So’nggi yangiliklar

18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  1 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  3 16:21"Лидс" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  8 15:46"Лацио" — "Наполи". Таркиблар маълум  1 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1 14:37"Реал" Винисиус бўйича қарор қабул қилди  8 14:14"Реал" "Тоттенхэм” ҳимоячисига даъвогарлик қилмоқда  0 13:50Алонсо "Реал"дан "Ливерпуль” юлдузини сотиб олишни сўради. "Қаймоқранглилар" 100 млн евродан ортиқ маблағ тайёрлаб қўйди  3 13:23"Кристал Пэлас" ўз форвардини "Манчестер Юнайтед"га сотишдан бош тортмоқда  0 12:58"Ливерпуль” "Реал" юлдузини нишонга олди. "Қизиллар" биринчи таклифни беришди  2 12:33"Милан" Влаховични ўз сафига қўшиб олмоқчи. "Ювентус" форварди "Барселона"га кетадиган бўлса, "россонерилар" Левандовскига ҳаракат қилиб кўради  0 12:04Бу йил Суперлига "ёнади", декабрда ҳам ўйинлар бўлади  9 12:00Бугунги ўйинлар: "Ман Сити" — "Челси", "Реал" — "Бетис" ва бошқалар  4

Bugun Dublinda Evro-2020 saralash turniriga qura tashlanadi Yangiliklar

Bugun Dublinda Evro-2020 saralash turniriga qura tashlanadi

Yana bir necha soatlardan keyin 55ta milliy terma jamoa Evro-2020 saralash bosqichidagi o'z raqiblari nomini bilib olishadi.

Yana bir necha soatlardan so'ng Irlandiyaning poytaxti Dublin shahrida Evro-2020 musobaqasining saralash bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi va 55ta milliy terma jamoa guruhdagi o'z raqiblari nomini bilib olishadi.

Millatlar Ligasi guruh bosqichida qayd etgan natijalariga ko'ra Evropaning 55ta milliy terma jamoasi quyidagicha savatlarga taqsimlandi:  

Millatlar Ligasi savatchasi: SHveycariya*, Portugaliya*, Gollandiya*, Angliya*.

Birinchi savat: Belgiya, Franciya, Ispaniya, Italiya, Xorvatiya, Polsha

Ikkinchi savat: Germaniya, Islandiya, Bosniya va Gercegovina*, Ukraina*, Daniya*, SHveciya*, Rossiya, Avstriya, Uels, CHexiya.

Uchinchi savat: Slovakiya, Turkiya, Irlandiya, SHimoliy Irlandiya, SHotlandiya*, Norvegiya*, Serbiya*, Finlyandiya*, Bolgariya, Isroil.

To'rtinchi savat: Vengriya, Rumyniya, Greciya, Albaniya, CHernogoriya, Kipr, Estoniya, Sloveniya, Litva, Gruziya*.

Beshinchi savat: Makedoniya*, Kosovo*, Belorussiya*, Lyuksemburg, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Moldova, Gibraltar, Farer orollari.

Oltinchi savat: Latviya, Lixtenshteyn, Andorra, Malta, San-Marino.


*Millatlar Ligasining guruh bosqichi g'oliblari o'zlari uchun kamida o'tish o'yinini kafolatlab qo'yishgan.

Millatlar Ligasining A-D guruhida birinchi o'rinni olgan jamoalar iyun oyida yarim final uchrashuvlarida harakat qilishadi.

Saralash bosqichida 10ta guruh bo'lib,  5 va 6tadan jamoa ishtirok etadi. Har bir guruhda birinchi va ikkinchi o'rinni olgan termalar Evro-2020 musobaqasi yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. Qolgan 4ta yo'llanma egasi 2020 yil mart oyida Millatlar Ligasi guruh g'oliblari o'rtasida o'tkaziladigan o'tish o'yini yoki jamoalarning reytingdagi pog'onasi orqali aniqlab olinadi.  

UEFA Ijroqo'mi qaroriga ko'ra, quyidagi jamoalar bir guruhdan  o'rin olishmaydi:
Gibraltar va Ispaniya, Bosniya va Gercegovina va Kosovo, Serbiya va Kosovo.

 

Qura Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика