Liga bosqichida eng yuqori o'rinni egallagan sakkizta jamoa to'g'ridan-to'g'ri ECHL nimchorak final bosqichiga yo'l oladi. 

-  9-16 o'rinni egallagan jamoalar nimchorak final yo'llanmasi uchun 17-24 o'rinni egallagan klublarga qarshi to'qnash keladi. Bu bahslar ikkita o'yindan iborat bo'ladi va 9-16 o'rinni egallagan jamoalar javob bahsini o'z uylarida o'tkazishadi. Sakkizta g'olib nimchorak finalga yo'l oladi. Bu jamoalarning raqiblari Liga bosqichida dastlabki sakkizta o'rinni egallagan klublar bo'ladi. 

- 25-36 o'rinni egallagan jamoalar ECHLni tark etishadi. Bu jamoalarga Evropa Ligasida ishtirok etish imkoniyati berilmaydi.

Nimchorak final bosqichidan musobaqa ananaviy tarzda davom ettiriladi.


Qura mexanizmi

36 ta jamoa UEFA reytingidagi o'rniga qarab 9 tadan to'rtta savatga bo'linadi. Har bir tanlangan sharcha ichidagi klubga maxsus kompyuter 8 ta raqibni aniqlab beradi. Qura birinchi savatdan (kuchliroq klublardan) boshlanadi.  Birinchi savatchadagi 9 ta kuchliroq klub o'zining sakkiz nafar raqibini birinchi bo'lib bilib oladi.  Zamonaviy texnologiya uy va safar o'yinlarini ham o'zi belgilab beradi. 

Jamoalar qaysi savatda joylashganini qo'yida ko'rishingiz mumkin:


Qura jarayonida quyidagi qoidalarga amal qilinadi:

1. Har bir jamoa bitta savatdan ikkitadan raqibga qarshi to'qnash keladi. Bir savatdan bo'lgan raqiblarning bittasi bilan uyda, ikkinchisi bilan safarda o'yin o'tkaziladi.

2. Bir mamlakat jamoalari o'zaro to'qnash kelishmaydi.

3. Bitta mamlakatdan ko'pi bilan ikkita raqib bo'lishi mumkin.


Maxsus kompyuter quyidalarni kafolatlaydi:

1. Dasturiy taminot qura to'liq tasodifiy ravishda o'tishini kafolatlaydi.

2. Kompyuter qura qoidalariga to'liq amal qiladi (bitta davlat vakilini o'zaro to'qnashmasligi, bir mamlakatdan ko'pi bilan ikkita raqib)

3. Qura boshi berk ko'chaga kirib qolmaydi. 

Jamoalar qura natijalarini marosim yakunida bilib olishadi. Biroq, o'yinlar sanasi va boshlanish vaqti taqvimdagi muammolarni oldini olish maqsadida 31 avgust kuni elon qilinadi.

Eslatib o'tamiz, liga bosqichiga qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan 21:00 ga belgilangan. Jarayon tarixda birinchi marta kompyuter ishtirokida amalga oshiriladi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика