So’nggi yangiliklar

00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 00:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" – "Ювентус" (онлайн ҳисоб)  9 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  3 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  3

Bugun derbi! "Siti" o'z maydonida "Yunayted"ni qabul qiladi (prevyu) Yangiliklar

Bugun derbi! "Siti" o'z maydonida "Yunayted"ni qabul qiladi (prevyu)

Bugun APLning 16-turi doirasida "Manchester Siti" o'z maydonida "Manchester Yunayted" bilan bahs olib boradi.

"MANCHESTER SITI" - "MANCHESTER YUNAYTED"

SHanba, 7 dekabr 2019 yil

Premer Liga, 16-tur.

"Etixad", Manchester.

Boshlanish vaqti: 17:30 (Manchester) – 22:30 (Toshkent).

Turnir jadvalidagi holatidan qati nazar "Manchester Yunayted" grand jamoalarga qarshi ajoyib o'yinlarni o'tkazmoqda. Sulsher shogirdlari ushbu mavsumda kuchli oltilik jamoalariga mag'lub bo'lmaganini hisobga olsak, uchrashuvda katta ehtimol bilan "Yunayted" g'alabaga erishishini ko'plab mutaxassislar taxmin qilishmoqda.

Yo'qotishlarga ahamiyat beradigan bo'lsak, "shaharliklar" tarkibida Aymerik Lyaport hamda Serxio Aguero jarohatidan forig' bo'lish jarayonini boshidan o'tkazmoqda. Leroy Sane esa uzoq muddatga safdan chiqqani malum.

Aksincha, Ilkay Gyundogan diskvalifikaciyasidan so'ng yana maydonga tushishga tayyor holatda. Himoyachi Aleksandr Zinchenko esa jarohatini davolab bo'ldi.

O'yinoldi matbuot anjumanida "qizil iblislar" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Antoni Marsyalning derbida o'ynash imkoniyati borligini aytgandi. Pol Pogba esa shu oyda safga qaytadi.

Ammo mankunianliklarda yo'qotishlar biroz ko'proq. Erik Bayi, Diogu Dalot hamda Markos Roxo kabi himoyachilar jarohat olishgan.

"Manchester Siti"

32 ochko bilan 3-o'rinda bormoqda.

"SHaharliklar" APL doirasida o'z maydonida o'tgan so'nggi 27 o'yinning 24tasida g'alabaga erishdi. SHu davr mobaynida jamoa 81 gol urdi va atigi bir bahsda raqib darvozasini ishg'ol qila olmadi.

Gvardiola shogirdlari o'z maydonida top-6 jamoalarga qarshi o'tgan so'nggi 3 o'yinida 5 ochko yo'qotdi. O'tgan mavsumda ham jamoa shuncha ochko yo'qotgandi.

"Manchester Siti" ushbu mavsumda umumiy 13 ochko yo'qotishga ulgurdi. Jamoa o'tgan mavsumda 16, undan oldingisida 14 ochko yo'qotgandi.

Jamoa barcha turnirlarda ketma-ket 8 o'yinda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olmadi. Gvardiola APL doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'tgan 6 o'yinning 4tasida g'alabaga erishgan.

"Manchester Yunayted"

21 ochko bilan 6-o'rinda.

Jamoaning ayni damdagi 4 o'yinlik mag'lubiyatsiz seriyasi ushbu mavsumda eng uzog'i bo'lib turibdi. "Yunayted" APL doirasida safarda o'tgan so'nggi 11 o'yinning atigi 1tasida g'alabaga erishgan va har bir o'yinda bitta bo'lsa-da, gol o'tkazib yuborgan.

"Qizil iblislar" safarda o'tayotgan so'nggi 12 o'yinning barchasida gol o'tkazib yubormoqda. Bu so'nggi 33 yillikdagi eng yomon natija. 1985-86 yilgi mavsumda mankunianliklar safarda o'tgan ketma-ket 15 o'yinning barchasida gol o'tkazib yuborgandi.

Ole qo'l ostida mankunianliklar safarda o'tgan 7 o'yinda g'alabaga erishdi. Biroq ularning o'rtacha pog'onasi 14-ni tashkil qiladi. Jamoa turnir jadvalida eng yuqori 3-o'rinda bo'lgan "Tottenxem" maydonida g'alaba qozongan, holos.

O'ZARO O'YINLAR

Tomonlar o'zaro 179 o'yinda qatnashishgan. SHularning 53tasida "shaharliklar", 74tasida esa "qizil iblislar" g'alabaga erishgan. 52 o'yinda tomonlarning kuchi teng kelgan.

"Manchester Siti" APLda "Yunayted"ni 15 bora dog'da qoldirgan. 10 g'alaba esa so'nggi 8 yillikda qo'lga kiritilgan. Faqatgina "CHelsi" (18) APLda "Yunayted"ni eng ko'p bora mag'lubiyatga uchratgan jamoa hisoblanadi.

O'tgan mavsumda "Siti" ikki bahsda ham g'alabaga erishgan - 3:1, 2:0. "Siti" "Yunayted"ni kamida ikkita gol urgan holda ketma-ket 3 bora mag'lub etgan APLdagi ilk jamoaga aylanishi mumkin. Bunga qadar 1978-79 yillarda "Liverpul" shunday ishni uddalagan.

"Yunayted" APL doirasida "shaharliklar" maydonida o'tgan so'nggi 4 o'yinda faqatgina bir bora mag'lub bo'lgan. Bu ham o'tgan mavsumda qayd etilgandi.

HAKAMLAR

Hakamlar brigadasi:

Bosh hakam: Entoni Teylor (CHeshir).

Ushbu mavsumda 13 o'yinda ishlagan hakam 64 bora sariq va 2 marta qizil kartochka ko'rsatgan.

Qanot hakamlari: Gari Besuik, Adam Nann.

Zaxira hakami: Mayk Din.

VAR: Maykl Oliver.

Video-assistent yordamchisi: Mark Perri.

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика