So’nggi yangiliklar

10:54Санчо учинчи марта "Боруссия"га қайтиши мумкин  0 10:26"Пахтакор" ва "Бунёдкор" собиқ ҳужумчиси фаолиятини "Шўртан"да давом эттириши мумкин  3 09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  3 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  4 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  1 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  1 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  8 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  4 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  12 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  22 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  6 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1

Bugun 4 karra O'zbekistonning eng yaxshi hakami Noil Lutfullin 58 yoshga to'ldi Yangiliklar

Bugun 4 karra O'zbekistonning eng yaxshi hakami Noil Lutfullin 58 yoshga to'ldi

Tavallud ayyomini nishonlayotgan o'zbek futboli namoyandalarini unutilmas kunlari bilan qutlashda davom etamiz.

Bugun sobiq FIFA referisi, O'zbekistonning 4 karra eng yaxshi hakami, 9 yil davomida O'zbekiston futbol associaciyasi Hakamlar departamentiga rahbarlik qilgan Noil Lutfullin o'z oilasi, yaqinlari davrasida qutlug' 58 yoshini qarshi olmoqda.

Noil Lutfullin - 1961 yilning 13 iyun kuni Buxoroda dunyoga kelgan. Sakkiz yoshida to'p tepishni boshlagan. “Stroitel”, “Buxoro”, “Tekstilshik”, “Yosh kuch” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. 1987 yilda u Buxoro davlat pedagogika institutidagi taxsilni tamomlagan. Buxoro xalq talimi boshqarmasiga qarashli bolalar sport maktablarida metodist, yani yo'riqchi bo'lib ishladi. SHu bilan parallel ravishda o'yinlarda hakamlik qilib, tajribasini oshirib borgan.

O'zbekiston chempionatida jami 260 ta uchrashuvda bosh hakam vazifasini bajargan. Faoliyatida 4 marotaba O'zbekistonning eng yaxshi hakami deb topilgan. 1994 yildan FIFA referisi sifatida Osiyo CHempionlar kubogi, Kubok egalari kubogi, Olimpiada va Osiyo o'yinlarining saralash bahslari, Germaniya yashil maydonlarida o'tgan JCH-2006 saralash uchrashuvlarida bosh hakam sifatida ishlagan. 1996, 2000 va 2006 yillarda Moskvada o'tkazilgan MDH mamlakatlari kubogi o'yinlarida hakamlik qilgan. 2008 yildan O'zbekiston chempionati uchrashuvlarida nazoratchi vazifasini bajargan. 2009-2017 yillar oralig'ida O'zbekiston futbol federaciyasi (o'sha paytlar federaciya deb yuritilgan, hozir associaciya) Hakamlar departamenti boshlig'i bo'lgan. Yana bir tajribali sobiq hakamimiz Bobur Haydarov Noil Lutfullinga o'rinbosar sifatida yordam bergan.

Noil Lutfullindan keyin O'FA Hakamlar departamenti tuzukroq boshqaruvchiga yolchimadi. Ayniqsa, shu kunlarda bu holat yaqqol ko'zga tashlanmoqda. Ayni ishlaydigan paytda tajribali hakamlarimiz o'zlarining sevimli kasblaridan yiroqda yurishibdi.

Qiziq holatni qarangki, bugun matbuotda O'zbekiston futbol associaciyasiga Osiyoning besh karra eng yaxshi referisi Ravshan Ermatov vice-prezident etib tayinlanishi haqida xabarlar urchidi. Aynan bugun Noil Lutfullin va yana bir sobiq hakamimiz Marat Ismoilov o'z tavallud ayyomlarini nishonlashyapti. Kim biladi, balki ular yaqin vaqt ichida yana katta sahnaga qaytib qolishar.

Fursatdan foydalanib, Noil Rishatovichni bugungi tavallud ayyomlari bilan saytimiz xodimlari va o'quvchilari nomidan muborakbod etamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика