Bugun 23:00. "Paxtakor" - "Al Hilol"
17 sen 2020 08:50
Yangiliklar


Bugun 23:00. "Paxtakor" - "Al Hilol"
Bugungi bahsda diskvalifikaciya sababli "Paxtakor"ga Eldor Suyunov va Dragan CHeran yordam bera olmaydi. Bugungi uchrashuvda "Paxtakor" mezbon sifatida o'ynaydi. Guruhda hozircha "Al Hilol" 9 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, "sherlar" 6 ochko bilan 2-pog'onani egallab turibdi.
"Paxtakor" va "Al Hilol" jamoalari o'rtasidagi o'yin 17 sentyabr, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da Doxadagi "Al Janub" stadionida boshlanadi.
Kecha o'yindan oldingi matbuot anjumanida SHota Arveladze va Jaloliddin Masharipov ishtirok etishdi.
SHota Arveladze: "Bizning yaxshi o'yinlarimiz guruhdan chiqqanimizdan keyin ham davom etadi"
Bugungi bahsni bahraynlik Navaf SHukrulla boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.
OCHL-2020, 4-tur, "B" guruhi
"Paxtakor" (O'zbekiston) - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
Bosh hakam: Navaf SHukrulla Abdulla G'ayyat (Bahrayn)
Qanot hakamlar: Muhammad Jafar Muhammad Salmon (Bahrayn), Abdulla Solih Alrovaimi Abdulla Mohsen (Bahrayn).
Zaxira hakami: Krishanta Dilan Perera Hettikankanamge (SHri-Lanka).
Nazoratchi: Subhiddin Bin Mohd Solih (Malayziya).
Pakhtakor Tashkent |
AFC Champions League Grp. B . 4-tur 18/09/2020, 00:00 0
:
0
Cancelled
|
Al Hilal |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar