So’nggi yangiliklar

18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  0 18:16Суперлига. "Андижон" - "Пахтакор". Таркиблар маълум  0 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  4 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  5 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  7 15:56АПЛ клубининг энг ёш эгаси 30 ёшдан кичик. Бу ким?  1 15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  3 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0 14:30"Истиқлол" стадиони сухандони провокацион эълонлар берди, "Динамо" стадиони техник ҳудудига бегона шахслар кирди, Владимир Бубанья микст-зона масаласида комиссарга эътироз билдирди — Лига комиссарлари билдиргиси  10 13:58"Ливерпуль" тарихидаги энг қиммат ҳимоячилардан бири сафдан чиқди  3 13:32Суперкомпьютер Бундеслига фаворитларини аниқлади. "Бавария" билан қайси жамоа рақобатлашади?  1 13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  2 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0

Bugun "Andijon" o'z uyida "Surxon"ni qabul qiladi Yangiliklar

Bugun "Andijon" o'z uyida "Surxon"ni qabul qiladi

Teglar :  AndijonSurxon
Bugun mamlakatimizning bir qator shahar va tumanlarida birinchi liganing 23-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.

Xususan turning markaziy uchrashuvi Andijon shahridagi “Sog'lom avlod” stadionida bo'lib o'tadi. Unda mahalliy “Andijon” jamoasi Termizning “Surxon” klubini qabul qiladi. Oliy ligaga chiqish uchun kurashayotgan ushbu jamoalarning birinchi davrada o'tkazgan bahsida (2:2) yuzaga kelgan o'zaro janjal keyinchalik juda ko'p bahs munozaraga sabab bo'lgandi. SHu bois bo'lsa kerak, bugungi o'yin ham ko'pchilikni etiborini tortmoqda.
Kecha termizliklar tushlikdan so'ng poezdda Andijon shahriga etib keldi va “Elita” mehmonxonasiga borib joylashdi. Kechki payt esa Sergey Kovshov shogirdlari Bo'ston dahasidagi “BO'FM” maydonida o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazdi. SHuni aytish lozimki, mashg'ulot chog'ida ukrainalik Vladislav Pavlenko kutilmaganda yuzidan jaroxat olib, viloyat shifoxonasiga olib ketildi. Bizningcha katta extimol bilan u bugungi uchrashuvni zaxirada o'tkazadi. “Surxon” tarkibida bugungi kunda qaysi futbolchilar o'ynayotgani andijonlik ishqibozlarni qiziqtirishi turgan gap. SHu bois kechagi mashg'ulotda o'zimiz ko'rgan ayrim o'yinchilarni keltirib o'tamiz. Darvozabonlar Ruslan Matniyazov va Akrom Xodjaev. O'yinchilardan Mirjalol Qurbonov, Najmiddin Normurodov, Sarvar Xolmatov, Nizomjon  Norov, Akmal Abdurahmonov, Sardor Rasulov, Farrux Haydarov, Nuriddin Hasanov hamda Azizbek Usmonov “Surxon” jamoasi bilan Andijonga etib kelgan.
“Andijon” jamoasiga keladigan bo'lsak, Usmon Toshev o'z shogirdlari bilan kecha kechgi payt “Sog'lom avlod” stadionida o'yinoldi mashg'ulotini o'tkazdi. Tarkibda ikkita yo'qotish mavjud. Tajribali markaziy himoyachi Hamza Karimov yaqinda kutilmaganda jaroxat olib safdan chiqdi. Undan tashqari iqtidorli yarim himoyachi Oybek Nurmatov sariq kartochkalari soni 4taga etgani sababli bugungi uchrashuvni muxlislar qatorida kuzatib boradi. Bosh murabbiy ularning o'rniga boshqa futbolchilarni qo'ygan xolda, mashg'ulotlarda yana bir bor sinovdan o'tkazdi. Umid qilamizki tarkibdagi yo'qotishlar bugungi uchrashuvda “Andijon”ga u qadar salbiy tasir o'tkazmaydi.



* “ANDIJON” va “SURXON” shu kungacha o'zaro 25 marotaba to'qnashgan kelgan.

* Ustunlik “burgutlar” tomonida!

* Andijonliklar hisobida 14ta g'alaba bor.

* 6ta o'yinda termizliklarning qo'li baland kelgan.

* Qolgan 5ta uchrashuvda tomonlar durangga erishgan.

* O'tkazilgan 25ta o'yinda “Andijon” raqib darvozasiga 56ta to'p kiritib, o'z darvozasidan 34ta gol o'tkazib yuborgan.

* Umumiy ochkolar soni “Andijon”da 47, “Surxon”da 23 ekanligini aytish darkor.

* “Andijon”ning o'zaro o'yinlardagi eng yirik g'alabasi – 5:0.

* “Surxon” da esa bu boradagi ko'rsatkich, 3:1.

O'ZARO O'YINLARDA QAYD ETILGAN NATIJALAR:

31.03.1992
Surxon – NAVRO'Z (Andijon) 1:1.

01.11.1992
NAVRO'Z – Surxon +/-

22.06.1994
NAVRO'Z – ASK 1:2

14.09.1994
ASK – NAVRO'Z 3:2

23.04.1995
ASK – NAVRO'Z 2:2

07.10.1995
NAVRO'Z – ASK 0:0

24.04.1996
NAVRO'Z – ASK 3:0

28.10.1996
ASK – NAVRO'Z 2:3

16.07.1997
ANDIJON – Surxon 5:1

12.08.1997
Surxon –ANDIJON 1:0

21.06.1998
ANDIJON – Surxon 6:2

14.08.1998
Surxon – ANDIJON 3:1

18.04.1999
ANDIJON – Surxon 1:0

02.10.1999
Surxon – ANDIJON 4:4

24.05.2000
ANDIJON  – Surxon 4:0

26.08.2000
Surxon – ANDIJON 0:5

18.05.2001
Surxon – ANDIJON 2:4

11.09.2001
ANDIJON  – Surxon 1:0

20.04.2002
ANDIJON  – Surxon 4:2

26.10.2002
Surxon  – ANDIJON 3:1

06.04.2003
ANDIJON  – Surxon 2:1

22.10.2003
Surxon  – ANDIJON 0:1

26.06.2004
Surxon  – ANDIJON 2:1

14.08.2004
ANDIJON  – Surxon 2:1

04.06.2017
Surxon - ANDIJON 2:2

BUGUNGI UCHRASHUVNI RAVSHAN ERMATOV BOSHQARIB BORADI!


"Andijon" - "Surxon" uchrashuviga bo'lgan qiziqish yuqori. Keskin va murosasiz ruh ostida o'tishi kutilayotgan bahsni taniqli hakam, FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqarib boradigan bo'ldi. Unga qanotlarda doimiy yordamchilari Abduhamidullo Rasulov bilan Jahongir Saidov assisentlik qilib boradi.  


Birinchi Liga, 23-tur

3 sentyabr (yakshanba)

Andijon (Andijon) – Surxon (Termiz)

Hakamlar: Ravshan Ermatov (Toshkent), Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)

Nazoratchi: Marat Ismailov (Toshkent).

Eslatib o'tamiz uchrashuv soat 17:00da boshlanadi. CHiptalar stadion kassalarida sotilmoqda.

Andijon matbuot xizmati.  

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика