So’nggi yangiliklar

10:00«Сўғдиёна» тўрт йиллик нохуш анъанага кеч қўйди  2 09:33Англия ва Сербия терма жамоалари 44 йиллик антирекордни янгилашди  0 09:06Хвича Кварацхелиянинг агентининг гаплари футболчининг трансферини барбод қилиши мумкин  0 08:41Роберто де Дзерби янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 08:14Евро-2024. Кечаги учрашувларнинг «Man of the match» соҳиблари маълум  2 07:47Евро-2024. Бугун Франция ва Бельгия мусобақадаги «юришини» бошлайди  0 07:21Суперлига. Бугун Тошкентда иккита учрашув бор  3 02:35Евро-2024. Сербия - Англия 0:1  0 01:55Евро-2024. Англия илк турда Жуд Беллингемнинг голи эвазига Сербияни мағлуб этди  12 01:34Мбаппе Олимпиадада иштирок этиш масаласига узил-кесил нуқта қўйди  2 01:10Рўзиқул Бердиев: "Дастлабки дақиқада юзага келган вазиятимиздан фойдаланганимизда ҳисоб бошқача бўлиши мумкин эди"  31 00:51"Сўғдиёна" ёрдамчи мураббийи: "Иккита четлатишдан сўнг ҳам ғалабани сақлаб қолишгани учун йигитларга рахмат айтаман"  10 00:36Самвел Бабаян: "Бугун ғалабага лойиқ эдик. Биринчи бўлимнинг ўзидаёқ иккита гол уришимиз керак эди. Сиаваш Ҳақназарий ҳозирча жамоага киришиб кета олмаяпти"  22 00:20Евро-2024. Словения - Дания 1:1  0 23:50Максим Шацких: "Пахтакор"ни совринли ўринлар қизиқтирмайди. Бизга фақат чемпионлик керак"   16

Bugun afsona oxirgi o'yinini o'tkazadi... Yangiliklar

Bugun afsona oxirgi o'yinini o'tkazadi...

To'g'ri, oldinda ECHL finali bor, ammo bugun Kroos uchun ichki chempionatdagi oxirgi o'yin bo'ladi.

Futbol tarixida, umuman sportda o'z ishining ustalari, afsona darajasiga etganlar kam emas. Biroq ularning hammasi ham vaqtida to'xtashni uddalay olmagan. SHaxsan men bundaylardan Zinedin Zidanni bilaman. Yana kimdir bo'lsa, eslatib yuborarsiz.

Kroos nafaqat zo'r futbolchi edi, balki kezi kelganda haqiqatni aytishdan cho'chimasdi. Uzoqqa bormaylik, yaqinda ECHL yarim finalida "Real"ning "Bavariya"ga qarshi uchrashuvida hakam myunxenliklar himoyachisi de Ligt gol urgan vaziyatda xatoga yo'l qo'ygandi. "Real" futbolchisi bo'lishiga qaramay, Toni o'yindan keyinoq hakam o'sha vaziyatda shoshilgani va xato qilganini, raqib "toza" gol urganini aytdi. Bunday misollar etarlicha topiladi. Biroq Tonining muvaffaqiyati siri ham shundaki, u faqatgina shov-shuvli intervyulari bilan jamoatchilik etiborida bo'lmagan. 

Uzatmalarda deyarli xato qilmaydigan Toni Kroos maydonda sovuqqonligi bilan ham ajralib turadi. Aynan shu hislati tufaylidir, balki, u hali bemalol "Real Madrid" safida ham o'ynay oladigan holatida faoliyatini yakunlashga, o'sha mashhur butsalarini mixga ilishga qaror qildi. 

Bundan bir - bir yarim oy avval ham ispan nashrlari "Real" Kroosning o'yinidan to'liq qanoatlanayotgani va katta ehtimol bilan Luka Modrich jamoani tark etib, germaniyalik yana bir yilga "Madrid"da qolishini yozayotgandi. Lekin hech kim kutmaganda Kroos faoliyatini yakunlashga qaror qilganini elon qildi.  


Futbolchi va klublar Kroosning ketishiga qanday reakciya bildirdi?



"Bayer" klubining IG"dagi rasmiy sahifasi: "Nafaqaga chiqishingdan zavq ol, Toni Kroos - futbol seni sog'inib qoladi.

Biz doimo sening qora-qizil libosdagi o'yinlaringni o'zgacha mehr bilan yodga olamiz".


Krishtianu Ronaldu "Instagram"da: "Hammasi uchun rahmat, Toni! Sen bilan bir jamoada to'p tepish men uchun sharaf edi. Barcha ezgu tilaklarimni tilab qolaman".


Brunu Fernandesh: "O'z avlodining eng zo'rlaridan biri. Mana shu yillar davomida sening o'yinlaringni ko'rish juda zavqli edi".


Federiko Valverde: "Menimcha, bolaligimizda hammamizda unga o'xshashga harakat qiladigan insonimiz bo'lgan. Biz u insonning har biri harakati bizni hayratga solar, unga o'xshashga harakat qilardik va televizor orqali ko'rib: "Katta bo'lganimda aynan undek odam bo'lishni istayman", - derdik. Agarda biz tasavvuri keng bola bo'lsak, bizdan uzoq, etib bo'lmas darajadagi inson bilan kun kelib birga to'p tepishni xayol qila olardik.

Men ham shunday bolakay bo'lganman. O'sha bolakay orzusini ro'yobga chiqardi va doim ideal futbolchi deb bilgan o'yinchisi bilan bir maydonda to'p tepa oldi.

Bugun, tomog'imga bir nima tiqilgandek holatda, tushunyapmanki — o'sha bolakay sen bilan yana o'n yil birga to'p tepishni istaydi, men ham, Toni. Sababi men hali ham o'sha sening harakatlaringdan zavq oladigan bolakayman.

Bu maktub haqida kun bo'yi o'yladim va menimcha, hech qachon senga buni aytmaganman va balki shaxsan ayta olmasman ham, bilmayman, ammo shuni bilishingni istayman: "Men seni yaxshi ko'raman. Bugun men shu darajada bo'lishimda sening ham hissang bor - sen tufayli malum yutuqlarga erisha oldim hamda "Real Madrid" futbolchisi bo'lib turibman".

SHu o'rinda qo'shimcha qilib o'tmoqchiman, hozircha tasdiqlanmagan malumotlarga qaraganda, yangi mavsumda Toni Kroosning "8" raqami aynan Fede Valverdega nasib qiladigan ko'rinadi. 

Isbot sifatida Kroosning javobini keltirishim mumkin.


"Uxxx… Qadrdonim, Fede. Men uchun qanchalik muhim insonligingni bilasanmi. CHunki men seni futbolchi sifatida ham, inson sifatida ham juda yaxshi ko'raman. Kelajakda bu jamoaning sardori bo'lish uchun barcha zarur hislatlar senda mavjud. Doimo seni qo'llab-quvvatlayman va yoningda bo'laman! Ertaga boshqa mavzuni gaplashamiz… #8"



Rodrigo: "Toni, hattoki ushalishi eng qiyin orzularimda ham sen bilan boshdan o'tkazganlarimizni tasavvur qila olmasdim! Har bir dars, gol, uzatmalaring, biz birga qo'lga kiritgan sovrinlar va futbol uchun qilgan ulkan mehnating uchun rahmat. Madridistlar va futbolni yaxshi ko'radigan barcha uchun noxush xabar bo'ldi. Endi bizga Toni Kroosning darslari etishmaydigan bo'ldi. Sen unutib bo'lmas afsonasan, professional futbolchilikdan keyingi hayotingda barcha ezgu tilaklarni tilab qolaman va doimo baxtli bo'lgin. Biroq bu voqeaning bitta tugallanmagan sahifasi bor... "davay" CHempionlar Ligasining 15-kubogini birga qo'lga kiritamiz!

Hammasi uchun rahmat, Toni Kroos»


Jud Bellingem"Bir yil etarli emas edi".

Toni Kroos: "Bir yildan ko'p birga bo'lish ADOLATSIZLIK bo'lardi (kuladi)".



Miroslav Kloze: "Kroos hozirning o'zidayoq eng muvaffaqiyatli nemis futbolchisi. Umid qilamanki, u ECHL va Evroda ham zafar quchadi. Toni ana shunday xayrlashishga munosib futbolchi".

Qayd etish lozim, Toni Kroos Germaniya tarkibida 2010 yil jahon chempionati bronza medallari, to'rt yil o'tib Jahon chempionati-2014da oltin medallarni qo'lga kiritgan. Biroq biror marta ham Evropa chempionatida g'olib bo'lmagan. 2012 va 2016 yillarda Kroos va Germaniya qita birinchiligida bronza medallarini qo'lga kiritgan xolos. Germaniyada o'tadigan musobaqada ana shu vazifani ham bajarib qo'yish - chindan ideal yakun bo'lardi.    


Tabiiyki, "Marca" nashri ham bu voqeani etiborsiz qoldirmadi: 

"Kroosdek futbolchilar boshqa ishlab chiqarilmayapti"


Luka Modrich: "Jahon futboli afsonaviy futbolchini yo'qotmoqda. Sen nafaqat "Real"ning, balki butun futbolning afsonasi hisoblanasan. Sen bilan "Madrid" "markazi"ni bo'lishish men uchun chinakam sharaf edi. Sen bilan birga o'ynashdan zavq olardim. SHunday hislatlaring borki, ular seni takrorlanmas, o'zgacha futbolchi qiladi va boshqa Toni Kroos endi hech qachon bo'lmaydi.

Unutilmas onlarga boy bo'lgan kechalar, titullar va "Bernabeu" magiyasi... Biz klubda o'tkazgan oltin davrimizni hech qachon unutmaymiz.

Sen barchasiga erishib bo'lding, lekin yana bitta ish qoldi: klubimiz uchun CHempionlar Ligasining 15-kubogi. Kel, birga shu maqsadga ham erishamiz! Seni sog'inib qolaman, do'stim!".


Tomas Myuller "Barselona" mavzusida ko'p xazil qilishini futbol muxlislari yaxshi bilishadi. Qizig'i shundaki, "Barselona"dan o'ch olish haqidagi xazil Kroos faoliyatini yakunlashi haqidagi xabargacha etib bordi:


Toni Kroos faoliyatini yakunlashi haqida elon qilganidan ko'p o'tmay, ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagi so'zlarni yozib qoldirdi: 

“Bu hayotimdagi eng qiyin qaror bo'ldi. Mening oilam? Jess (ayoli) meni qattiq qo'llab-quvvatlaydi. Leonga (o'g'li) bu qarorim yoqmadi, Ami esa (qizi) "Madrid" muxlisasi bo'lsada, juda baxtli (kuladi). U biz birga otda sayr qilishimizni istaydi, men oldinlari bu xavfli ekanligini aytardim, lekin endi boshqa bahona topishimga to'g'ri keladi”.


Xabi Alonso Tonining faoliyatini yakunlash haqidagi qaroriga quyidagicha izoh berdi:

"Toni Kroos? Bu to'g'ri qaror, men uni tushunaman, bu uni eng yuqori cho'qqida qoldiradi. Qo'shimchasiga, Germaniya EVROda uning o'yinlaridan zavqlana oladi. U ajoyib futbolchi, o'rnak sifatida ko'rsatishga arziydigan futbolchi, Kroos butun bir davrning timsoli sifatida tarixda qoladi".


Darvoqe, maqola avvalida aytganimiz — "Kroos uzatmalarda deyarli adashmaydi". Ishonmaysizmi, unda mana bu fakt siz uchun — La Ligadagi 10 yil davomida Toni Kroos umumiy hisobda 22 088 ta uzatmani amalga oshirgan va ulardan 20 672 tasi aniq bo'lgan. Ortiqcha tariflashga so'z ojizdek.


CHindan, Toni Kroos futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachilardan biri. Va bugun u ichki chempionat doirasidagi oxirgi o'yinini o'tkazadi, balki Karlo Anchelotti yarim himoyachi hali ECHL finalida ham kerak bo'lishini o'ylab, uni asosiy tarkibda tushirmas, ammo Kroos maydonga tushishi va "Real" muxlislari... Umuman stadionga yig'ilgan barcha ishqibozlar futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri bilan xayrlashishi turgan gap. 

Suratda qaxramonimiz qo'lga kiritgan barcha sovrinlar deb o'yladingizmi, yo'q bu esa shunchaki Toni Kroos faoliyatining bir sahifasi... Suratda aks etgan sovrinlarni Kroos "Real" safida qo'lga kiritgan. davomida qo'lga kiritgan sovrinlar. 2014 yilning yozigacha, aynan o'shanda Toni Madridga ko'chib o'tgandi, 24 yoshli yarim himoyachi ancha-muncha sovrinlarni qo'lga kiritib ulgurgandi. Mana misol uchun, "Bavariya" safida u 3 karra Germaniya chempioni — 2007/08, 2012/13, 2013/14; 3 karra Germaniya Kubogi sohibi — 2007/08, 2012/13, 2013/14; 2 karra Germaniya Superkubogi sohibi — 2010, 2012; UEFA CHempionlar Ligasi g'olibi 2012/13; UEFA Superkubogi g'olibi — 2013; Klublar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibi — 2013 yil.

SHunday ekan, oxirgi ikki imkoniyatning biri bugun va uni qo'ldan chiqarmang! O'zbekiston vaqti bilan 23:59dan boshlab

Real Madrid

LaLiga . 38-tur

26/05/2024, 00:00

0
:
0
Tugadi

Real Betis

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 73614 tomoshabin

Bosh hakam: Isidro Diaz de Mera

45'
90'
5'  Nacho Fernandez
63'  Thibaut Courtois (Kepa Arrizabalaga)
64'  Nacho Fernandez (Eder Militao)
72'  Daniel Carvajal
74'  Daniel Carvajal (Lucas Vazquez)
74'  Eduardo Camavinga (Luka Modric)
87'  Toni Kroos (Daniel Ceballos)
39'  Johnny
72'  Rodri (Sergi Altimira)
81'  Willian Jose (Abdessamad Ezzalzouli)
84'  Sokratis Papastathopoulos
">La Liga 38-turi doirasida "Real" o'z maydonida "Betis"ga qarshi maydonga tushadi. 

Reyting: +7   

Fikrlar

+3   
25 may 22:39:55
assassin
Энг яхши уйинчиларимиздан бири хаммаси учун рахмат
   
27 may 10:02:49
Hasan Azamqulov
Men haqiqiy futbolni 2014-yil bilganman. Realga muxlislik 2020-yildan boshlangan. Men Krossni 2014-yilgi Jahon chempionatida Germaniya chempion bo'lganda Taniy boshlagandim. Haqiqatan Kross afsona .....Gracias estrella del Real Madrid.
   
26 may 02:10:12
Dilshod Nazarov
Maestrodan buyuk ketish Real chempionlar ligasida zafar quchsa Germaniya yevro 2024 chempion bolasa u holda Toni Krossga Oltin top va the best topshilishu
   
26 may 01:38:13
Fayzullo
Ливерпул мухлиси сифатида айта оламан футбол оламидаги Афсона кетяпти афсус
   
25 may 23:31:25
MadridisT
Kross man realda CR7 va Kakadan keyin ko'rishni istagan eng yaxshi futbolchi. Krossni kross paslari maydonni ko'rishi mani xar doim hayron qoldirgan zo'r futbolchi afsus sal vaxliroq tugatepti faoliyatini
   
25 may 23:19:11
Oliver Kan
Krosni Bavariyadan ketishiga gvardiola sababchi boʻlgandi aslida oʻsha vaqtda gvardiolani Bavariyaga kelishi juda katta xato boʻlgandi
   
25 may 23:15:40
Oliver Kan
Krosni ketishi Bavariya tarixidagi eng katta xato boʻlgan
   
25 may 22:52:23
Mukhammadiyev Mukhammadiyev
Ман Барса мухлисиман лк Тонига ва Модричга гап йук ажойб футболчилар
   
25 may 22:48:29
Malik Xudoynazarov
BOBIRBEK_URINOV foydalanuvchining fikriga javob berish
Зур уйигчилар каторида туради Тони... Афсона эмас лекин!
Qanaqasiga afsona emas tushinmadim
   
25 may 22:16:43
Nasimov_13
Finalda o'ynarkanmi
-1   
25 may 22:04:27
Jamshid Abdusamadov
Кроссни урнида бошкаси булганда арабистонга ёки американа кетарди.
-3   
25 may 22:46:17
BOBIRBEK_URINOV
Зур уйигчилар каторида туради Тони...
Афсона эмас лекин!
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Eng yaxshilar

Яндекс.Метрика