So’nggi yangiliklar

00:27Ёзги транфер ойнасида рекорд даражада кўп трансфер амалга оширилди – ФИФА  0 00:08Англиялик уч нафар футболчи жароҳат сабаб терма жамоанинг сентябрь ойидаги ўйинларини ўтказиб юборади  0 23:45Муҳаммад Салоҳ "Ливерпуль" билан ўз келажаги бўйича музокара ўтказади  1 22:52Қирғизистон термаси Эронга қарши ўйинга тайёргарлик кўрмоқда  1 22:16Маурисио Почеттино шу ҳафта янги жойда иш бошлайди  1 21:52ОКМК 120 дақиқа давом этган назорат ўйинида "Олимпик"ни мағлубиятга учратди  2 21:23Отабек Шукуров: "Туркиядаги муаммолар сабаб, клубимни ўзгартиришга мажбур бўлдим. Ҳозир янги клубим эмас, терма жамоамиз манфаати ҳақида кўпроқ қайғурмоқдаман"  3 21:00 Ўзбекистон миллий термаси машғулоти: Ҳусанов, Шомуродов ва Турғунбоев жамоага қўшилди  0 20:44Ўзбекистон миллий терма жамоасининг тўлиқ таркибдаги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 20:31Ўзбекистон футзал терма жамоаси Бразилияга қарши иккита ўртоқлик ўйини ўтказади!  5 20:05"Реал"нинг яна икки футболчиси жароҳат олди  0 19:55ЎФА президенти Абдусалом Азизов Ўзбекистон терма жамоаси билан учрашди  8 19:37Дешам: "Килиан Мбаппе робот ёки супермен эмас"  5 19:14Жоан Лапорта: "Флик баҳона изламайди ва бор имкониятидан максимал фойдаланишга уринади"  5 18:50Куман Бергвейннинг "Ал Иттиҳод"га трансфери ҳақида: "26 ёшда пул — асосий мақсадингиз бўлмаслиги керак"  2

Bugun 49 yoshni qarshi olgan Gvardiolaning siz bilmagan tomonlari Yangiliklar

Bugun 49 yoshni qarshi olgan Gvardiolaning siz bilmagan tomonlari

Bugun ispaniyalik mutaxassis tug'ilgan kunini nishonlamoqda.

Uning hayoti va faoliyati bilan bog'liq bir qancha maqolalar saytimiz orqali etiboringizga havola qilingan. Bugun uning kasbi, qiziqishlari, oilasi kabi mavzulardan biroz uzoqlashib, Pepning hayotiga do'stlari qanchalik tasir ko'rsatgani haqida suhbatlashamiz.

Gvardiola tashqi ko'rinishidan aqlli, mehnatkash va arzimagan narsalargacha katta etibor beradigan inson. Haddan tashqari ko'p ishlash Pepning imiji va top darajadagi murabbiy bo'lishiga aslo halal bermadi. U zamonaviy uslubda kiyinadi, bir nechta tilni biladi, matbuot anjumanlarida ham ko'p hazillashadi, nutqi ravon inson. SHu bilan birga, uning qiziqishlari doirasi faqat kasb bilan chegaralanib qolmadi. Pep kitob o'qishni yaxshi ko'radi. Musiqa tinglash, mazali taom (masalan, tuzlangan losos), noyob vino va odamlar bilan suhbatlashishni xush ko'radi. U siyosiy mavzularda ham o'z fikrini erkin ayta oladi va Kataloniyaning mustaqillik uchun bo'lgan harakatlarini ochiqchasiga qo'llab-quvvatlaydi.

Har qanday odamga atrof-muhit o'zi tasirini ko'rsatadi. Pepning ayoli tufayli zamonaviy jurnallar, masalan "GQ", Gvardiola haqida yoza boshladi. Uning futboldagi kumirlari (Kroyff va Belsa) Pep ham afsonaga aylanishida katta yordam berdi.


"Gvardiola — kiyinish xonasida uchratgan ziyoli insonlarimdan biri. Ziyoli... Bunday deyishmga sabab u ko'p narsani biladi. Albatta, futbol haqida etarlicha malumotga ega. Biroq adabiyot, shuningdek, madaniyatning boshqa sohalaridan ham xabari bor", — deb tariflagandi Fabio Kapello. 2000 yillar boshlarida ularning yo'li "Roma"da kesishgandi. "Liverpul" murabbiyi Yurgen Klopp Pepga yana ham aniqroq tarif berib, uni jentlmen deb atadi.


Rejisser va yozuvchi Trueba do'sti Pep bilan Belsa bilan suhbatlashishga borgan. U Gvardiola "Barselona" futbolchilariga tarqatib chiqqan kitob muallifi

Pepning eng yaqin do'stlaridan biri kataloniyalik yozuvchi, scenariylar muallifi hamda rejisser David Trueba Pep bilan 1995 yil badiiy kechalardan birida tanishib qolgan. Gvardiola o'shanda 25 yoshda edi va "Barsa" safida to'p tepardi. Bo'sh vaqtlarini esa o'ziga xos tarzda o'tkazishni xush ko'rardi. Trueba bilan bo'lgan suhbatlarda Pep futboldan biroz bo'lsa-da chalg'irdi, ayniqsa jarohat olgan paytlarida. "U kitob, kino yoki teatr haqida suhbatlashishni xush ko'rardi. Ha aytgancha, uning ayoli Kristina ham bu borada unga katta tasir ko'rsatgan", — yodga oladi Trueba.

Pep 2006 yil Trueba bilan Argentinaga borgan. Gvardiola murabbiy bo'lmoqchi va bir qator mashhur mutaxassislar Marselo Belsa, Sesar Luis Menotti va Rikardo Lavolpe (Argentina safida Jahon chempioni bo'lgan, keyin esa Meksikada murabbiylik sohasida muvaffaqiyat qozongan) bilan maslahatlashib ko'rmoqchi edi. Trueba va Pep birgina Belsa bilan uchrashish uchun Buenos-Ayresdan Rosariogacha bo'lgan 309 kilometr yo'lni bosib o'tganlar. Belsaning shahar tashqarisidagi uyida barbekyu eb bo'lganlaridan so'ng, erkaklar o'rtasidagi suhbat 11 soat davom etdi. Ular taktika va tahlil bo'yicha keng bahs olib bordilar.

Ha aytgancha, ular avvaliga futbol to'g'risida gaplashmadilar. "Biz kino haqida suhbatlashdik. Sababi Marselo kino ko'rishni juda yaxshi ko'rar, kuniga 2tadan film tomosha qilardi. Bu mavzu ham meni qiziqtirib qo'ydi. Ammo kino haqida deyarli bir soat gaplashdik va oxiri shunday dedim: "Biz kino haqida gaplashish uchun yig'ilganimiz yo'q", — yodga oladi Trueba.

Kelasi yili Gvardiola "Barselona B"ga bosh murabbiy etib tayinlandi. Klub o'sha vaqtlar Ispaniyaning 4-divizionida harakatlanar edi. Yosh Pep o'z ishiga masuliyat bilan yondashardi: o'zi borib o'yinchilarni tomosha qilar, intizomni saqlash tizimini ishlab chiqqandi. SHuningdek, keraksiz o'yinchilarni ketkazib yuborardi (ammo ular o'ynashi uchun yangi klub topib berib, ota-onalarga vaziyatni tushuntirgan), tahliliy roliklar montaj qilar va taktika borasida tajriba o'tkazardi.

O'sha davrda Trueba "Saber perder" ("Mag'lub bo'lishni bilish") nomli psixologik realizm janrida kitob yozdi. Romanda Argentinadan Madridning nomalum bir klubiga ko'chib o'tgan, ammo u erda muvaffaqiyatsizlikka uchrab Angliyaga ketgan iqtidorli futbolchi haqida yozilgan. Bunga parallel ravishda sevgi to'g'risida ham so'z yuritilgan. Pep avvaliga kitobni "Barselona B" o'yinchilariga, so'ng esa "Barsa" futbolchilariga tarqatdi. Natijada kitob hech qachon Gvardiola qo'l ostida o'ynamagan Fernando Torresning ham qo'liga kelib tushdi.

2013 yil Trueba "Yumilgan ko'zlar bilan yashash oson" nomli film scenaristi va rejisseri bo'lgan, kinoda Gvardiolaning otasi ham epizod rol ijro etgan. Pep kinoni ko'rishni shunchalik xohlagandiki, tatilga chiqishi bilan Germaniyadan Barselona tomon yo'l oldi va premeraga bordi. Pepga film juda yoqdi va u hattoki, Daviddan nemis tilida subtitr qilib berishini so'radi. Sababi kinoni "Bavariya" o'yinchilariga ko'rsatishni istagan edi. Aytgancha, "Yumilgan ko'zlar bilan yashash oson" filmi oltita "Goyya" sovriniga loyiq deb topilgan (Ispaniya milliy mukofoti).


Kataloniyalik iqtisodchi Pepga Nyu-Yorkda moslashishda yordam berdi va murabbiyni Zara brendi bilan solishtirardi. Gvardiola uning maruzalarida ishtirok etdi

"Barsa"dagi omadli, ammo shu bilan birga ko'p kuch talab qilgan davrdan keyin Pep barchasidan biroz dam olmoqchi va yangi kuchga ega bo'lmoqchi edi. 2012 yil yozida u bir yillik tatil oldi va uni Nyu-Yorkda o'tkazdi. AQSHga yo'l olishga Pep va oilasini uning kataloniyalik iqtisodchi do'sti Xaver Sala-i-Martin ko'ndirgandi. Xaver Nyu-Yorkda istiqomat qilar va o'sha erdagi Kolumbiya universitetida dars berardi.


Xaver Pep oilasi uchun Markaziy xiyobonga yaqin joydan uy izlash, bolalarga maktab topishda yordam berdi hamda Gvardiolaning katta qiziga AQSHdagi hayot haqida aytib berdi. Nyu-Yorkda ikki oila yanada yaqinroq bo'lib ketishdi va ko'p vaqtlarini birga o'tkazishdi. Aytgancha, 2016 yilda Xaverning ayoli Silviya Tremoleda "Man Siti" dietologi sifatida faoliyat olib bordi.

Nyu-Yorkda Pep nemischa va inglizchani o'rgandi, shahar bo'ylab metroda sayr qildi, tennis bo'yicha US Open turniriga, NBA bahslariga va "Brodvey" teatriga tashrif buyurdi. Xaverning maruzalari alohida voqea – universitetga Gvardiola velosipedda borardi. Maruzada u oddiy talabalardek o'tirar, daftarchasiga bazi narsalarni yozib qo'yardi, tushlik payti universitet oshxonasiga kirar, bir marta hatto uni noutbukda "Borussiya" – "Real" o'yinini ko'rib o'tirgan holda uchratishgandi.

Takidlash lozim, Sala-i-Martin nafaqat yorqin pidjaklar ishqibozi, balki kuchli iqtisodchi, innovaciyalar va raqobatbardoshlilik borasida ish olib boruvchi mutaxassis edi. Garvardda magistrlik darajasini olgan va o'sha erning o'zida doktorlik maqomiga ega bo'lgan. Kolumbiya universitetigacha Xaver Garvardda ham dars bergan. Gvardiola professordan dars oladi, u esa murabbiyda futbolga chinakam yangilik kirita oladigan insonni ko'radi.

Sala-i-Martin raqobatbardosh bo'lish uchun yangilik zarur deb hisoblaydi. Xaverdan oddiy misol: "Bir restoran yonida boshqasi ochilsa, raqobat "Koka-Kola"ning narxini 10 cent arzonroq qilish evaziga emas, yoqimli atmosfera, musiqa, yangi menyu, usta oshpazlar va boshqa vadalar yordamida yo'lga qo'yiladi. Yangiliklar bilan".

Gvardiolani Xaver futboldagi asosiy novator deb hisoblaydi. "Pep muntazam yangilik kiritib boradi. 2009 yilgi Gvardiolani 2010 yildagisi bilan solishtiring. 2009 yilgi jamoa markaziy forvard Eto′O bilan chapda Messi harakat qilardi. 2010 yil, aniqrog'i 2009 yilning 2 may kuni tizim birdan o'zgaradi, natijada: "Bernabeu"da "Real" bilan o'yin 6:2. SHu kuni Pep ilk bor Messini "to'qqizinchi raqam" sifatida ishlatadi hamda raqibni kutilmagan holga solib qo'yadi. Gvardiola – bu muntazam o'zgarishlar degani. Kichik o'zgarishlar emas, keskin o'yin borishiga tasir ko'rsatuvchi jiddiy o'zgarishlar", – deydi Xaver.

Pep "Bavariya"ni shug'ullantirgan paytlarda Sala-i-Martin yanada yorqinroq misol topdi. Iqtisodchi muntazam o'zgarishlar, yangiliklar kirituvchi Gvardiolani Ispaniyaning Zara brendi bilan o'xshatishini aytdi. Yana bir safar Xaver do'stining hislatlarini ochib berish uchun H&M brendidan foydalandi. Har ikki kompaniya "moda"dagi liboslar har bir insonning moddiy imkoniyatlariga to'g'ri kelishi yo'lida harakat qiladi. Lekin H&M mahsulot hajmini ko'paytirish evaziga narxni ushlab turishga urinadi. Misol uchun, yarim millionta sariq rangdagi shim ishlab chiqaradi. Zara kamroq, misol uchun, 20 000 ta sariq rangdagi shim ishlab chiqaradi. SHu o'rinda, Zara magazinlaridagi assortiment trendlarga qarab tezroq yangilanadi.


"Agar Madonna koncertida ertaga siyohrang shimda chiqsa, keyingi haftada Zara do'konlarida shu rangdagi shimlar paydo bo'ladi, – deydi Sala-i-Martin, – H&M esa hamon sariq shimlarni sotayotgan bo'ladi. Gvardiola – bu Zara. U taktikada har hafta kichik o'zgarishlar qiladi va raqiblarini lol qoldiradi. Iqtisodchi buni yuksak iqtidor deb biladi". Aynan Xaver Pep va shaxmatchi Garri Kasparovning Nyu-Yorkdagi uchrashuvini uyushtirdi. Kechki ovqat davomida ular iqtisod, texnologiyalar va sport haqida gaplashishdi.


Lyuis Lyak – Gvardiolaning musiqiy "ilhom parisi". Qo'shiqchi "Kamp Nou"da 100 000 tomoshabinni yig'a olgan

Pep ayoli Kristina bilan 2014 yil rasman turmush qurdi. Bu vaqtga kelib juftlik 20 yildan ko'proq birga edi. Keyingi kun yoshlar Marokashga uchib ketishadi: "Amanjena" - besh yulduzli mehmonxonaga joylashishadi va eng yaqin do'stlarini bayramga taklif qilishadi. Ular ichida musiqachi Lyuis Lyak (Truebani ham chaqirishgan). Kompozitor sovg'a tariqasida juftlikka qo'shiqlaridan birini armug'on qilgan.

Lyak bilan Pep shaxsan 1996 yil koncertda tanishgan. Bu vaqtga kelib, Lyuis Kataloniyaning musiqa borasidagi afsonalaridan biriga aylanib ulgurgandi. Isbot tariqasida: 1985 yil Lyak "Kamp Nou"da koncert beradi va unga 100 mingdan ko'proq tomoshabin keladi. 

O'tgan yilning oktyabr oyida Pep Gilem Balagening oldiga keladi. Suhbat o'ziga xos bo'ladi,  "Manchester Siti" murabbiyi musiqa haqida gap boshlaydi. Gvardiola Lyakning "Amor Particular" qo'shig'i haqida iliq fikrlar aytadi: "Bu muhabbat haqidagi eng yaxshi qo'shiqlardan biri. U meni hayotim davomida hamrohim bo'lib kelgan. Bazan uni Angliyadagi do'stlarim uchun tarjima qilib bergim keladi. Bu qo'shiq shu qadar sodda va haqiqiyki, u hayot haqida kuylaydi. Lyuis Lyak – Kataloniya afsonalaridan biri, uning ijodi meni ilhomlantiradi. Men uning qo'shiqlarini o'smirlik vaqtimda ilk bor eshitganman va bog'lanib qolganman".


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика