So’nggi yangiliklar

12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  0 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  6 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  14 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6

Bugun bayram, "CA" 4 yoshda! Yangiliklar

Bugun bayram, "CA" 4 yoshda!

Roppa rosa 4 yil avval saytimizdagi ilk xabarlar omma etiboriga havola qilingandi.
Bugunga kelib, o'zbek futbolida o'zining rosmana o'rniga ega bo'lib olgan saytimiz minglab o'quvchilariga ega.

Mana endi biz saytning bemalol o'zbek futbolida o'z o'rni bor deb ayta olamiz. Mini futboldan tortib, nazardan chetda qolgan birinchi ligagacha, suratlar-u, oliy liga laureatlarigacha. Turli yoshdagi terma jamoalarimizning goh O'zbekistonda, goh chet elda bo'lib o'tadigan musobaqalarigacha kechikmay xabar berib kelayotgan saytimiz bor. Buning zamirida hazilakam bo'lmagan katta mehnat yotibdi.

Bu borada ustozlarning o'giti-yu, shogirdlarning mehnati, O'zbekiston futboli bo'ylab orttirgan tanishlarimizning qo'llab-quvvatlashi va deyarli barcha tashkilotlar bilan o'rnatgan aloqalarimiz ish berdi deb aytgan bo'lar edim.

Umuman olganda, 4 yil juda oz muddat, ammo qilingan ishlarni sarhisob qiladigan bo'lsak, oz ishlanmaganini ko'ramiz. Balki saytda chiqayotgan xabarlar sizlar uchun oddiy ko'rinishi mumkin, ammo har bir xabar va maqolaning ortida turadigan masuliyat, bazi klublarning "qiyshayishi", murabbiylarning kesatishi-yu, futbolchilarning nolishi. Muxlislarning "tosh otishi"dan tortib, asabingizni buzilishi... Eh-he deb yuborasan kishi. Ammo bizga o'z kasbimiz yoqadi, futbolchi bo'la olmagan, ammo futbol ichida yashayotgan soha vakillarimiz!

Bizning saytda o'quvchilar shunchaki "komment" qoldirmaydilar, bizning saytda ular bir oila. Umuman olganda, futbolimizdagi deyarli barcha murabbiyi-yu, futbolchilar saytimizning o'quvchilari hisoblanadi.

Yaqin kunlarda sizlar uchun, mega sovg'amiz bor! Buning uchun biz bilan bo'ling!


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика