Bugun CHempionlar ligasi va Evropa ligasi 1/4 finaliga qura tashlanadi
18 mar 2016 08:45
Yangiliklar


Bugun CHempionlar ligasi va Evropa ligasi 1/4 finaliga qura tashlanadi
Juma kuni SHveycariyaining Nyun shahrida Evropaning ikkita musobaqasi chorak finaliga qura tashlanadi.
Dastlab CHempionlar ligasi, so'ngra Evropa ligasiga qura tashlanadi. CHorak finalda hech qanday savatcha bo'lmaydi, yani istalgan klub istalgan raqib bilan to'qnash kelib qolishi mumkin.
ECHL chorak finaliga quyidagi klublar etib kelishdi: "Atletiko", "Barselona", "Real", PSJ, "Bavariya", "Volfsburg", "Benfika" va "Manchester Siti".
Evropa ligasida kuchli sakkizlikka quyidagi klublar kirishdi: "Borussiya" Dortmund (Germaniya), "Liverpul" (Angliya), "Sparta" (CHexiya), "Vilyarreal" (Ispaniya), "Atletik" Bilbao (Ispaniya), "Sevilya" (Ispaniya), "SHaxter" (Ukraina), "Braga" (Portugaliya).
CHempionlar ligasi chorak finaliga qura tashlash marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00da, Evropa ligasi - 17:00da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
20:00
UEFA Millatlar ligasi. Franciya uchinchi o'rin uchun bahsda Germaniyani mag'lubiyatga uchratdi 29

Fikrlar