So’nggi yangiliklar

12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  0 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  1 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  3 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  1 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  5 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  2 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  2 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  7 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  10 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  5 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  11 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2

Bugun ellikka kirgan Maldini haqida 50ta savol-javob Yangiliklar

Bugun ellikka kirgan Maldini haqida 50ta savol-javob

Teglar :  Paolo MaldiniMilan
Bugun "Milan"ning sobiq sardori Paolo Maldini 50 yoshga kirdi.

"La Gazzetta dello Sport" unga 50ta savol berdi.

1. Bugun Paolo Maldini kim?
"Sobiq sportchi. Turmush o'rtoq. Ota. Baxtli inson"

2. Har 10 yoshga kirganingizdagi 5 esdan chiqmaydigan xotira:
"Ikkitadan xotira aytaman: biri sportda, biri hayotda. 1-10: maktabga bordim, to'p tepa boshladim. 11-20: Adrianuni uchratdim, A Seriyada debyut qildim. 21-30: Kristian tug'ildi, JCH-90da o'ynadim va birinchi marta chempionlar kubogini qo'lga kiritdim. 31-40: Daniel tug'ildi, "Milan" bilan Manchesterda ECHL finalini yutdik. 41-50: ota-onam vafot etdi, faoliyatimni yakunladim".

3. Eng yaxshi yilingiz?
"1996 va 2001 yillar - bolalarim dunyoga keldi. 2002/2003 - eng yaxshi jismoniy holatimda edim".

4. Otangiz CHezare va onangiz Mariza sizga nimalar degan bo'lardi?
"Asosiysi ular gapirsa, men esa ularning tabassumini eshitsam bo'lgani. Ota-onangiz siz bilan faxrlanishini ko'rish juda yoqimli".

5. 50 yoshligida otangiz Beardzotning yordamchisi sifatida jahon chempionati sovrinini qo'lga kiritdi. O'shanda siz "Milan"ning yoshlari uchun o'ynardingiz. Qachondir 50 yoshingizda hayotingiz qanday bo'lishini o'ylab ko'rganmisiz?
"Yo'q, o'zimni katta yoshdagidek tasavvur qilib ko'rmaganman. Biroq o'shanda otam 50ga kirganini bilardim. Futbolda katta yutuqlarga erishib, etuk inson bo'lganimda uning faoliyatiga baho berganman".

6. Qachon vaqt tez o'tgan: hozirmi yoki futbolchiligingizdami?
"Hozir vaqt uchmoqda. Ko'plab o'yinlar o'tkazgan bo'lsam-da, oldin bunday emasdi. 

7. Kristian va Daniel bilan munosabatingiz qanday?
"Ular bilan o'ynash va ahmoqliklar qilish menga yoqadi. Ular jiddiy inson bo'lishlarini istayman. Kerak bo'lgan vaqtda ularga qattiqqo'l bo'lamiz. Ular yaxshi yigitlar, ulardan minnatdorman".

8. Sizning inson va sportchi sifatida o'sishingizda oila qanday rol o'ynadi?
"Oila mening mayog'im kabi bo'ldi. O'z oilamni o'zim yaratganman. Adrianani o'z otam va onam kabi qadrlayman".

9. O'tgan 50 yilda 5 marta Rim Papasi, ko'plab siyosiz personajlar, Amerikaning 9 prezidenti o'zgardi. Kim sizda eng katta taassurot qoldiradi?
"To'g'risini aytsam, dinga qattiq berilmaganman. Biroq Papa Voytila va Papa Francisko bilan uchrashishni istayman. Bunda hissiyotlar jumbushga keladi".

10. "Milan"ga Berluskoni va Sakki borganidan keyin, siz necha marta: "Ha, ular ajoyib", deb o'yladingiz?
"Berluskoni haqida shunday o'yladim: "Umid qilamanki, u nima qilayotganini biladi". Sakki haqida nima deya olaman, u haqiqatdan ham asabiyroqdek ko'rinardi. Biroq usiz "Milan" buyuklikka erisha olmasdi. Bu esa biroz bo'lsa ham, g'alatiroq bo'lib turish yaxshi deganini bildirsa kerak".

11. Futbolka - ikkinchi teridek gap. Bu o'xshatishmi yoki haqiqatdan ham shunday.
"Men uchun shunday. Men faqatgina ikki jamoa - "Milan" va Italiya uchun o'ynaganman. Siz tanlovni bolaligingizda qilmaysiz, o'z yoshingizga etganda, bir klub bilan maqsadlar mos tushayotganda barchasini tushunasiz. Hech qachon "Milan"dan ketishni o'ylamaganman. Klubdagilar esa meni sotmoqchi bo'lmagan".

12. Siz eng yaxshi jismoniy holatda bo'lganingizdachi?
"Agarda jismoniy holat haqida gapiradigan bo'lsak, 1991/92 va 1993/94 yilgi mavsumlarni eslayman. Biroq men 2002/03 yilgi mavsumni o'zim uchun eng zo'ri deb ayta olaman. Men estetik insonman, otam meni shunday katta qildi. Har doim ideal darajada o'ynashga intildim, biroq bunday bo'lishi mumkin emas. 2002/03 yilgi mavsumda shunday o'yinga yaqin keldim, o'shanda qanotda emas, markazda harakat qildim. O'shanda ECHLning 19 uchrashuvida maydonga tushdim, birortasini o'tkazib yubormadim. Ko'pchilik yaxshi o'yin ko'rsatdi".

13. Klubning timsoli bo'lish qanday?
"Bu juda katta javobgarlik. SHunday vaziyatlar bo'ladiki, barchasini o'zingga qabul qilishing kerak. Siz timsol bo'lishni ham o'ylab ko'rishingiz kerak. Yoshligimda ko'proq tomosha qilib, kamroq gapirishga harakat qilardim. Biroq bir kuni shuni tushundimki, masuliyatni o'z bo'ynimga olishim kerak. SHundan keyin odamlar meni tushunishi boshqacharoq bo'ldi".

14. Eng yaxshi "Milan"?
"Sakkining ilk jamoasi, 1992/93 yili Kapello va 2002/03 yilgi Anchelottining "Milan"i".

15. Eng katta quvonch?
"A Seriyadagi debyut. Stadionga borayotganda yo'lda o'zimdan so'radim: "Bu erda qay tariqa paydo bo'lib qoldim?". O'z o'yinimni tasavvur qila olmasdim. Biroq baribir shunday bo'ldi. Maydon juda yomon edi, to'pga ilk bora teginganimda ortga, darvozabonga pas bergandim. SHunday bo'lsa ham o'zimdan so'rayveraman, nima bo'ldi, nega ortga pas berdim?".

16. Sakki davrigacha bo'lgan "Milan"ning o'yinlarini kuzatadigan bo'lsak, futbolchilar maydonda yurgandek taassurot qoldirardi. U haqiqatdan ham rivojlanishni amalga oshirdimi?
"Ha. Ungacha bo'lgan davrda mashg'ulotlar ham og'ir bo'lardi, asosan 60-yilgi g'oyalar asosida ishlardik. Tasavvur qiling, mashg'ulot vaqtida suv ichish mumkin emasdi, murabbiylar buni zararli deyishardi. Sakki bilan biz nisbatan tezlashdik, doimiy tarzda hujumlar uyushtirardik, to'pni o'zimizda ushlab tura olardik. Hozirda esa jamoalar to'pni o'zida ushlab turish va kamroq charchashni o'ylashadi".

17. Kim sizning asosiy o'qituvchingiz bo'lgan?
"Ko'plab murabbiylarni ayta olaman. Primaverada Kapello, Lidxolm va Sakki esa uni o'zgartirgan sifatida. Zakkeroni va uning uch himoyachili taktikasidan minnatdorman. Avvaliga men bunga qarshi edim. Biroq u nimani istayotganini tushuntira oldi".

18. "San Siro" nima?
"Teatr, orzular ushaladigan joy. Mening ikkinchi o'yim. Umuman olganda birinchisi".

19. Sizning eng kuchli klubdoshingiz.
"Bu juda qiyin. Barezi bo'lsa kerak".

20. Barchadan xursand bo'lib yuradigan jamoadoshingiz.
"Maydonda bu Vea edi. Bundan tashqarida esa De Napoli, Karbone, Gattuzo va boshqalar".

21. Muxlis sifatida "Milan"ga achinasizmi?
"Albatta. UEFAning "Milan"ni "yo'q qilish" emas. Ular "Milan" kuchliroq bo'lishini istashadi. Vaziyatlar qanday bo'lishini kuzatamiz".

22. "Omadda ham, omadsizlikda ham bardam bo'lish kerak. Barchasining narxi bir". Redyard Kiplingning ushbu iborasi Uimbldonning markaziy kortiga kiraverishda porlab turibdi. Omad va omadsizlikka bo'lgan munosabatingiz qanday?
"Ularni o'yinning bir qismi sifatida qabul qildim. Omadsizlik odamning dilini xira qiladi, biroq men muvaffaqiyatni o'zimda ushlab tura oldim. Sovrinlar jamoadoshlar bilan teng bo'linadi, omadsizlikni esa yolg'iz engib o'tish kerak".

23. 1990 yilda Italiya - Argentina, 1994 yilgi Italiya - Braziliya, 2005 yildagi "Milan" - "Liverpul". Qaysi o'yinni qayta o'tkazgingiz keladi?
"Argentina bilan o'yin. Final biz va Germaniya bilan bo'lsa adolatli bo'lardi. Rimda g'alabaga erishardik. 94-yili Braziliya bilan bahsda biz shunchaki ajoyib o'ynaganmiz. "Liverpul"ni ikki yildan keyin taslim qila olgandik".

24. Manchester, 2003 yil. "Yuventus" va "Milan" ECHL finaliga chiqdi. Siz Del Pero va Buffon bilan maydondasiz, tabassum qilyapsiz, hazillashyapsiz. Barchangiz uzoq vaqt o'ynadingiz. Futbolni anglash sizning kuchingiz bo'lganmi?
"Albatta. Ammo Sakki va Kapelloga bu yoqmasdi. Mana nima uchun men Anchelotti bilan eng yaxshi davrimni o'tkazganman. Agarda tayyor bo'lsangiz, istalgancha hazil qilishingiz va kulishingiz mumkin. Baribir diqqat markazida bo'lib qolasiz".

25. Sizga qaysi biri ko'proq yoqmagan: JCH-2002 finalidan keyin tanqidlarmi yoki "San Siro"dagi xayrlashuv uchrashuvingizdan keyingi muxlislarning sizga bo'lgan munosabatimi?
"JCHdan keyingi tanqid. Bularning barchasi maydondan tashqarida bo'ldi. Mendan "Tepadan bo'lgan qaror uchun maydonga tushdingizmi" deb so'rashdi. Men? 2002 yilda?".

26. Kim sizning asosiy raqibingiz?
"O'zim. Har kunga mashg'ulotlarda plankani ko'tarib borardim. Bu menga ishtiyoq berardi".

27. Uyingizda qaysi sovrin bo'lishini istaysiz: jahon chempionati sovrinimi yoki "Oltin to'p"?
"Jahon chempionati - maydonda qilgan ishlaringga bog'liq. "Oltin to'p" esa shaxsiy sovrin".

28. A Seriyada rekord darajada o'yinlarda qatnashish sizga tegishli. Bu sizga yoqadimi?
"Bu yoqimli. Men barchadan ko'ra ko'proq jahon chempionatida o'ynaganman. Do'stim AQSHdan, u futboldan ketishni istamayapti, Ginnes rekordlari kitobini sotib oldi, o'g'li esa meni u erga kiritdi. Ajoyib... SHuningdek, ECHL tarixidagi eng tezkor golni men kiritganman".

29. Siz har doim muloqotning doirasida bo'lgansiz: muxlislar bilan ham, jurnalistlar bilan ham. Savol sizning xarakteringiz haqida? Inson-Paoloning xohishlari futbolchi-Maldini istaklaridan ajralib turadimi?
"Men uyatchanman, o'zimni shunday himoya qilaman. Har doim o'yinlardan keyin dam olish, o'z oilamga etibor berish huquqim bor".

30. Bolalarning sportga bo'lgan etibori sizning bolaligingiz kabimi?
"Unchalik emas. Bizning davrda sportdan boshqa deyarli hech nima bo'lmasdi. Telefonlar, ijtimoiy tarmoqlar ham yo'q edi. Ayni damda shunday xavf borki, bolalar virtual dunyoning to'riga tushib, boshqa tanlovni tanlay olmayapti".

31. Futbol - o'yin, o'z ishingizga aylangan, yoki faoliyat. Bunda bo'lish yoqimlimi?
"Futbolni har doim o'z ishim deb bilganman. Mashg'ulot uchun uydan chiqqanimda tramvayda ketardim, biroq manzilga ikki bekat qolganida transport bilan poyga o'ynardim. Haqiqiy chempionat mag'lubiyatlarni ko'ra olmaydi".

32. Yangi avlod sizni maydonda ko'rmagan. 10 yoshli bolaga sizni qanday tasvirlash mumkin?
"Ularning barchasi meni yaxshi biladi. Nima uchun? Men "Playstation"da borman. Ko'chalarda mendan har doim shunchalik tezkorligimni so'rashadi. Meni tasvirlash - yaxshi himoyachi, to'pni yaxshi ko'rardi. To'pni bolaligimdan hurmat qilardim".

33. Nimani siz barchadan ko'ra ko'proq sog'inasiz?
"Stadionga borish, o'yindan oldingi bosimni his qilish, mashg'ulotlarda qatnashish. Ajoyib vaziyatlar".

34. Futboldagi qanday jihat sizga yoqmaydi?
"Hech qachon muxlislarni xursand qilish uchun har-xil xatti-harakatlar qilish kerak emas deb hisoblayman. Nima uchun mag'lubiyatdan keyin o'zimni begonadek his qilishim kerak? Menga shu yoqmaydi".

35. Italiyaning sport madaniyatidan mamnunmisiz?
"Albatta yo'q. Biz hech qachon mag'lubiyatni qabul qila olmaymiz. Yodimda, "Liverpul" Istambuldagi finalda 0:3 hisobida mag'lub bo'layotganida muxlislar ularga kuch bo'lgandi".

36. Italiya jahon chempionatida qatnasha olmadi. Falokatning boisi nimada?
"Futbol xudosi 4 yil oldingi xatolarni unutmaydi. Federaciya markazidagi loyiha futbolniki emasdi"

37. Italiya futbolining eng katta muammosi nimada?
"Boshqaruvda. Baribir bizda prezident yo'q. Abeteni hurmat qilaman, u yaxshi inson, biz birgalikda harakat qilamiz. SHveciyadan uchralgan mag'lubiyat - cirk".

38. Top-11 raqiblaringiz.
"Juda qiyin. Podium tariqasida: Maradona, Ronaldo, Zidan, Platini, Romario".

39. Tennis - yangicha chaqiruvlar uchun kerakmi yoki oddiygina sportmi?
"Qanday bo'lsa shunday. Tennis tizzamning holatini ushlab turadi. Bu sport turidan ko'p narsalarni o'rganaman".

40. Tizzangiz og'riganida sport sizni jarohatlagan deb hisoblaysizmi?
"Bu men to'lashim kerak bo'lgan narx. Hali ham futbol o'ynayotgan jamoadoshlarimga hasad qilaman. CHunki men tizzam tufayli 10 daqiqadan oshiq yugura olmayapman".

41. Sizga yoqadigan 3 sportchi:
"Edvin Mozes, Born Borg, Maykl Jordan".

42. Qaysi futbolchilarni yaqin do'st sifatida ko'rasiz?
"Ba, Karbone, SHevu, Tassotti, Barezi, Massaro, Ferraru. Hozirda futbolga aloqador bo'lmagan do'stlarim bilan ko'p gaplashib turaman. O'zim futbol o'ynayotganimda ular bilan qahva ichishga vaqt bo'lmasdi".

43. Futboldan ketganingizdan keyin hayotdan zavq olyapsiz va kelib tushayotgan takliflarni rad etyapsiz.
"Barchasi unday emas. SHunchaki ishlay olmayman, tanlash imkoniyatim ham yo'q. Faoliyatimni yakunlaganimdan keyin "CHelsi"dan taklif bo'lgandi. Biroq menga berilayotgan rol tushunarsiz bo'lgani uchun rad etdim".

44. Federaciya borasidagi gaplar rostmi?
"Men uchun bu kattagina so'roq belgisi"

45. O'z yo'lingizda uchratgan o'n insonning farqlarini ayting: Lidxolm, Berluskoni, Galliani, Sakki, Kapello, Anchelotti, Vichini, Barezi, Kostakurta. So'nggi insonni o'zingiz ajrating.
"Lindxolm - ishonchga kirgan. Berluskoni - xayoliy. Galliani - milanchi. Sakki - o'zini ushlay oladigan, biroq ham g'ayritabiiy. Kapello - amaliy. Anchelotti - xotirjam. Vichini - jentlmen. Barezi - sahiy. Kostakurta - qadri kam. O'ninchi inson - otam. Sofko'ngilli".

46. Hayotingizdagi eng katta xato.
"Ko'plab xatolarga yo'l qo'yganman. Odam xatolar bilan o'sadi. Biroq har doim o'zimga kelib, masuliyatni o'z qo'limga olganman".

47. Iqtidor nima?
"Xudoning va ota-onaning bergan nemati. Biroq sportchi uchun birgina iqtidor kamlik qiladi. Agarda kam ishlansa, bu ham yo'q bo'lib ketadi. Yoshligimda "Milan"dagilar menda iqtidor yo'q deb hisoblashardi".

48. Qanday qilib katta ommaning hurmatiga sazovor bo'lgansiz?
"Oson. Ularning hurmatini joyiga qo'ysang, ular ham hurmat qilishadi. Bu boradagi yo'l anchagina uzun. Futbol o'ynasang buni ko'rsatishing kerak. Buni odamlar tushunmasa yo'ldan olg'a ketaverish lozim".

49. Milan shahri sizga yoqadimi?
"Juda. SHahar vaqt bilan hamroh bo'lmoqda. Mana shunday joylarni men qidirganman. 1989 yilda dam olish vaqtida chegaradan chiqqanman. Milan - kamtar, eng yaxshi shahar bo'lib qolgan".

50. Oldin hech kimga aytmagan gaplaringizni shu erda biz bilan baham ko'ring.
"Hayot go'zal. Menga bu yoqadi. Orzu qilaman. Orzular yana nimalardir qilish kerakligiga yordam beradi. Endi sobiq futbolchi sifatida hayriya fondini ochmoqchiman".

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика