

Yana bir necha soatlardan so'ng Irlandiyaning poytaxti Dublin shahrida Evro-2020 musobaqasining saralash bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi va 55ta milliy terma jamoa guruhdagi o'z raqiblari nomini bilib olishadi.
Millatlar Ligasi guruh bosqichida qayd etgan natijalariga ko'ra Yevropaning 55ta milliy terma jamoasi quyidagicha savatlarga taqsimlandi:
Millatlar Ligasi savatchasi: Shveytsariya*, Portugaliya*, Gollandiya*, Angliya*.
Birinchi savat: Belgiya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Xorvatiya, Polsha
Ikkinchi savat: Germaniya, Islandiya, Bosniya va Gertsegovina*, Ukraina*, Daniya*, Shvetsiya*, Rossiya, Avstriya, Uels, Chexiya.
Uchinchi savat: Slovakiya, Turkiya, Irlandiya, Shimoliy Irlandiya, Shotlandiya*, Norvegiya*, Serbiya*, Finlyandiya*, Bolgariya, Isroil.
To'rtinchi savat: Vengriya, Rumyniya, Gretsiya, Albaniya, Chernogoriya, Kipr, Estoniya, Sloveniya, Litva, Gruziya*.
Beshinchi savat: Makedoniya*, Kosovo*, Belorussiya*, Lyuksemburg, Armaniston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Moldova, Gibraltar, Farer orollari.
Oltinchi savat: Latviya, Lixtenshteyn, Andorra, Malta, San-Marino.
*Millatlar Ligasining guruh bosqichi g'oliblari o'zlari uchun kamida o'tish o'yinini kafolatlab qo'yishgan.
Millatlar Ligasining A-D guruhida birinchi o'rinni olgan jamoalar iyun oyida yarim final uchrashuvlarida harakat qilishadi.
Saralash bosqichida 10ta guruh bo'lib, 5 va 6tadan jamoa ishtirok etadi. Har bir guruhda birinchi va ikkinchi o'rinni olgan termalar Evro-2020 musobaqasi yo'llanmasini qo'lga kiritishadi. Qolgan 4ta yo'llanma egasi 2020 yil mart oyida Millatlar Ligasi guruh g'oliblari o'rtasida o'tkaziladigan o'tish o'yini yoki jamoalarning reytingdagi pog'onasi orqali aniqlab olinadi.
UEFA Ijroqo'mi qaroriga ko'ra, quyidagi jamoalar bir guruhdan o'rin olishmaydi:
Gibraltar va Ispaniya, Bosniya va Gertsegovina va Kosovo, Serbiya va Kosovo.

Qur'a Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.



